1. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik haqida tushuncha


o`zbek adabiy tili da /e~ye/ tovushi va grafemasining qozoq,qoraqalpoq, qirg`iz, uyg`ur adabiy tillarida muvofiqlari


Download 24.66 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi24.66 Kb.
#1817350
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik haqida tushuncha-fayllar.org

2. o`zbek adabiy tili da /e~ye/ tovushi va grafemasining qozoq,qoraqalpoq, qirg`iz, uyg`ur adabiy tillarida muvofiqlari.

3. Tovushlar almashinuvi nima?
Tovushlar mos kelishidan tovushlar almashishinishini farqlash lozim. Tovush almashinuvlari deganda ma’lum bir til ichida yoki qardosh tillarni o‘zaro qiyoslaganda o‘zak va qo‘shimchalarda tovushlarning o‘zaro almashunuvi tushuniladi. Bunday tovush almashunuvlari, asosan, ikki turli bo‘lib, ulardan biri fonetik pozitsion va kombinator ozgarishlardir. Bunday o‘zgarishlar assimilatsiya (jumladan, singarmonizm), dissimilatsiya, metateza, epinteza, prokopa, eliziya, reduksiya, diyerezis v.b ma’lum qoniniyatlar bilan boshqariladi va izohlanadi. Shuning uchun ular fonetik o‘zgarishlar deb nomlanadi. Yondosh tovushlarning o‘zaro ta’siri bilan shartlanadi. Odatda ma’noga daxldor bo‘lmaydi.Masalan, ketdi so‘zini ketti sifatida talaffuz etish va ba’zi hollada yozish ham.
Endi boshqa turdagi almashinishni olib ko‘raylik: Chunonchi, tilimizda yog‘och ~ yig‘och , o‘tqazmoq ~ o‘tqizmoq, o‘tkazmoq ~ o‘tkizmoq, bo‘lar ~ bo‘lur, kelar ~ kelur kabi hodisalarni olaylik. Bu juftliklarda keng va tor unlilarning o‘zaro almashunuvi ma’noga mutlaqo ta’sit etmaydi va hech qanday qonuniyat bilan ham boshqarilmaydi. Tovush almashinuvlari deganda mana shunday izohlanmas hodisalar tushuniladi. Tovush almashinuvlari odatda o‘zak va qo‘shimchalarning variantlarini tashkil etadi va ma’noviy-vazifaviy ixtisosolashish uchun o‘ziga xos bir imkoniyat, bo‘shliqdir (vakuum, potensiyadir). Tilimiz bu imkoniyatdan juda samarali foydalanadi.
Kafedra mudiri: A.R.Axmedov

3- savolnoma


1. QTM va lingvistik geografiya.
Tillarning tarixiy o'ziga xosligini aniqlashda qiyosiy-tarixiy usul qo'llaniladi. Qiyosiy-tarixiy usul eng qadimiy prototip, protoformani qayta tiklash maqsadida o‘zaro bog‘liq morfemalarni solishtirishga asoslangan. Qiyosiy-tarixiy metod aniq masalalarni yechishda qo‘llangani uchun faqat qarindosh tillarga nisbatan qo‘llaniladi.
Lingvistik geografiya. (lingvo-geografiya) – tilshunos likning bir bo‘limi bo‘lib, u ma’lum hududda tarqalgan til hodisalarini (tovushlar, grammatik formalar, so‘zlar) ni aniqlaydi, ularning o‘sha joy (makon) ga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi, hududiy til xususiyatlarini hozirgi xalq tarixi, til tarixi bilan aloqador holda qiyoslab, tushuntirib kartalar orqali ifodalaydi. Lingvistik geografiya ham hududiy dialektlarni o‘rganadi. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri ko‘rgazmaliligi bo‘lib, unda til hodisalarining o‘rni va tarqalishi chegarasi kartalar yoki atlas vositasida aniq belgilab beriladi. Karta ham, atlas ham lingvistik geografiyaning ifoda vositasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi tilning taraqqiyot qonuniyatlari va yo‘llarini, konkret dialektlarning paydo bo‘lishi va ularning milliy tilga bo‘lgan munosabati, o‘zaro aloqasi masalalarini tushuntirib berishdan iboratdir.
Lingvistik geografiya bir qator umumlingvistik problemalarni, ya’ni tilda lahja, dialekt, shevalar mavjud bo‘lsa, ularning xususiyatlari va bu xususiyatlar nimalari bilan chegaralanishi, dialektlarning umummilliy tilga bo‘lgan munosabati va shu kabi masalalarni hal qilmog‘i kerak. Lingvistik geografiya ikki qismdan iborat: umumiy va maxsus. Umumiy lingvistik geografiyada dunyo tillari va ularning geografik xususiyatlari o`rganilsa, maxsus lingvistik geografiyada muayyan til doirasidagi hududiy farqlar, ya`ni shevalar o`rganiladi.
Lingvistik geografiyaning amaliy ahamiyatini ingliz tili misolida ko`rib chiqamiz.
Ma`lumki, ingliz tili – Dunyo tillarining eng yirigi, BMT rasmiy va ishchi tillaridan biri. Jahonda 1,1 mlrd dan ortiq aholi ingliz tilida so`zlashadi. Bu ingliz tilini o`z ona tili sifatida ko`ruvchilar va ikkinchi til sifatida muloqotni amalga oshiruvchilarning umumiy sonini anglatadi. Hozirgi kunda ingliz tili jahonning ilmfan, texnika va texnologiya tilidir. Internetdagi barcha ma`lumotlarning deyarli 60%i ingliz tilidadir. Jahon siyosiy xaritasidagi 67 ta mamlakatda ingliz tili rasmiy til sifatida ahamiyatga ega. Bu tilning geografiyasiga e`tibor beradigan bo`lsak, barcha qit`alarda tarqalganligini ko`rishimiz mumkin: Yevropada – Buyuk Britaniya, Irlandiya, Gibraltar, Malta; Shimoliy Amerikada – AQSH, Kanada, Bermud orollari; Lotin Amerikasida – Beliz, Antigua va Barbuda, Bagama orollari, Barbados, Dominika, Grenada, Gayana, Yamayka, Sen-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, SentVinsent va Grenadin, Trinidad va Tobago;
Osiyoda – Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Singapur, Filippin;
Afrikada – Botsvana, Burundi, Kamerun, Svazilend (Esvatini), Gambiya, Gana, Keniya, Lesoto, Liberiya, Malavi, Mavrikiy, Namibiya, Nigeriya, Ruanda, Seyshel orollari, Syerra-Leone, JAR, Zambiya, Zimbabve, Sudan, Janubiy Sudan, Uganda, Tanzaniya;
Avstraliya va Okeaniyada – Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kuk orollari, Fiji, Kiribati, Marshall orollari, Mikroneziya Federativ Shtatlari, Nauru, Niue, Palau, Papua-Yangi Gvineya, Samoa, Solomon orollari, Tuvalu;
Shuningdek, ko`plab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda ham rasmiy va ishchi til sifatida qo`llaniladi.Tilshunos olimlar ingliz tilida ikkita asosiy dialekt shakllanganligini ta`kidlashadi: Britaniya ingliz tili (British English) va Amerika ingliz tili (American English). Shuningdek, Avstraliya va Yangi Zelandiya aholisi so`zlashadigan ingliz tilida yuqoridagi dialektlardan farqli jihatlar borligini hisobga olib, uchinchi Janubiy yarimshar ingliz tili (Southern Hemisphere English) dialekti ham kiritiladi. Ingliz tilida so`zlashuvchi mamlakatda Britaniya yoki Amerika dialekti amal qiladi. Lekin shu mamlakatlarning o`zida ham ingliz tili mahalliy muhitga moslashib ketganligini ko`rishimiz mumkin. Xususan, Janubiy Osiyo mamlakatlari – Hindiston, Pokiston va Bangladeshda ingliz tili rasmiy til sifatida qabul qililib, Britaniya ingliz tili dialekti mavjud bo`lsa-da, mahalliy aholining og`zaki nutqida, hattoki rasmiy muloqotlarda ham hududiy tafovutlar sezilib turadi.
Lingvistik geоgrаfiya shevаlаrni o‘rgаnishning bir metоdi hаmdir. Fanda lingvistik geografiya va dialektologiya munosabatlariga ham e’tibor qaratiladi. Bu ikki hodisaning obyekti bir bo’lsa-da, ularning farqlari ham bor. Dialektologiya shevalarni monografiya, maqola va lug‘atlar yaratish orqali o‘rgansa va xulosalar chiqarsa, lingvistik geografiya ularni tizimga tushirib, kartalashtirish bilan shug‘ullanadi, shuning uchun ham lingvistik geografiyani dialektologiyaning tadqiqot texnikasi deb ham yuritishadi.



Download 24.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling