1. Qadimgi turkiy til morfologiyasi haqida ma’lumot. Qadimgi turkiy tilda ot so‘z turkumi


Download 473.5 Kb.
bet30/31
Sana13.02.2023
Hajmi473.5 Kb.
#1194049
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
3-Ma\'ruza (1)

YUKLAMALAR
Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun qo‘llanadigan yordamchi so‘z yuklamadir. Barcha turkiy tillarda yuklamalar alohida yordamchi so‘z turkumi sifatida ajratiladi. Yuklamalar leksik ma’no ifodalamaydi, gapda biror sintaktik vazifani bajarmaydi. Shunga ko‘ra yordamchi so‘zlarning bir turi sifatida qaraladi. Yuklamalar yordamchi so‘zlardan ham o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, yuklamalar bog‘lovchi va ko‘makchilar kabi so‘zlar o‘rtasidagi munosabat, sintaktik aloqani yuzaga keltirmaydi.
Yuklamalarni alohida so‘z turkumi sifatida ajratish borasida bir qator olimlar o‘z munosabatlarini bildirishgan. Jumladan, Y. Abdurasulov qo‘shimcha yuklamalarni so‘z turkumi sifatida ajratishni ma’qul topmaydi: “Yuklamani turkumga ajratishning yana bir mushkul tomoni bor. Chunki yuklamalarning asosiy qismini turli modal ma’nolarni anglatadigan affiks-yuklamalar tashkil etadi. Shubhasiz, affikslar qanday ma’no ifodalashidan qat’i nazar, so‘z emas. Shuning uchun ularga so‘z turkumi deb qarash ham u qadar to‘g‘ri emas, balki ularni affikslarning o‘ziga xos guruhi deb qarash maqsadga muvofiqdir. Buni qanday hal qilish ham butun turkiyshunoslik oldidagi asosiy muammolardan biridir”6. Grammatik munosabat ifodalamaydigan qo‘shimchalar lug‘aviy shakl hosil qiluvchilarga kiradi. Yuklamalarga shunchaki lug‘aviy shakl hosil qiluvchi sifatida qarash to‘g‘ri emas. Yuklamalar gapga so‘roq, ayiruv-chegaralov, gumon mazmunini beradi. Shu bois yuklamalarning alohida turkum sifatida ajratilishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, lug‘aviy shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar muayyan turkum doirasiga xoslangan bo‘ladi. Yuklamalar, deyarli, barcha turkum so‘zlariga qo‘shiladi. So‘zga ham, gapga ham qo‘shimcha ma’no beradi.
Qadimgi turkiy tilda quyidagi yuklamalar qoʻllanilgan:
1. So‘roq va taajjub yuklamalari: - mu //-mü: irinč tïnlïğ bolğay mu “baxtsiz jonzotlar topiladimi”, kišigä mü alsïqdï “kishiga oldirdimi”.
- a, -ä: qamuğ siŋillärim ä “hammasi singillarim!” U anačïm a “ey onajonima”.
2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari:- oq, -ök: yalïŋ qïlïč tutïp oq üzgälir “yalang qilich tutiboq uzadi”;
- kük: yanduq yolta yemä ölti kük “qaytgan yo‘lda yana oʻldi”.
3.Ayiruv va chegaralov yuklamalari: -qïna//-kina// turli so‘z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab, ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: azqïna “ozgina”, ašnuqïna “hozirgina”, emtikinä “endigina”.

Download 473.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling