1-rejaga shuni yozin Transkripsiya jarayoni Transkripsiya


Transkripsion initsiatsiya


Download 152.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana18.06.2023
Hajmi152.47 Kb.
#1582949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Olimjonova

Transkripsion initsiatsiya 


Gen transkripsiyasini boshlash uchun RNK polimeraza 
DNKning 
promoter deb nomlangan qismiga birikadi. Polimerazaga 
DNKning qayeriga birikish kerakligini asosan promoter aniqlab beradi. 
Promoter transkripsiyalanuvchi qismdan biroz oldinroqda joylashadi. 
Bu qism RNK polimeraza taniydigan va yordamchi oqsillar 
bogʻlanishini taʼminlaydigan nuqtalarni oʻz ichiga oladi. DNK promoter 
qismidan ochilib, transkripsiya uchun tayyor holatga keladi. 
Har bir gen (yoki bakteriya hujayrasida birgalikda transkripsiyalangan 
har bir genlar guruhi) oʻz promoteriga ega. Promoterda RNK 
polimeraza yoki uning yordamchi oqsillari birikadigan maxsus DNK 
ketma-ketligi mavjud. Transkr
ipsiya pufakchasi hosil boʻlgach, 
polimeraza transkripsiyani boshlaydi. 
Bakteriyada promoterlar 
Promoter qanday ishlashini bakteriya misolida koʻrib chiqamiz. 
Bakteriya hujayrasidagi tipik promoter ikkita muhim DNK ketma-
ketligidan iborat: 
-
1010
10 va 
-
3535
35 elementlar
RNK polimeraza aynan shu qismlarni taniydi va ularga birikadi. 
Qismlar kerakli gen transkripsiyasini boshlash uchun polimerazani 
kerakli joyga joylashtiradi va uning toʻgʻri yoʻnalishda ekanini 
tekshiradi.


[Qanday qilib?]
 
RNK polimeraza bogʻlangach, DNKni ochadi va ishni boshlaydi. 
DNKning ochilishi 
-
101010 elementdan boshlanadi, u yerda zanjirlar A 
va T nukleotidlari koʻpligi tufayli oson ajraladi (ular oʻrtasida ikkita 
vodorod bogʻi mavjud). 
Bakterial promoter. Promoter transkripsion qismdan oldinroqda 
joylashadi, 
oʻzidan oldin kelgan DNKni oʻrab oladi va 
transkripsiyalanuvchi saytni 
maʼlum miqdorda qamrab oladi. Promoter 
ikkita elementdan, 
yaʼni -10 va -35 dan iborat. -35 elementi 
boshlangʻich nuqtadan (+1) 35 ta nukleotid oldinda joylashadi. -10 
elementi esa 10 ta nukleotid oldinda joylashadi. Bu misolda -35 
elementning ketma-ketligi (kodlovchi zanjirda) 
5ʼ-TTGASG-3ʼ, -10 
elementning ketma-ketligi 
5ʼ-TATAAT-3ʼ. RNK polimeraza -10 va -35 
elementlariga 
bogʻlanishi uchun maxsus nuqtalar mavjud. 
-
101010 va 
-
353535 elementlarining nomi ular initsiatsiya nuqtasidan 
(DNKda +1+1plus, 1) nechta nukleotid oldinda kelishiga bogʻliq. 
Manfiylik belgisi ular initsiatsiya nuqtasidan oldin kelishini bildiradi. 

Download 152.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling