1-rejaga shuni yozin Transkripsiya jarayoni Transkripsiya
Download 152.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Olimjonova
- Bu sahifa navigatsiya:
- RNK polimeraza RNK polimeraza
transkripsion
pufakcha deyiladi. Transkripsiyada DNKning maʼlum qismi ochiladi. Bitta zanjir komplimentar RNK transkriptini sintez qilish uchun andoza boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchi zanjir, kodlovchi zanjir, RNK transkripti bilan bir xil, faqat uning tarkibida timin (T) asoslari oʻrniga uratsil (U) asoslari mavjud. Masalan: Kodlovchi zanjir: 5ʻ-ATGATSTSGTAA-5ʼ Andoza zanjir: 3ʻ- TASTAGAGSATT- 5ʻ RNK transkript: 5ʻ-AUGAUSUSGUAA-3ʻ Translyatsiya jarayonida polipeptid ishlab chiqarilishi uchun RNK transkript oʻqilishi lozim. Masalan: RNK transkript: 5ʼ-AUG AUS USG UAA-5ʼ Polipeptid: (N-terminal) Met - Ile - Ser - [STOP] (C-terminal) Transkripsiyada ochilgan DNK zanjirining bittasi andoza sifatida ishlatiladi; bu andoza zanjir deb yuritiladi. Sintezlangan RNK andoza zanjirga komplimentar va ikkinchi zanjir bilan deyarli bir xil boʻlib, u andoza boʻlmagan (yoki kodlovchi) zanjir deyiladi. Lekin ular oʻrtasida bitta muhim farq mavjud: RNKda barcha T nukleotidlari oʻrniga U joylashadi. DNKning RNK sintezi boshlanuvchi dastlabki nuqtasi +1+1plus, 1 yoki initsiatsiya nuqtasi deyiladi. Initsiatsiya nuqtasidan oldin keluvchi nukleotidlar manfiy sonlar bilan belgilanadi va oqimga qarshi deyiladi. Bu nuqtadan keyingi nukleotidlar musbat sonlar bilan belgilanib, oqim boʻyicha deb yuritiladi. Agar transkripsiya qilinayotgan gen (koʻplab genlar kabi) oqsilni kodlasa, RNK molekulasi translyatsiya deb nomlangan oqsil ishlab chiqarish jarayonida oʻqiladi. [Transkripsiya va translyatsiya oʻrtasida bosqichlar bormi?] RNK polimeraza RNK polimeraza – DNKdan RNK transkripsiya qiluvchi ferment. RNK polimeraza andoza DNKdan foydalanib yangi RNK molekulasini sintezlaydi. Masalan, agar andozada G boʻlsa, RNK polimeraza yangi zanjirga S qoʻshadi. RNK polimeraza andoza DNK zanjiriga komplimentar RNK zanjirini sintez qiladi. Andoza DNK zanjiri 3ʼ- 5ʼ yoʻnalishda oʻqilganda, RNK zanjiri 5ʼ- 3ʼ yoʻnalishda sintezlanadi. Andoza DNK zanjiri va RNK zanjiri antiparalleldir. RNK transkript: 5ʼ-UGGUAGU...-3ʼ (nuqtalar 3ʼ oxiriga hali ham nukleotidlar qoʻshilishi davom etayotganini bildiradi) DNK andoza: 3ʼ- ASSATSAGTS- 5ʼ RNK polimeraza yangi zanjirni doimo 5ʼ-3ʼ yoʻnalishida sintez qiladi. Bunda RNK nukleotidlari zanjirning 3ʼ oxiriga qoʻshilib boradi. [5ʼ va 3ʼ nimani anglatadi?] Bakteriyalar kabi oddiy tuzilishga ega boʻlgan organizmlarda ham RNK polimerazalari mavjud va bir necha subbirliklardan iborat yirik fermentlar hisoblanadi. Odamlar va boshqa eukariotlarda uch xil RNK polimerazalari mavjud: I, II va III. Ularning har biri maʼlum bir gen sinflarini transkripsiya qilishga ixtisoslashgan. Oʻsimlikar maʼlum turdagi kichik RNKlarni ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi ikki xil: IV va V chi qoʻshimcha RNK polimerazalarga ham ega. Download 152.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling