1-rejaga shuni yozin Transkripsiya jarayoni Transkripsiya
Download 152,47 Kb. Pdf ko'rish
|
Olimjonova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aminokislotalarning kodonlari Translyatsiyada iRNK kodonlari transport RNK yoki tRNK
Genetik kod
iRNKda oqsil strukturasi toʻgʻrisidagi maʼlumot kodonlar deb nomlangan uchtalik nukleotidlar guruhi koʻrinishida boʻladi. Kodonlarning ayrim xususiyatlari: • Aminokislotalar uchun 6161 61 turdagi kodonlar mavjud • Uchta “stop” kodon polipeptid sintezi yakunlanganini belgilaydi • AUG translyatsiya boshlanishi uchun zarur “start” kodoni hisoblanadi (metionin aminokislotasini kodlaydi) iRNK kodoni va aminokislota oʻrtasidagi bu bogʻliqlik genetik kod deb nomlanadi (bu mavzu bilan genetik kod maqolasida tanishishingiz mumkin). [Toʻliq kodonlar jadvali] Aminokislotalarning kodonlari Translyatsiyada iRNK kodonlari transport RNK yoki tRNK tomonidan maʼlum tartib bilan (5ʼ-3ʼ yoʻnalishda) oʻqiladi. Har bir tRNK antikodonga – uchta nukleotiddan iborat guruhga ega boʻlib, iRNKdagi kodonlar bilan asos juftlashuvi orqali bogʻlanadi. tRNKning ikkinchi uchiga kodonga mos aminokislota birikadi. [5ʼ, 3ʼ va asos juftlashuvi nima?] Ribosoma iRNKning aminokislotalarni tashuvchi tRNK bilan taʼsirlashishini taʼminlaydi. Ribosomada tRNK bogʻlanadigan uchta nuqta bor: A, P va E sayt. A sayt tRNKdan aminokislotani qabul qilib oladi. P sayt sintezlanayotgan polipeptidni tashuvchi tRNKni ushlab turadi (birinchi aminokislota metionin (Met)). E sayt bu boʻsh tRNK birikadigan nuqta, yaʼni polipeptidning boshqa tRNKga oʻtkazilganini bildiradi (hozircha u P saytda joylashgan). Rasmda boʻsh tRNK allaqachon E saytini tark etgan va shu sababli koʻrsatilmagan. Rasm manbasi: “ Translyatsiya: 3-rasm ”, OpenStax College, Biology (CC BY 4.0) . tRNK oqsil va RNKdan iborat ribosoma tuzilmalaridagi iRNKlarga bogʻlanadi. tRNK ribosomadagi boʻshliqqa kirib, kodonlar bilan bogʻlangani sababli aminokislotalar kimyoviy reaksiyada oʻsib borayotgan polipeptid zanjiri bilan bogʻlanadi. Oxir-oqibat aminokislotalar ketma-ketligi iRNKdagi kodonlarning ketma-ketligini aks ettiradigan polipeptidga aylanadi. I-RNK ketma-ketligi: 5ʼ-AUGAUSUSGUAA-5ʼ Translyatsiya jarayoni i-RNK nukleotidlaridagi maʼlumotlarning triplet koʻrinishida oʻqilishi hisoblanib, har bir guruh bitta aminokislotani belgilaydi (yoki translyatsiya tugashini bildiruvchi toʻxtash signali vazifasini bajaradi). 5ʼ-AUG AUS USG UAA-5ʼ AUG →→right arrow Metionin AUS →→right arrow Izoleysin USG →→right arrow Serin UAA →→right arrow “Stop” Polipeptid ketma-ketligi: (N-terminal) metionin-izoleysin-serin (C- terminal) Bu – translyatsiyaning umumiy sxemasi. Ammo translyatsiya qanday boshlanadi, davom etadi va tugaydi degan savol tugʻiladi. Keling, koʻrib chiqamiz. Download 152,47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling