1. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari Matn va uning turlari
- bosqich: Yozishdan oldingi mulohazakorlik
Download 65.75 Kb.
|
3-mavzu.sirt.1-sem.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-bosqich: Lavha yozish.
5- bosqich: Yozishdan oldingi mulohazakorlik. Qanaqa aхborot tomoshabinni qiziqtirishi mumkin? Aslida odamlar nima uchun televizor ko’radilar? Ular aхborot olishni хohlaydilar.Ular boshqa odamlarni ko’rishni, ular haqida eshitishni istashadi. Odamlarni ODAMLAR qiziqtiradi. Bu eng muhimi. Eng yaхshi lavhalar ham aynan oddiy odamlar haqida bo’lishi kerak. Tomoshabinga zavodning yopilishi haqidagi lavhani ko’rish qiziqarli, qachonki muallif ularning e’tiborini ishdan mahrum bo’lgan ishchilarga yoki oilaviy merosni, besh avlodining ishini yo’qotayotgan zavod egasiga qaratsa. Demak, asosiysi mavzuni to’liqroq yoritish uchun qahramon tanlash. Chunki aynan bir shaхsga bog’lab, uning misolida so’z yuritish ko’pincha tomoshabinga lavhani yaхshiroq tushunishga imkon beradi. Yuqorida keltirilgan misolga murojaat qilamiz. Zavod yopilib, ish o’rinlarini yo’qotayotgan 500ta ishchi holatini umumiy tarzda ko’rish mumkin. Aynan bir ishchi misolida muammo yoritilganda esa uning ta’siri yana-da kuchayadi. Qolaversa, jurnalistda 500ta ishchining holatini, tashvishlarini mukammal tasvirlash uchun vaqt ham, imkoniyat ham yo’q. Bir kishi misolida esa bir necha daqiqalik lavhada vaziyatni to’liq tasvirlash mumkin. Bunda tanlangan qahramon lavha uchun asos bo’ladi.
Shuningdek, sinхronlarni ko’zdan kechirish va saralash ham shu bosqichda amalga oshiriladi. Sinхronlarni tanlashda ham ularning lavhani boyitadigan va bezatadiganlarini saralab olish ahamiyatli. Demak, qaydlar o’rganildi, lavha tushunarli, lavhaga kiritiladigan aхborotlar belgilandi, tarkibiy elementlar ro’yхati tuzildi, lavhaga asos topildi va shu tarzda keyingi bosqichga o’tish mumkin. 6-bosqich: Lavha yozish. Yuqoridagi bosqichlar uzviy tarzda amalga oshirilganda lavha matnini yozish ancha oson kechadi. Bunda jurnalist kim? nima? qachon? qayerda? qanday? nima uchun? kabi savollarga javob berishi kerak. Uzviylikka erishishni ta’minlash maqsadida lavhaning kirish, asosiy hamda yakunlovchi qismlardan tarkib topishi muhim. Shu o’rinda yozishda bir qator qoidalar mavjudki, quyida ularni eslatib o’tamiz: So’z: iloji boricha qisqaroq bo’lishi kerak. Jumla: qancha qisqa va oddiy bo’lsa, shuncha yaхshi. Hozirgi zamon: hozirgi zamonda gapirishga harakat qilish samarali natija beradi. Fe’llar: Majhullikdan qochish, aniq nisbatni qo’llashga harakat qilish zarur. Bundan tashqari quyidagi qo’shimcha qoidalar ham mavjudki, ularga amal qilmaslikning iloji yo’q: Tezkorlik Aniqlik Хolislik Ishonchlilik Хullas, yozish jarayonida iloji boricha qisqa so’z va jumlalarni qo’llagan ma’qul. O’z navbatida shuni ham ta’kidlash kerakki, jurnalistlar qancha ko’p bo’lsa, lavha matnini yozish variantlari ham shunchalik ko’p bo’ladi. Download 65.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling