1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Yilning issiq davri, ya’ni aprel-oktyabr oylaridagi yig‘indi bug‘lanish qanday hisoblanadi?


Download 1.6 Mb.
bet12/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

8. Yilning issiq davri, ya’ni aprel-oktyabr oylaridagi yig‘indi bug‘lanish qanday hisoblanadi?
9. Yillik me’yoriy bug‘lanish miqdorini aniqlashning qanday usullarini bilasiz?
10. Bug‘lanish kartasidan qanday foydalaniladi?
11. A.R.Kons­tantinov taklif etgan nomogramma yordamida yillik me’yoriy bug‘lanish miqdorini aniqlash uchun qanday ma’lumotlar zarur bo‘ladi?
12. M.I.Budiko nomogrammasidan yillik me’yoriy bug‘lanish miqdori qanday aniqlanadi?
13. Oylik me’yoriy bug‘lanishni aniqlashning qanday usullarini bilasiz?
14. P.S.Kuzin usulining mohiyatini tushuntiring.
15. B.V.Polyakov grafigidan qanday foydalaniladi?
4-6-mashg’ulot. Daryolarning o‘lcham ko‘rsatkich­larini aniqlash.
Ishning maqsadi
Mazkur amaliy mashg’ulotning maqsadi talabalarda daryo sistemasi va havzasining morfometrik, yahni shakl va o’lcham ko’rsatkichlarini kartografik ma’lumotlar asosida aniqlash malakasini hosil qilishdan iboratdir.


Ishning nazariy asoslari
Tayanch atamalar va iboralar: daryo, bosh daryo, irmoqlar, daryo sistemasi, gidrografik to’r, daryoning uzunligi, egriligi, daryo tarmoqlarining zichligi, daryoning nishabligi, suvayirg’ich, daryo havzasi, suv to’plash maydoni, daryo havzasining maydoni, uzunligi, kengligi, simmetrik­lik darajasi, o’rtacha balandligi, o’rtacha nishabligi.

Yer sirtiga yoqqan yog’inlar-qor, yomg’irdan hosil bo’lgan suvlar birdaniga daryo o’zaniga quyilmaydi. Ular dastlab yonbag’irlarda yuza oqimlar, jilg’alar ko’rinishida harakat­lanadi. Jilg’alar birga qo’shilib, vaqtinchali yoki doimiy oqib turuvchi soylar, kichik daryolarni hosil qiladi. o’z navbatida soylar, kichik daryolarning qo’shilishidan doimiy suv oqadigan daryolar hosil bo’ladi. Daryolarga er osti hamda erigan muzliklar suvlarining qo’shilishi ularning suvliligini yanada orttiradi.


Yuqoridagilardan xulosa qilib, daryolarga quyidagicha tahrif berish mumkin: daryo deb, havzaga yoqqan yog’in­lardan hosil bo’lgan er usti va er osti suvlari hiso­biga to’yinib, tabiiy o’zanda oquvchi suv massalariga aytiladi.
Daryolar okeanlar, dengizlar yoki ko’llarga kelib quyiladi. Ayrim hollarda ularga etib bormasligi ham mumkin. o’z suvini okeanlarga, dengizlarga va ko’llarga quyadigan daryolar bosh daryo hisoblanadi. Bosh daryoga quyiladigan daryolar esa uning irmoqlari bo’ladi.
Bosh daryo va uning irmoqlari birgalikda daryo sistemasini tashkil etadi.
Daryolar ko’pchilik hollarda ko’llardan, buloqlardan, botqoqliklardan, muzliklardan, doimiy qorliklardan boshlanadi. Ma’lum bir hududdagi daryolar, ularning ir­moqlari, buloqlar, ko’llar, botqoqliklar, muzliklar, doimiy qorliklar shu hududning gidrografik to’rini hosil qi­ladi. Demak, daryo sistemasi gidrografik to’rning bir qismidir.
Yer sirtiga yoqqan yog’inlardan hosil bo’lgan suvni ikki qarama­qarshi yo’nalishdagi yonbag’irlar bo’yicha taqsimlay­digan eng baland nuqtalar o’rni suvayirg’ich chizig’ini hosil qiladi. Yer kurrasining quruqlik qismiga yoqqan yog’inlardan hosil bo’lgan yuza suvlarni jahon suvayirg’ich chizig’i qu­yidagi ikki yo’nalishda taqsimlaydi:

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling