1. Reaksiyaning tezligi temperaturaning ta‘siri Reaksiya tezligiga reagentlar konsentratsiyasining ta‘siri Eruvchining tabiati, ion kuchi


Download 0.62 Mb.
bet18/21
Sana14.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1002370
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
REYAKSIYANING TEZLIGI VA AKTIVLANISH ENERGIYASI

YUZADAGI BIRIKMALAR

Aktivlangan adsorbilanishda adsorbent yuzasida ximiyaviy birikmalar hosil bo’lishini ko’rib o’tgan edik. Aktiv­langan adsorbilanish qattiq moddaning aktivligiga bog’liq. Shu sababdan aktivlangan adsorbilanishda yuzada xosil bo’lgan birikmalarni urganish bir jinsli bo’lmagan yuzani o’rganishda osonlik tug’diradi. Biz buni kislorodning kumirga adsorbilanishida ko’rib o’tdik. Aktivlangan adsorbilanish o’z mexanizmi jihatidan katalizga yaqin keladi. Uni kataliz-ning birinchi bosqichi desa bo’ladi. Shu sababdan aktivlangan adsorbilanishni tekshirish unga Qaraganda murakkabrok bo’lgan kataliz protsessini o’rganishga yordam beradi.


So’nggi vaqtda olib borilgan tekshirishlar xaqiqatan ham katalizning birinchi bosqichi reagent bilan katalizator orasida ximiyaviy birikmalar hosil bo’lishidan iborat ekanini ko’rsatdi. Shu jihatdan olganda ximiyaviy va fizik nazariyalar orasida prinsipial farq yo’q.
Biz XIV bobda o’tar holat (aktiv kompleks) nazariyasi bilan tanishib o’tgan edik. Bu nazariyani kataliz xodisasiga tatbiq qilsa bo’ladi. Katalizator yuzasida reagent va katalizator atomlari (aktiv markaz) aktiv kompleks hosil qilishi mumkin. Bu protsess sxematik ravishda quyidagicha ifodalanadi:
Г2 + Ю2 52 (Г2Ю2)* ГЮЮГ
gaz yuz aktiv adsorbilangan
kompleks atomlar
So’ngra adsorbilangan atomlar geterogen ravishida reaktsiyaga kirishi mumkin. Yuzada hosil bo’lgan birikmalarning tabiati (tuzilishi va ulardagi boglar xarakteri), asosan yuzada birikma hosil qilgan molekulalarning tuzilishi va ximiyaviy xossalariga, katalizatorning tuzilishi va ximiya­viy xossalariga, katalizator yuzasining xususiyatiga bog’liq:
1) reagent molekulasi katalizator yuzasida unchalik deformatsiyalanmasa, vodorod bog’lanish kabi kuchsiz bog’lanishlar xisobiga birikma xosil bo’ladi, 2) molekula qisman deformatsiyalansa, gomeopolyar bog’lanishli qutblangan birik­ma hosil bo’ladi, 3) reagent molekulasi katalizatorning yuzasi ta’sirida dissotsilansa, radikal yoki ion birikmalar hosil bo’lishi mumkin.
Yuzada hosil bo’lgan birikmalar oraliq birikmalar bo’­lishi mumkin. Bu holda, ximiyaviy- nazariyada bayon etilgan fikrlar o’z kuchini saqlab qoladi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling