1. Reaksiyaning tezligi temperaturaning ta‘siri Reaksiya tezligiga reagentlar konsentratsiyasining ta‘siri Eruvchining tabiati, ion kuchi


Download 0.62 Mb.
bet19/21
Sana14.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1002370
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
REYAKSIYANING TEZLIGI VA AKTIVLANISH ENERGIYASI

MULTPLET NAZARIYASI

Aktiv markazlarning tabiatini o’rganish, o’tar holat nazariyasini katalizga tatbiq etish, yuzada hosil bo’lgan oraliq birikmalarning tabiatini va ularning hosil bo’lish mexanizmini o’rganish katalizning ko’pgina hodisalarini tushunishga yordam berdi.


Kataliz protsessining borishi xarakteriga aktiv markazlarning tabiati, soni va aktivligidan tashqari, ularning yuzada bir – biriga nisbatan joylashuvi ham katta ta‘sir qilishi kerak. Yuzada ikki o’lchamda boradigan reaktsiyalarning yo’nalishiga, saylash hodisasiga va boshqa hodisalarga aktiv markazlarning yuzada bir – biriga nisbatan qanday joylashganliklari ta‘sir qilsa kerak. Bu mulohazalarni dastlab A. A. Balandin e‘tiborga oldi. U o’zining multplet nazariyasida bu masalalarni yoritdi.
Multplet nazariyasiga ko’ra, aktiv markazlar yuzada tartibsiz emas, balki geometrik jihatdan ma‘lum tartibda joylashgan. Tartibli bunday joylashish kristall panjarani aks ettiradi. Katalizator yuzasida reaktsiyaga kirishuvchi moddaning molekulasi birgina aktiv markaz bilan emas, balki ikki (dublet), uch (triplet) va, umuman, bir qancha (multplet) markazlar tomonidan tortilishi mumkin. Agar reaktsiyaga kirishuvchi moddaning molekulasi bittagina aktiv markazga tortilsa (birgina aktiv markaz ta‘sirida bo’lsa), u juda kam deformatsiyalanishi va natijada, reaktsiya bormasligi mumkin. Agar reaktsiyaga kirishuvchi moddaning molekulasi ikki yoki bir qancha aktiv markazlarga tortilsa (ularning ta‘sirida bo’lsa), bu aktiv markazlarning maydoni bittagina aktiv markazning maydonidan kuchli bo’lgani sababli, adsorbilangan molekula kuchli deformatsiyalanadi va molekulaning bu aktiv markazlarga tortilish kuchi undagi bog’lanishlar kuchidan oshiq bo’lsa, molekula hatto dissotsilanadi.
Kataliz protsessi sodir bo’lishi uchun reagentlar molekulasining tuzilishi bilan aktiv markazlarning tuzilishi orasida ma‘lum geometrik muvofiqlik bo’lishi kerak. Masalan, H2 molekulasi deformatsiyalanishi yoki dissotsilanishi uchun Н – Н atomlar ikki aktiv markazga tortilishi, buning uchun esa Н – Н bog’lanishi aktiv markazlar orasidagi masofadan uzun bo’lmasligi kerak. Agar shunday bo’lmasa, vodorod atomlari ikki aktiv markaz ta‘sirida bo’lmaydi.
Agar aktiv markazlar tuzilishi bilan reagent molekulalari tuzilishi orasida yuqorida aytilgan geometrik muvofiqlik bo’lsa, dastlab reagent katalizator bilan aktiv kompleks hosil qiladi. Kataliz protsessi borishi uchun bu kompleks boshqacha yo’nalish bilan parchalanishi va hosil bo’lgan mahsulot desorbilanishi kerak.





C6H12→C6H6 + 6H



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling