1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


-ko’ndalang qirqim yuzasi (


Download 1.6 Mb.
bet19/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

-ko’ndalang qirqim yuzasi ( ) daryoda bajarilgan chu­qurlik o’lchash ishlari natijasida olingan ma’lumotlardan foydalanib, quyidagi ifoda yordamida (m2 da) aniqlanadi:



ifodada -o’lchangan chuqurliklar; -chuqurlik o’lchangan nuqtalar orasidagi masofalar (kengliklar).


-namlangan perimetr (P) ko’ndalang qirqimda o’zan tubi chizig’ining uzunligidan iboratdir.
-gidravlik radius (R) quyidagi ifoda yordamida hisoblab topiladi:
.

Ko’ndalang qirqimning suv yuzasi bo’yicha kengligi, aniqrog’i daryoning kengligi (B) bevosita o’lchab aniqlanadi.


Ko’ndalang qirqimda eng katta va o’rtacha chuqurliklar farqlanadi. Eng katta chuqurlik ( ) o’lchash natijalari bo’yicha aniqlansa, o’rtacha chuqurlik esa ( ) quyidagi ifoda yordamida hisoblab topiladi:
.
Daryoda oqayotgan suv miqdori, yahni suv sarfi suvning oqish tezligi, jonli kesma maydoni, suv sathi va boshqa omillarga bog’liq holda o’zgarib turadi.
Suv sarfi(Q) deb, daryoning ko’ndalang qirqimidan vaqt birligi ichida oqib o’tadigan suv miqdoriga aytiladi. U m3/s yoki l/s larda ifodalanadi. Berilgan ko’ndalang qirqimdagi suv sarfini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:
,

bu erda: -ko’ndalang qirqimdagi o’rtacha tezlik, -shu ko’ndalang qirqim yuzasi. Bu yuza ko’ndalang qirqimda chuqurlik o’lchash ishlari natijasida aniqlanadi.


Suv sathi (N)-ma’lum bir o’zgarmas, gorizontal ho­latdagi doimiy ”0” tekislikka nisbatan o’lchanadigan suv yuzasi balandligidir. U sm larda ifodalanadi.
o’rtacha, eng katta va eng kichik sathlar xarakterli suv sathlari deb ataladi. Suv sathini kuzatish ma’lumotlari maxsus gidrologik yilnomalarda chop etiladi.
Suvning oqish tezligi ( ) m/s larda ifodalanib, uning qiymatini ko’ndalang qirqimning ayrim nuqtalarida, alohida vertikal (tiklik) lar yoki butun jonli kesma bo’­yicha aniqlash mumkin.
Daryolarda chuqurlik va suvning oqish tezligini o’lchash ishlari ancha murakkab va xarajati katta bo’lgani sababli, suv sarfini aniqlash har kuni bajarilmaydi. Biroq, daryolar oqimi miqdorini aniqlash uchun har kungi suv sarfini bilish lozim bo’ladi. Shuning uchun maxsus o’lchash­larsiz, kunlik o’rtacha suv sarfini aniqlash maqsadida, suv sarfi bilan uning sathi orasidagi bog’lanish ni ifodalovchi chizma-suv sarfi egri chizig’i grafigi chiziladi.
Shu chizmaning o’zida suv sathining maydon va o’rtacha tezliklar bilan bog’lanishini ifodalovchi , egri chiziqlar ham chiziladi. Suv sarfi egri chizig’idan foydalanib, o’rtacha kunlik suv sathini bilgan holda, o’sha kun uchun o’rtacha suv sarfi aniqlanadi.
Bu ishni bajarishni osonlashtirish maqsadida chiz­madagi egri chiziq yordamida hisoblash jadvali tuzilib, so’ngra kundalik suv sathining yillik jadvaliga ko’ra, xuddi shunga o’xshash ko’rinishga ega bo’lgan "Kundalik suv sarfining yillik jadvali" tiklanadi. Ushbu jadvalda har bir kundagi o’rtacha suv sarfidan tashqari o’rtacha 10 kunlik, oylik va yillik suv sarflari, shuningdek, oylik eng katta va eng kichik suv sarflari miqdorlari ham beriladi.
Ma’lum hisob davri-oy, yil, ko’p yil uchun aniqlangan o’rtacha, eng katta, eng kichik suv sarflari xarakterli suv sarflari deyiladi.
Kundalik suv sarfining ma’lum daryoning tegishli kuzatish posti uchun tuzilgan yillik jadvalidan foyda­lanib, amaliy maqsadlarda zarur bo’ladigan gidrologik ma’lumotlar-daryo oqimi va uning asosiy ko’rsatkichlari hisoblanadi. Bu masalalar to’g’risida keyingi amaliy mashg’ulotlarda kengroq to’xtalamiz.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling