1. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari Matn va uning turlari
Download 65.75 Kb.
|
3-mavzu.sirt.1-sem.
7. Reportaj matnini tayyorlash
1943 - yilda eng birinshi reportaj ishlanadi. Jahonda ko‘p voqealar bo‘lib o‘tadi va jurnalistlarning asosiy vazifasi shu voqealarning to‘liq tasvirini keng o‘quvchi ommasiga havola etishdan iboratdir. Aynan shu ma’lumotlar yordamida inson atrofidagi dunyoni taniydi, kerakli bilimni oladi va nimanidir o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Har qanday ma’lumot ma’lum bir shaklda taqdim etilishi lozim. Dastlabki axborot shaklidagi janr – bu maqola yoki yozma manba hisoblanadi. Bu ma’lum bir voqea yoki hodisa haqidagi qisqa xabar. Kengroq tafsilotlar maqolalarda yoritiladi. Bunday maqolalarda jurnalist tomonidan dalillar bilan keltirib o‘tilishi hamda biror-bir axborot yoki ma’lumotni tahlil qilish istagi aks etishi lozim. Tahliliy maqola muallifining vazifasi – o‘quvchilarga nafaqat ma’lum bir voqea haqida xabar berish balki, “jonli misol” yordamida butun bir voqeani tahlil qilish vazifasi yuklanadi. Axborot janrlariga yana reportaj (matbuot, radio, televidenie orqali beriladigan mahalliy axborot yoki mahalliy muxbir xabarlari) va hisobot ham kiradi. Intervyu (ing . interview — uchrashuv) — publitsistika janri. Jurnalistning bir yoki bir necha shaxs bilan dolzarb masalalar yuzasidan suhbati. Ikki turga boʻlinadi: I.-xabar, asosan, axborot yetkazish maqsadida oʻtka-ziladi; I. tax,lilda — muhim voqea, hodisa va hujjatlar sharhdab beriladi. Ommaviy axborot aloqa vositalari turiga (matbuot, radioeshittirish, telekoʻrsatuv) qarab materiallarni reporataj orqali yoritishning ayrim oʻziga xos xususiyatlari boreportaj Matbuotda (asosan, gazetalarda) reportaj vokeaband va mavzuli (turli vaqtda boʻlgan voqealar bir mavzuga birlashtirilib bayon etiladi) boʻlishi mumkin. Bunday reportajlar, odatda, voqealar boʻlib oʻtgan joylardan olingan fotosuratlar bilan bezatiladi. Matbuotda fotoreportajlar ham keng tarqalgan. Radio orkali beriladigan reportajda voqealar obrazli, jonli soʻzlar bilan tavsiflanib, hamma vaqt xronologik izchillik saqlanadi. Telekoʻrsatuvlardagi reportajda ekranda namoyish etilayotgan voqealar sharhlab beriladi. Bir qarashda, axborot tushunchasini aniqlab olish qiyin emas: bu bugungi kunda jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi xabardir. Muxbir — sodir bo‘layotgan ushbu voqealarning oddiy kuzatuvchisi yoki hikoya qilib beruvchisidir, deb o‘ylash noto‘g‘ri, albatta. Muxbir tom ma’noda o‘sha, yetkazib berilayotgan xabarning ijodkori, yaratuvchisidir. “Yangiliklar industriyasi” jamiyatning siyosiy, iqtisodiy hayotida ham, madaniy va ijtimoiy jarayonlarida ham doimo asosiy o‘rinni egallab kelgan. Masalan, Ikkinchi jahon urushi yillarida jurnalistik yangiliklar asosan dushman qo‘shinini chalg‘itish maqsadida ishlatilgan. Mustabidlik davrida siyosiy doiralarning birgina ishorasi bilan matbuot o‘quvchilar ommasiga juda katta g‘oyaviy ta’sir o‘tkazgan va buning uchun doimo “muhim” bo‘lgan yangiliklar ishlatilgan. Jahonda ko‘p voqealar bo‘lib o‘tadi va jurnalistlarning asosiy vazifasi shu voqealarning to‘liq tasvirini keng o‘quvchi ommasiga havola etishdan iboratdir. Aynan shu ma’lumotlar yordamida inson atrofidagi dunyoni taniydi, kerakli bilimni oladi va nimanidir o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Har qanday ma’lumot ma’lum bir shaklda taqdim etilishi lozim. Dastlabki axborot shaklidagi janr – bu maqola yoki yozma manba hisoblanadi. Bu ma’lum bir voqea yoki hodisa haqidagi qisqa xabar. Kengroq tafsilotlar maqolalarda yoritiladi. Bunday maqolalarda jurnalist tomonidan dalillar bilan keltirib o‘tilishi hamda biror-bir axborot yoki ma’lumotni tahlil qilish istagi aks etishi lozim. Tahliliy maqola muallifining vazifasi – o‘quvchilarga nafaqat ma’lum bir voqea haqida xabar berish balki, “jonli misol” yordamida butun bir voqeani tahlil qilish vazifasi yuklanadi. Axborot janrlariga yana reportaj (matbuot, radio, televidenie orqali beriladigan mahalliy axborot yoki mahalliy muxbir xabarlari) va hisobot ham kiradi. Reportaj tayyorlashdan maqsad - voqeani jonli tasvirlash. Uni tayyorlash uchun jurnalist voqea sodir bo‘layotgan joyda ishtirok etishi shart. Download 65.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling