1. Qadimgi Yunon-Rim falsafasi


Download 141.83 Kb.
bet10/12
Sana03.12.2023
Hajmi141.83 Kb.
#1799111
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

6. XX asr falsafasi


Demak, qadimgi Sharq, O'rta Osiyo, Garb falsafasining markazida borliq, tabiat, ong, inson, jamiyat, ularning mohiyati va rivojlanish qonuniyatlari, birbiriga ta'siri va o'zaro aloqadorligi, voqelikni bilish yo'llari kabi muammolar asosiy o'rinni egallab kelgan. Mazkur muammolar hozirgi davr falsafasining ham diqqat markazida turibdi. Lekin, avvalgi davrlarga nisbatan, yuqorida ko'rsatib o'tilgan muammolar hozirgi kunda keng va chuqurroq qiziqish uyg'otmoqda. Buning boisi shundaki, fan taraqqiyoti va amaliyot bizga mazkur masalalarning yangi tomonlari, murakkab qirralarini ochib bermoqda, ular esa o'z navbatida yangicha falsafiy yondashishni taqozo etmoqda.
XX asr falsafasining xususiyati shundan iboratki, falsafaning yuqorida qayd qilingan an'anaviy masalalari bilan bir qatorda hozirgi davr taraqqiyotidan kelib chiqqan bir qator yangi muammolarda ham o'z ifodasini topgan. Buni biz psixoanaliz (ruhiy tahlil) falsafasidan yaqqol ko'rishimiz mumkin. Mazkur falsafiy oqimning yirik namoyondalari Zigmund Freyd (1856-1939 yy.), K.Yung (18751961 yy.), E.Fromm (1900-1980 yy.) hisoblanadi.
Z.Freydning fikricha, har bir kishida ong va ongsizlik tomonlari mavjud. Ong ostida katta miqdorda ilgaridan saqlanib kelayotgan ichki kechinmalari, iztiroblari uning tashqi ong faoliyati va harakatlarini belgilaydi.
Odamlarning bolalik davriga xos bo'lgan iztiroblari, kechinmalari ong tomonidan «esdan chiqarib», ongsizlik diyoriga qarab siqib yuborilgan. Har bir kishi o'zida katta miqdorda qo'rquv, ilohiy kuchlarga ishonch hissiyotlarini saqlab yuribdilar. Ular kishilarni qiynab har xil asab kasalliklarini keltirib chiqarishga sabab bo'lmoqdalar.
Z.Freyd o'zining «Я», «Оно», «Тотем и табу», «Толкование сновидений», «Психопаталогия обыденной жизни» va boshqa asarlarida inson ongi uchta darajadan tarkib topgan, deydi: 1. Mendan yuqori (Сверх Я — сверхсозанание). Unga odob-axloq qoidalari, axloqiy nazorat, ota-onalar tomonidan man etilgan qoidalar kiradi. 2. Ong-Men (Я). 3.Ongsizlik-U (Оно). Bunga ong tomonidan siqib chiqarilgan instinktlar, iztiroblar, jinsiy, agressiya instinktlari kabilar kiradi. Mazkur instinktlar insonlarga ilgarigi hayvoniy va ibtidoiy hayotdan meros bo'lib o'tgan.
Ongga (Menga) doimiy ravishda, bir tomondan, Mendan yuqori (сверх Я) tomonidan man qilingan qoidalar, ikkinchi tomondan, ong ostidagi-ongsizlik — U (Оно) instinktlari ta'sir ko'rsatib turadi. Shu tufayli kishilar turli asab kasalliklariga mubtalo bo'ladi.
Oddiy kishilar mazkur holatdan o'zidagi ongsizlikni san'at, fan, ijtimoiy faoliyatga safarbar etish orqali chiqishga muyassar bo'ladilar. Shuning uchun ham buyuk san'at asarlari, ilmiy kashfiyotlar, odatda ongsizlik instinktlarining ta'siri ostida yuzaga keladi.
Z.Freyd ta'limotini uning shogirdi K.Yung yanada rivojlantiradi, mazmunan boyitadi. K.Yung kishilarda shaxsiy ongsizlikdan tashqari kollektiv, «urug'» ongsizlik mavjud degan g'oyani ilgari suradi.
Kollektiv ongsizlik, ajdodlarimiz tabiat bag'rida yashagan davrda mujassamlashgan va avloddan-avlodga meros bo'lib o'tib kelayotgan kechinmalarni, iztiroblarni tashkil etadi. Inson ongi ham shaxsiy ham kollektiv kechinmalar, iztiroblar ta'siri ostida rivojlanadi. Mazkur kechinmalar odatda uxlagan vaqtda tush ko'rish jarayonida yaqqol namoyon bo'ladi, deydi K.Yung.
E.Fromm, Z.Freyd ta'limotini ijtimoiy munosabatlarni tahlil etishga tadbiq etib, bir qator yangi fikrlarni ilgari suradi.
Pozitivistlar barcha haqiqiy, «ijobiy» (pozitiv) bilimlarni ayrim fanlarning natijasi yoki ularni sintetik birlashtirish natijasi sifatida olish mumkin deydilar. Ular real voqealikni chuqur tadbiq, qilishga qaratilgan falsafa alohida fan bo'lish huquqiga ega emas, deb da'vo qilganlar. Pozitivizm XIX asrning 30-40 yillarda vujudga kelgan. Uning asoschisi fransuz faylasufi O.Kont hisoblanadi. Pozitivizm uchta asosiy ko'rinishga ega: 1) O.Kont pozivitizmi; 2) Empiriokrititsizm; 3) Neopozitivizm.
Kont fan o'zidan ustun turuvchi hech qanday falsafaga muhtoj emas degan g'oyani ilgari suradi. Kont fikricha, fan falsafaning «metafizik» muammolari bilan qiziqmaydi, u idealizmni ham, materializmni ham rad qiladi. Mohiyat va sababni ochib beradigan da'voga taalluqli metafizik qoldiqlar fandan haydab chiqarilishi kerak. Shuning uchun fan hodisalarini izohlamaydi, balki izlaydi va «nima uchun» degan savolga emas, balki «qanday» degan savolga javob beradi.
Pozitivizm tabiiy-ilmiy kashfiyotlarni aqliy-falsafiy nazariyalarga qaramaqarshi qo'yadi va mutlaq to'g'ri deb qabul qiladi.
Pozitivizmning ikkinchi tarixiy shakli — R.Avenarius va E.Max empiriokrititsizm (maxizm) falsafasining vazifasi barcha fanlarning umumiy xulosalarini sistemalashtiradigan «sintetik» sistemasining nazariyalaridan iborat bo'lmasdan, balki ular ishlab chiqqan sub'ektiv-idealistik asosi ilmiy bilish nazariyasini yaratishdan iborat deb biladi. Masalan, Max sezgini inson bilishi mumkin bo'lgan yagona «reallik» yoki butun mavjudotning «elementi» deb qaraydi.
XX asrning 20-yillarida neopozitivizm vujudga keldi. Uning vujudga kelishida ingliz mantiq olimi, matematik va faylasufi B.Rassel va avstriya faylasufi L.Vitgenshteyn muhim rol o'ynadilar. Mantiqiy pozitivizm o'tgan asrning 20-yillari boshlarida M.Shlik tomonidan tashkil qilinib, uning tarkibiga R.Karnap, O.Neyrat va boshqalar kelib qo'shilgan «Vena to'garagi» vujudga keldi, Shunga o'xshash qarashlarni Berlindagi «Empirik falsafa jamiyati» (G.Reyxenbax, V.Dubislav), Varshava maktabi (K.Vidunevich, L.Xvistek) a'zolari rivojlantirdilar. Angliyada esa bu qarashga A.Dj.Ayer qo'shildi. A.Puankare konventsializmi va pragmatizmning bir qator g'oyalari bilan to'ldirilgan maxizm neopozitivizmning asosiy g'oyaviy manbai hisoblanadi.
Neopozitivistlar dunyo haqidagi barcha bilimlarimizni faqat konkret empirik fanlar beradi, deb ta'kidlaydilar. Afsuski falsafa xususiy fanlardan tashqari, dunyo haqida birorta yangi qoidani ko'tarib chiqara olmaydi, hech kanday dunyo tasvirini yarata olmaydi. Uning vazifasi fanlar va ayrim bilimlarning xulosalarini mantiqiy tahlil qilish va tushuntirishdan iborat.
Neopozitivistlar falsafani faqat tilning mantiqiy tahlili bilan aynan bir narsa degan holda falsafadan falsafiy muammolarni chiqarib tashlashga va bu bilan uni amalda yo'q qilishga harakat qiladilar.
Neopozitivistlar mantiqiy tahlil qilishning muhim vazifalaridan biri mazmunga ega bo'lgan gaplarni ilmiy nuqtai nazarda mazmundan mahrum bo'lgan gaplardan uzoqlashtirish va fanni «mazmunsiz» gaplardan «tozalash»dan iborat deb biladilar. Empirik tajribada sinab ko'rilgan gaplar haqiqiy, sinab ko'rilmaganlarini esa soxta deb hisoblaydilar. Ana shunga suyanib, neopozitivistlar falsafaning muammolarini sinab ko'rilishi mumkin bo'lmagan soxta muammolar deb qaraydilar.
Verifikatsiya yoki sinab ko'rish neopozitivizm nuqtai nazarida gapni tajriba
(«hissiy ma'lumotlar, kuzatishlar»)ning ayrim oxirgi amallari bilan taqqoslashdan, yoxud uni xuddi shu faktni qayd qiladigan gap bilan taqqoslashdan iborat. Shu tariqa gap sezgi yoxud sezgidan kelib chiqadigan gap bilan taqqoslanadi. Neopozitivizm shu tarzda o'z davrida ingliz faylasuflari Berkli va Yum bayon qilgan sub'ektiv idealistik bilish nazariyasining asosiy g'oyasi («ongimizdagi faktlardan yoki bu faktlar haqidagi fikrlardan boshqa narsani bila olmaymiz va bilishimiz mumkin emas»)ni qayta ta'kidlaydi.
Verifikatsiya tamoyili fanda real qo'llaniladigan sinashning elementar tamoyilidir. Agar «ko'chada yomg'ir yog'moqda» degan gapni tushunishimiz kerak bo'lsa, uni biz, ko'chaga qarab tekshirib ko'ramiz. Bu elementar usulni umumiy tamoyilga aylantirish noto'g'ri bo'ladi, chunki fanning ko'pgina haqiqatini hissiy verifikatsiya yo'li bilan isbotlab berish mumkin emas.
XX asrning 30-yillarning o'rtalariga kelib, mantiqiy pozitivistlar o'zlarining ta'limotini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'ldilar. Agar ilgari ular fan tilining mazmun tomoniga e'tibor bermasdan faqat shaklan sintaksis qoidalari bilan shug'ullanib kelgan bo'lsalar, 30-yillarning oxiriga kelib mantiqiy pozitivistlar ishlarida ko'pincha semantik problemalarga, ya'ni so'z va ifodalarning mazmuni muammolariga e'tibor bera boshladilar.
Semantik muammolar mantiqi A.Tarskiy va pragmatizmga yaqinroq bo'lgan amerikalik pozitivist U.Morrisning ishlarida yaqqol ko'rina boshladi. Shundan boshlab tilni tahlil qilish uch sohaga ajratiladi. Tilning uni qo'llayotganlarga munosabati — pragmatika; uning yordamida ta'bir qilinayotgan narsa o'rtasidagi munosabat — semantika; til ifodalari o'rtasidagi munosabat — sintaksis. Uch qismdan iborat ta'limot semantika nomini oldi.
Neopozitivistlar so'z va belgilarning mazmuniga e'tibor berishga o'tish bilan o'zlarining tahlil qilish ob'ektiga katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan (masalan, elektron hisoblash kurilmasini yaratish uchun bir qator mantiqiy, lingvistik, psixologik) muammolarni kiritadi. Semantika muammolarning umumiy zaminida tilning kommunikatsiya shakllari va ahamiyatini tahlil qilishga turli tomonlardan yondashgan har xil maktablar va oqimlar uchrashadilar. Karnap va Tarskiy guruhi matematik mantiqiy masalalar bilan bog'langan simvolik ifodalarni tadqiq qilishga kirishdilar. Richard Ogden tarafdorlari lingvistika bilan bog'liq holda semantika muammolarini ishlay boshladilar. Korjibskiy, S.Cheyz va boshqalarning «umumiy semantika» deb nomlangan guruh ijtimoiy munosabatlarni
«yaxshilash», ijtimoiy ziddiyatlarni «hal qilish» uchun tilni semantik tahlil qilishdan foydalanishga urindilar. So'nggi guruh tarafdorlarining fikriga ko'ra, mazkur so'zni ifodalaydigan unga mos «referent» yoki yagona hissiy faktni topish mumkin bo'lgan so'zlargina ahamiyatga ega bo'larmish. Bundan kelib chiqadiki, mavhum «kapitalizm», «fashizm», «agressiya», «ekspluatatsiya» kabi ko'pgina so'zlar hech qanday mazmunga ega bo'lmaydi. Odamlar umumiy tushunchalar real mavjudligini o'ylab, o'zida doimiy tashvish, ziddiyat va nizolar manbaini yaratadilar. Urushlar, siyosiy kurashlar, turli to'qnashuvlarning sababi so'zlarni noto'g'ri qo'llash oqibati emish.
Pragmatizm — yunoncha «pragma» so'zidan olingan bo'lib, amaliyot degan ma'noni bildiradi. Pragmatizm har xil idealistik va diniy oqimlarning qo'shilishidan tarkib topgan XX asr falsafasidir. Uning asoschisi Charlz Pirs (1839-1914 yy.), Pragmatizmning yirik namoyondalaridan Uilyam Djems (1842-1920 yy.), Djon Dyui, Uinn va boshqalar.
Mazkur falsafiy oqim ayniqsa AQShda keng tarqalgan, chunki u o'zining chiqib kelishi, qarashlari va maqsadlari bilan mazkur mamlakatda keng tarqalgan tadbirkorlarning, ya'ni o'rta sinfning maqsadlarini ifodalaydi.
Pragmatizm paydo bo'lishidanoq eski falsafiy qarashlardan voz kechib inson harakati, faoliyati tahliliga asoslangan falsafiy tushunchalarni ilgari suradi. Inson faoliyati uning hayoti tarzini, yashash shaklini tashkil etar ekan, ana shu faoliyatni yaxshilashning yo'llari,tezlashtirish vositalari bormi, degan savolga javob qidiradilar.
An'anaviy falsafaning bilish nazariyasini tanqid qilib, inson faoliyatida bilish emas, ishonch va uning mustaqilligi alohida o'rin tutadi degan g'oyani ilgari suradi. Inson bilmaslikdan bilishga emas, shubhadan, ikkilanishdan ishonchga qarab borishi kerak.

Download 141.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling