1-rejaga shuni yozin Transkripsiya jarayoni Transkripsiya


Download 152.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana18.06.2023
Hajmi152.47 Kb.
#1582949
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Olimjonova

Shayn-Dalgarno ketma-ketligi start kodonlardan oldin 
keladi va ularni ribosomaga “yoʻnaltirib” beradi. 
Bakterial translyatsiya initsiatsiyasi: 
Bakterial iRNKda G/A nukleotidlariga boy Shayn-Dalgarno deb 
nomlangan start kodon (AUG)dan biroz oldinroqda joylashgan 
(5ʼ) 
ketma-ketlik mavjud. Kichik ribosomal subbirlik Shayn-Dalgarno 
ketma-ketligini taniydi va bo
gʻlanadi. Bundan tashqari, kichik subbirlik 


initsiator tRNK (Met)ga ham 
bogʻlanadi. Yuqorida qayd etilganidek, 
kichik subbirlik ayrim hollarda dastlab iRNKga (keyin initsiator 
tRNKga) 
bogʻlanishi, ayrim hollarda esa teskarisi boʻlishi ham mumkin 
(initsiator tRNKga, keyin iRNKga 
bogʻlanadi). Ushbu hodisalarning 
tartibi tasodifiy 
boʻlishi mumkin degan taxminlar bor. 
Ushbu tarkibiy qismlar birlashgandan 
soʻng, katta ribosomal subbirlik 
ularga 
qoʻshiladi. iRNK bilan bogʻlangan ribosoma va initsiator tRNK 
initsiatsion kompleksni hosil qiladi. Initsiator tRNK 
yigʻilgan 
ribosomaning P saytida joylashgan. 
Bakteriya fMet (kimyoviy oʻzgarishga uchragan metionin)dan birinchi aminokislota sifatida 
foydalanadi. 
Shayn-Dalgarno ketma-ketligi nima uchun kerak? Bakterial genlar 
odatda guruh (
operon
)lar koʻrinishida transkripsiya qilinadi, shuning 
uchun bitta bakterial iRNK bir nechta genlar uchun kodlash ketma-
ketligini oʻz ichiga olishi mumkin. Shayn-Dalgarno ketma-ketligi har bir 
kodlash ketma-ketligining boshlanishini belgilaydi va ribosomaga har 
bir gen uchun toʻgʻri boshlangʻich kodonini topishiga imkon beradi. 


Eukariot hujayra: 
• 
Yadro ichida RNK sintezlanishi uchun DNK transkripsiyasi 
amalga oshiriladi. 
Boshlangʻich RNK esa sitozolga chiqishi uchun 
qoʻshimcha jarayonlardan oʻtib, yetuk iRNKga aylanishi zarur. 
• 
iRNK faqatgina bitta kod ketma-ketligini 
oʻz ichiga oladi (bitta 
polipeptidni kodlaydi). 
Bakteriya hujayrasi: 
• 
Sitozolda iRNK sintezi uchun DNK transkripsiya qilinadi. 
Ribosomalar translyatsiyani iRNK transkripsiyasi tugamasdan 
boshlab yuborishi mumkin. Transkripsiyadan keyingi ishlov 
berish bosqichlari unchalik ahamiyatga ega emas. 
• 
iRNK uchta gendan olingan uchta kodlovchi ketma-ketlikka ega, 
har biri 
oʻziga tegishli polipeptidni belgilaydi. 



Download 152.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling