III. Prognoz balansini ishlab chiqish tadbirlari
V bosqich
|
Taqdim etilgan ma’lumotlarning tahlili asosida O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansini mazkur qarorning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq keyingi yil uchun ishlab chiqish.
|
har yili
20-avgustga qadar
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi
|
VI bosqich
|
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
har yili
1-sentabrga qadar
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
VII bosqich
|
Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq mazkur qarorning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq tuman (shahar)lar bo‘yicha keyingi yil uchun prognoz balansini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
har yili
1-oktabrga qadar
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
IV. Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va prognoz balansini amalda qo‘llash
|
VIII bosqich
|
Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansi ko‘rsatkichlariga muvofiq holda tuman(shahar)lar va tarmoqlar bo‘yicha prognoz davri uchun aholi bandligi dasturi parametrlarini shakllantirish.
|
har yili
1-oktabrga qa�ar
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari
|
IX bosqich
|
Prognoz davri uchun aholi bandligi dasturi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
har yili
1-oktabrga qadar
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, vazirliklar va idoralar
|
X bosqich
|
Hududlar va tarmoqlarning aholi bandligini ta’minlash dasturi, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansi ko‘rsatkichlariga muvofiq aholini, birinchi navbatda, mehnatga layoqatli yoshdagi va mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi yoshlar bandligini ta’minlash.
|
har yili, har oyda –bandlik holati tahlili
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar
|