1. Qadimgi turkiy til morfologiyasi haqida ma’lumot. Qadimgi turkiy tilda ot so‘z turkumi
Download 473.5 Kb.
|
3-Ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOG‘LOVCHILAR Bog‘lovchilar
Fe’l ko‘makchilar. Fe’l ko‘makchilarning qadimgi turkiy tilda qo‘llanish doirasi ot va ravish ko‘makchilarga nisbatan chegaralangan. Ayniqsa, fe’lning ravishdosh formasidagi so‘zlar ko‘makchi vazifasida ko‘proq qo‘llangan. Bunday ko‘makchi fe’llarga aša “oʻtib”, baša “boshlab”, kečä “kechib”, bašlayu “boshlab” kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Aša ko‘makchisi o‘rin-joy ma’nolarida qo‘llangan: kögmän aša qïrqïz yeriŋä tegi sülädimiz “koʻkmandan oʻtib qirgʻiz yerigacha qoʻshin tortdik” (KT). BOG‘LOVCHILAR Bog‘lovchilar ham boshqa yordamchi so‘zlar kabi tarixan mustaqil so‘z turkumlari asosida shakllangan bo‘lib, so‘z va gaplarni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiladi. Lekin bunday bog‘lovchilar turkiy tillarda kam sonlidir. Yozma yodgorliklarning guvohlik berishicha, hozirgi turkiy tillarda iste'molda bo‘lgan bog‘lovchilarning aksariyati taraqqiyotning ma'lum davrlarida eron tillaridan yoki arab tilidan o‘zlashgan bo‘lib, ular XIII-XIV asrlardan faol qo‘llanila boshlagan5. Qadimgi turkiy tilda bog‘lovchilar deyarli qo‘llanmagan. Yämä so‘zi bog‘lovchi vazifasida qo‘llanishidan tashqari, ravish vazifasida ham ishlatilgan. Masalan: ötündilär yämä ayqïrdïlar “oʻtindilar va hayqirdilar”, …bod yämä, bodun yämä, kiši yämä “urugʻ ham, xalq ham, kishi ham”, biz yämä sülädimiz “biz yana qoʻshin tortdik” (Toʻn). -lï, -li qadimda hozirgi va bogʻlovchisi oʻrnida qoʻllanilgan: adïğlï toŋuzlï “ayiq va toʻngʻiz”, begli bodunlï “bek va xalq” (KT). Taqï: bu muntağ qïlïnčïn öz ütünüz bošunmağay taqï …dindār kelmägäy “bunday qilmishi oʻz vujudini ozod qilmaydi va dindor kelmagay” (TT). Azu: azu muŋ üčün azu basu birgäli qïzğanïp “yoki qaygʻu uchun, yoki qurbon berishga qizgʻanib” (Mon). Kim: bu tort arïğ dindārlar kim tavğač yärinta ärürlär “bu to‘rt pok dindorlarki, tabgʻoch yerindandirlar”, ol ayağ qïlïnč yoq kim biz qïlmadïmïz ärsär “hech bir yomon ishlar yoqki, biz qilmasak” (TT). Qaltï:…qaltï täŋri küči...“agar Tangri kuchi” (KT). Yana: Ol sabïğ ït(t)ïm: qantayïn sabïğ yana kälti “oʻsha xabarni aytdim: yana qandayin xabar keldi” (To‘n). Download 473.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling