1-rejaga shuni yozin Transkripsiya jarayoni Transkripsiya
Rho ga bogʻliq boʻlmagan terminatsiya
Download 152.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Olimjonova
- Bu sahifa navigatsiya:
- RNK transkriptining keyingi taqdiri nima boʻladi
Rho ga bogʻliq boʻlmagan terminatsiya DNK andoza zanjiridagi
maxsus qismga bogʻliq. Transkripsiya qilinayotgan gen tugashiga yaqin qolganda RNK polimeraza S va G ga boy qismga duch keladi. Bu qismdan transkripsiyalangan RNK qismi oʻraladi va komplimentar boʻlgan S va G oʻzaro bogʻlar hosil qiladi. Natijada polimerazaning toʻxtashiga olib keladigan stabil toʻgʻnagʻich hosil boʻladi. Rho ga bogʻliq terminatsiya. DNKdagi terminator RNKda toʻgʻnagʻich shaklini hosil qilib oʻraluvchi qismni kodlaydi. Bu qism RNKda koʻp takrorlangan U nukleotidlaridan keyin keladi. Toʻgʻnogʻich polimerazani toʻxtatadi, andoza DNKning A nukleotidlari va RNKning U nukleotidlari orasidagi kuchsiz bogʻlar RNKning oson ajralishiga va transkripsiyaning tugashiga sharoit yaratadi. Terminatorda DNK andozasidagi A nukleotidlari bilan mos keladigan, RNK tarkibidagi U nukleotidlarning qisqarishi kuzatiladi. RNK transkriptining bir-biriga komplimentar U-A qismlari andoza DNK bilan kuchsiz bogʻ hosil qiladi. Bu holat RNK transkriptini chiqarib yuborish uchun va toʻxtab qolgan polimeraza fermentini ajratishga yetarli boʻlgan beqarorlikni hosil qiladi. [Eukariotlarda transkripsion terminatsiya] RNK transkriptining keyingi taqdiri nima boʻladi? Terminatsiyadan keyin transkripsiya yaku nlanadi. Tayyor boʻlgan RNK transkript informatsion RNK (iRNK) sifatida translyatsiyada ishtirok etadi. Bakteriyalarda RNK transkripti transkripsiya tugashi bilan translyatsiyaga tayyor holatda boʻladi. Aslida ular bundan biroz oldinroq tayyor boʻladi: hali transkripsiya davom etayotgan paytda translyatsiya boshlanishi mumkin! Quyidagi rasmda turli genlardan transkripsiya qilingan iRNK tasvirlangan. Transkripsiya davom etayotgan boʻlsa ham, ribosomalar har bir iRNKga birikib, undan oqsil sintez qila boshlaydi. iRNKni bir nechta ribosomalar translyatsiya qilganda, iRNK va ribosomalar birgalikda poliribosomani hosil qiladi. Rasmda iRNKning gendan ajralishi tasvirlangan. Ribosomalar iRNKga transkripsiya yakuniga yetmasdan oldin birikadi va oqsil sintezini boshlaydi. Rasm manbasi: “ Prokariot transkripsiya: 3-rasm ”, OpenStax College, Biology, CC BY 4.0 . Nima uchun bakteriyalardagi iRNK uchun transkripsiya va translyatsiya bir vaqtning oʻzida roʻy berishi mumkin? Buning sababi shundaki, bu jarayonlar bir xil 5ʼ dan 3ʼ ga tomon yoʻnalishda sodir boʻladi. Bu yangi oqsil hali translyatsiya boʻlayotgan oqsilga “yetib olishi” ham mumkinligini anglatadi. Bundan tashqari, bakteriyalarda transkripsiya va translyatsiya jarayonlarini ajratib turuvchi membrana yoʻq. Bu jarayon inson hujayralari va boshqa eukariotlarda bakteriyalarnikidan farq qiladi. Chunki transkripsiya inson hujayrasi yadrosida, translyatsiya esa sitozolda kechadi. Shuningdek, eukariotlarda RNK molekulalari translyatsiyadan oldin maxsus ishlov berish bosqichlaridan oʻtishi kerak boʻladi. Bu shuni anglatadiki, transkripsiya va RNKni qayta ishlash bosqichlari tugallanmaguncha translyatsiya boshlanmaydi. Bu bosqichlar haqida transkripsiya va RNK protsessing vi deosi orqali toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling