1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Oylik me’yoriy bug‘lanishning P.S.Kuzin va B.V.Po­lyakov usullari bilan aniqlangan qiymatlarining yil davomidagi o‘zgarishi grafigini birgalikda chizish


Download 1.6 Mb.
bet11/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

3. Oylik me’yoriy bug‘lanishning P.S.Kuzin va B.V.Po­lyakov usullari bilan aniqlangan qiymatlarining yil davomidagi o‘zgarishi grafigini birgalikda chizish.
Oylik me’yoriy bug‘lanishning ikki usul, ya’ni P.S.Kuzin va B.V.Polyakov usullari bilan aniqlangan qiymatlarini o‘zaro solishtirish maqsadida ularning yil davomida o‘zgarishini xarakterlaydigan grafigi birgalikda chiziladi. Bunda grafikning ordinata o‘qiga oylik me’yoriy bug‘lanishning qiymatlari, absissa o‘qiga esa oylar qo‘yiladi. Grafikdagi har bir nuqtaning koordinatalari 2.5-jadvalda keltirilgan.
4. Topshiriqni bajarishda olingan natijalarning tahliliy bayonini tuzish.
Ushbu topshiriqni bajarishda olingan natijalarning tahliliy bayonini tuzishda asosiy e’tibor yillik me’yoriy bug‘lanish miqdorini:
- bug‘lanish kartasidan;
- A.R.Konstantinov taklif etgan nomogrammadan;
- M.I.Budiko nomogrammasidan aniqlash usullarining o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflashga qaratilishi lozim.
SHu bilan birga tahliliy bayonnomada oylik me’yoriy bug‘lanish miqdorlarini:
- P.S.Kuzin usuli bilan;
- B.V.Polyakov grafiklari yordamida aniqlash texnologiyasi ham batafsil yoritilishi va natijalar o‘zaro solishtirilishi talab etiladi.
Sinov savollari
1. Bug‘lanishning tabiiy mohiyatini tushuntiring.
2. Dalton qonunini eslang.
3. Diffuzion va konveksion bug‘lanishlarning farqi nimada?
4. SHamolning flyuger balandligidagi tezligidan er sirtidan istalgan balandlikdagi tezlikka qanday o‘tiladi?
5. Suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdorini aniqlashning B.D.Zaykov taklif etgan ifodasini bilasizmi?
6. Suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdori suv yuzasi temperaturasiga bog‘liq holda qanday aniqlanadi?
7. Suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdori havo temperaturasiga bog‘liq holda qanday aniqlanadi?

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling