1. Quyidagilar tasdiqlansin va 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab amaliyotga joriy etilsin: O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansining shakli 1-ilovaga muvofiq


EIs — iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlar; LM


Download 242.51 Kb.
bet10/13
Sana01.03.2023
Hajmi242.51 Kb.
#1242615
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1011 22.12.2017

EIs — iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlar;
LM — migrant mehnatchilar — chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellardagi O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonalarida ishlovchilardan tashqari.
Axborot manbai:
Eos — statistika organlari ma’lumotlari;
EIs — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar ma’lumotlari;
LM ichki ishlar, bojxona organlarining hamda mehnat organlari tomonidan bandlik masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘rganishlarning ma’lumotlari.
8. Iqtisodiyotning rasmiy sektorida mehnat bilan band bo‘lganlar soni davlat statistika hisoboti, davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lovchilarning davlat soliq hisobi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
9. Iqtisodiyotning rasmiy sektorida mehnat bilan band bo‘lganlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lovi bo‘yicha korxona, muassasa va tashkilotlarning soliq hisobotlarida qayd etilgan shaxslar;
harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari xodimlari hamda qonunchilikka muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lovidan ozod etilgan tashkilotlar xodimlari;
Oldingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaligi a’zolari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, qoramol o‘stirish bilan band bo‘lgan va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo‘lganlar, hamda davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lovini majburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan band bo‘lganlar.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)
10. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan band bo‘lganlar jumlasiga soliq organlarida hisobga turmagan quyidagi shaxslar kiradi:
davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lamasdan haqiqatda dehqon xo‘jaliklarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan dehqon xo‘jaliklari a’zolari;
uyda pulli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagan tadbirkorlarda (enagalar, uy xizmatchilari, uy oshpazlari, avtomobil haydovchilar, qorovullar va boshqalar) yollanib ishlash bilan mustaqil band bo‘lgan shaxslar;
tadbirkorlarga yollanib ishlovchi shaxslar, shu jumladan ularning oila a’zolari hamda davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lovisiz va mehnat munosabatlari rasmiylashtirilmagan jismoniy shaxslar (quruvchilar, yuk tashuvchilar, farroshlar, ishchilar va boshqalar).
11. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlik mezonlariga quyidagilar kiradi:
haftasiga kamida ikki soat iqtisodiyotning norasmiy sektorida haq to‘lanadigan har qanday faoliyat turi bilan bandlik;
bandlik muntazamligi — iqtisodiyotning norasmiy sektoridagi bandlikdan tushgan har haftalik daromadning mavjudligi;
10 sotix yer maydonida shaxsiy yordamchi xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan uy xo‘jaligi boshqaruvidagi yer maydonining mavjudligi.
12. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan band bo‘lganlar soni mazkur metodikaning ilovasiga muvofiq bir yilda to‘rt marotaba mehnat organlari tomonidan o‘tkaziladigan bandlik masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganishlar (keyingi o‘rinlarda o‘rganish deb ataladi) asosida aniqlanadi.
13. O‘rganish ma’lumotlari asosida iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan band aholi sonini aniqlash uchun:
a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida mazkur metodikaning ilovasiga muvofiq faoliyatning tegishli turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi so‘rab chiqilganlarning umumiy sonidagi salmog‘i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Download 242.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling