1. Quyidagilar tasdiqlansin va 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab amaliyotga joriy etilsin: O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansining shakli 1-ilovaga muvofiq


Download 242.51 Kb.
bet12/13
Sana01.03.2023
Hajmi242.51 Kb.
#1242615
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1011 22.12.2017

EP = U + E, bunda:
EP — iqtisodiy faol aholi.
16. Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
EIP = PS + IW + VUP, bunda:
EIP — iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi;
PS — ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan o‘quvchilar va talabalar;
IW — bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigan ayollar;
VUP — uy bekalari va mustaqil ravishda ish bilan band bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar;
Axborot manbalari:
PS — statistika organlarining ma’lumotlari;
IW — statistika organlarining hisoblangan ma’lumotlari;
VUP — mehnat organlari tomonidan mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar ma’lumotlari.
17. Mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni ishga joylashtirishga ehtiyoj sezadigan aholining hisoblangan sonidan hisobot davri oxiridagi holati bo‘yicha tuman va shaharlar Bandlikka ko‘maklashish markazlarida rasman ishsizlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar sonini chiqarib tashlash yo‘li bilan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
US = U — UO, bunda:
US — ish bilan band bo‘lmaganlar, mustaqil ravishda ish qidirayotganlar;
U — ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar);
UO — ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lganlarni aniqlash paytida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishsizlar.
18. Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari ma’lumotlari rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishsizlar bo‘yicha axborot olish manbai hisoblanadi.
3-bob. Aholining mehnat bilan bandligini o‘rganish tartibi
19. Aholining ish bilan bandligini o‘rganish tanlab olingan uy xo‘jaliklari a’zolaridan so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan mazkur metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Uy xo‘jaliklari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari xodimlari tomonidan hamda zarurat bo‘lgan holatlarda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘arma mablag‘lari hisobiga to‘lov shartnoma asosida Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi va boshqa tashkilotlarning maxsus tayyorlangan mutaxassislarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
21. Uy xo‘jaliklari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan maxsus anketa so‘rovnomasi orqali amalga oshiriladi.
22. Uy xo‘jaliklari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazishning sifati uchun javobgarlik uy xo‘jaliklari bo‘yicha so‘rovni o‘tkazgan xodimga yuklanadi.
23. So‘rovnoma o‘tkazish, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari tomonidan quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
uy xo‘jaliklari bo‘yicha anketa so‘rovnomasi o‘tkazish — bir yilda to‘rt marotaba (har chorakda);
ma’lumotlar bazasini shakllantirish — hisobot choragining oxirgi oyidan keyingi anketa so‘rovnomasi o‘tkazish oyining 1-kunigacha;
anketa so‘rovnomasi natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish — hisobot choragining oxirgi oyidan keyingi anketa so‘rovnomasi o‘tkazish oyining oxirigacha;
o‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va jadvallarni tayyorlash — hisobot davridan keyingi oyning 3-kunigacha.
4-bob. Mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqish
24. Mazkur metodikaga muvofiq ishlab chiqilgan ma’lumotlar va hisob-kitoblar asosida mehnat resurslari, aholi bandligi va ishga joylashtirish baholash (hisob-kitob), hisobot va prognoz balanslari tomonidan ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Baholash (hisob-kitob) balansi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda har chorakda shakllantiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
26. Baholash (hisob-kitob) balansi asosida aholi bandligini ta’minlash, zarur holatlarda ish o‘rinlari tashkil etish parametrlariga tuzatishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
27. Mehnat resurslarining hisobot balansi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda har yili ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Mehnat resurslarining prognoz balansi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda kelgusi davrga (maqsadga qarab — 1, 5, 10 va hokazo yilgacha) ishlab chiqiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
29. Mehnat resurslarining prognoz balansi ishlab chiqishda quyidagilar hisobga olinadi:
mehnat resurslari sonini va iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi turli toifalarini (o‘quvchilar, 3 yoshgacha bo‘lgan bola parvarishi bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan ayollar va boshqalar) shakllantiradigan kelgusidagi demografik jarayonlar dinamikasi;
ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan mehnat bilan band bo‘lmagan aholining (ishsizlarning) amaldagi va kutilayotgan soni;
ishlayotganlar sonining belgilangan parametrlari, ish bilan bandlikning o‘sishi va investitsiya dasturlari, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning mo‘ljallangan natijalari munosabati bilan ish bilan bandlikning o‘sishi va uning tarkibiy o‘zgarishi;
kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish;
mehnat resurslari, aholi bandligi va ishga joylashtirish balansining prognoz ko‘rsatkichlariga muvofiq ta’lim muassasalarida kadrlarni kasbga tayyorlash yo‘nalishlarini qayta ixtisoslashtirishni takomillashtirish.
30. Mehnat resurslarining prognoz balansidan hududlarning demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish o‘rinlari tashkil etishga ehtiyojlarni va kelgusida hududiy aholini bandligi dasturlari parametrlarini aniqlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisoblash metodikasiga
ILOVA
Bandlik masalalari bo‘yicha uy xo‘jaliklarini bandlik masalalari yuzasidan tanlab o‘rganishlarni o‘tkazish
tartibi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Tartib band bo‘lmagan aholi sonini hisoblash uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lgan fuqarolar sonini aniqlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bandlik masalalari bo‘yicha uy xo‘jaliklarini tanlab o‘rganishlarni (keyingi o‘rinlarda o‘rganish deb ataladi) tashkil etish va o‘tkazish mexanizmini belgilaydi.
O‘rganishni o‘tkazish tartibi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tavsiyalariga asoslanadi.
O‘rganish asosida mehnat resurslarining baholash (hisob-kitob), hisobot va prognoz balanslari hamda iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lgan fuqarolarning sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Download 242.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling