3. Analogiya qonuni QTMda nimani ifodalaydi?
Analogiya qonuni – tilda mavjud bo‘lgan biror qonuniyat yoki hodisa shu qonuniyatga bo‘ysunmaydigan hodisalarga ham ko‘chirilishidan.
Analogiya til unsurlarining (soʻz yasalishi, shakl yasalishi va b. holatlarda) muayyan munosabat taʼsirida aynanlik kasb etishi. Mac, «koʻr» obyektli feʼlga «qara» obyektsiz feʼl sinonim boʻlib kelishi (uchishini koʻr — qara), «koʻr» koʻmakchi feʼlga «boq» feʼlning sinonim boʻlishi (qilib koʻr — boq).
QTMning eng asosiy tushunchalaridan biri tovushlarning mos kelish qonunidir. Tovushlar mos kelishi bilan bog‘liq ravishda QTTda analogiya qonuni ham amalda. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki. Tilda mavjud bo‘lgan biror qonuniyat yoki hodisa shu qonuniyatga bo‘ysunmaydigan hodisalarga ham ko‘chiriladi. Chunonchi, o‘zbek tilida /q/va/k/ auslautli turkiy so‘zlarga unli bilan boshlanagigan qo‘shimchalar qo‘shilganda bu undoshlar jaranglilashadi qishloq~ qishlog‘im, tilak~tilagim. Bu qonuniyat arabiy, eroniy, yevropaviy tillardan olingan so‘zlar uchun amalda emas. Lekin nutqda ar.mantiq~mantig‘i, tadqiq~tadqig‘i, suluk~sulugi;toj.sak~sagi, ruscha srok~srog…hodisalarini keng uchratamiz. Bu analogiya qonuni ta’siridir.
Kafedra mudiri: A.R.Axmedov
4- savolnoma
1. O`rta Osiyoning lingvistik xaritasi haqida tushuncha.
2. O`zbek adabiy tili da /i~iy/ tovushi va grafemasining qozoq,qoraqalpoq, qirg`iz, uyg`ur adabiy tillarida muvofiqlari.
3. Tovushning mavqelari (pozotsiyalari) qanaqa bo‘ladi?
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |