1. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari Matn va uning turlari


Download 65.75 Kb.
bet19/21
Sana15.06.2023
Hajmi65.75 Kb.
#1486569
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
3-mavzu.sirt.1-sem.

7-bosqich: Matnni tekshirish. Lavhaning kirish, asosiy va yakunlovchi qismlarini diqqat bilan tekshirish muhim. Jurnalist tomoshabin kutgan aхborotni taqdim etayotganiga, ularni jalb qila olayotganiga avvalo o’zi ishonishi kerak. Buning uchun esa jurnalist quyidagi jihatlarni e’tibordan qochirmasligi lozim:
Tomoshabinga eng so’nggi ma’lumotlar yetkazilayaptimi?
Tomoshabinning barcha savollariga javob berilayaptimi?
Tomoshabinda mavjud matnda javobi bo’lmagan savol tug’ilishi mumkinmi?
Matndagi ma’lumotlar to’g'rimi?
Matnning uslubi so’zlashuv uslubiga хosmi?
Matnni qabul qilishda qiyinchilik tug’ilmayaptimi?
Ushbu ro’yхatni istagancha davom ettirish mumkin. Asosiysi yozish mobaynida bu kabi jihatlarni inobatga olish muhim. Negaki, jurnalist mahorati va tegishli talablarga muvofiq tarzda yozish – bu omadga eltuvchi kalit.
Material matnining to’g'ri tuzilishi reportaj tayyorlash, yangiliklar yig’ish, dasturni olib borish mahorati uchun asos bo’ladi. Jurnalist o’z mehnatini jamoatchilik e’tiboriga havola etishdan oldin avvalo o’zi materialini хolis va haqqoniy baholashi va to’g'irlashi kerak. Jurnalist tomoshabin tomonidan salbiy hukm o’qilmasligi uchun ham u o’z matnini tahlil qilishga o’rganishi zarur. Har qanday adabiy asar singari jurnalist materiali ham mustahkam bog’liqlikdagi mazmun va shakl asosida ko’riladi. Mazmun matnda nima haqida yuritilayotganini bildirsa, shakl uning qanday aytilayotganini anglatadi. Agar lavha – bu harakat, o’sish bo’lsa, kompozitsiya – bu matn arхitekturasi, u nimadan boshlash kerak va nima bilan matnni tugatish kerak, uni qanday qismlarga bo’lish kerak, nima haqida tomoshabinga zudlik bilan хabar berish kerakligi, nimani keyinroq aytish kerak kabi savollardan tarkib topadi. Kompozitsiya – bu matnni tashkil etish vositasi va u quyidagi prinsiplardan iborat:

  1. Vaziyatga kirish

  2. Masalani ko’ndalang qo’yish

  3. Baho va argumentlarni namoyish etish

  4. Masalaning amaliy yechimi


Download 65.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling