1-rejaga shuni yozin Transkripsiya jarayoni Transkripsiya


Translyatsiya: boshlanishi, oʻrtasi va oxiri


Download 152.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana18.06.2023
Hajmi152.47 Kb.
#1582949
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Olimjonova

Translyatsiya: boshlanishi, oʻrtasi va oxiri 
Har bir kitob yoki kinofilmning boshi, oʻrtasi va oxiri boʻladi. 
Translyatsiya ham shu kabi uchta qismdan iborat, lekin ularning 
nomlari biroz farq qiladi: initsiatsiya, elongatsiya va terminatsiya. 


• 
Initsiatsiya (“boshlanish”): bu bosqichda ribosomalar iRNK va 
birinchi tRNK bilan birlashadi va translyatsiya boshlanadi. 
• 
Elongatsiya (“oʻrtasi”): bu bosqichda aminokislotalar tRNK 
tomonidan ribosomaga tashib keltiriladi va zanjir hosil qilinadi. 
• 
Terminatsiya (“oxiri”): oxirgi bosqichda yigʻilgan polipeptid zanjiri 
hujayraga chiqariladi va oʻz vazifasiga kirishadi. 
Keling, 
har bir bosqich qanday kechishini toʻliqroq koʻrib chiqamiz. 
Initsiatsiya 
Translyatsiya boshlanishi uchun bir nechta muhim “ingrediyentlar” 
kerak. Bular quyidagilardan iborat: 
• 
Ribosoma (katta va kichik subbirliklardan iborat boʻlgan) 
• 
Oqsil tuzilishi haqida maʼlumotga ega boʻlgan iRNK 
• 
Birinchi aminokislota boʻlgan metioninni tashib yuruvchi 
“initsiator” tRNK 
Initsiatsiya jarayonida yuqoridagi qismlar darhol bir joyga yigʻiladi. 
Birgalikda ular 
initsiatsiya kompleksini hosil qiladi va bu toʻplam 
yangi oqsil sintezini boshlaydi. 
[Bu oʻz-oʻzidan sodir boʻladimi?]
 
Bizning hujayralarimiz (va boshqa eukariot hujayralar)da initsiatsiya 
quyidagicha kechadi: birinchidan, metioninni tashuvchi tRNK 
ribosomaning kichik subbirligiga birikadi. Birgalikda ular (yadroda 
ishlov berish paytida biriktirilgan) 5ʼ GTF qalpogʻini tanib, iRNKning 5ʼ 
uchiga bogʻlanadi. Keyin ular iRNK boʻylab 3ʼ yoʻnalish boʻyicha 
“harakatlanadi”, boshlangʻich kodonga yetib borganida toʻxtaydi 
(odatda birinchi AUG aminokislotasi keladi, lekin har doim ham 
emas).6
6
start superscript, 6, end superscript 




Eukariot translyatsiya initsiatsiyasi: 
1. Kichik ribosomal subbirlik va initsiator tRNK (metionin 
tashuvchi)dan iborat kompleks iRNKning 
5ʼ qalpoq qismiga 
bogʻlanadi. 
2. Kompleks 
5ʼ-3ʼ yoʻnalish boʻyicha tekshirib chiqadi va start (AUG) 
kodonini topadi. 
3. Initsiator tRNK start kodonga 
bogʻlanadi. 
4. Katta ribosomal subbirlik initsiatsiya kompleksi hosil qilish uchun 
iRNK, initsiator tRNK va kichik ribosomal subbirlik bilan bir joyga 
yigʻiladi. Initsiator tRNK ribosomaning P saytida joylashadi. 
Bu bosqichlarning kechishiga initsiatsiya faktorlari yordam beradi 
(rasmda berilmagan). 
Diagramma Bergʻdagi chizmaga asoslangan.1
1
start superscript, 1, end superscript 
Bakteriyalarda bu jarayon biroz boshqacha. Ularda kichik ribosomal 
subbirlik iRNKning 5ʼ uchidan 3ʼ uchiga qarab harakatlanmaydi. 
Buning oʻrniga u toʻgʻridan toʻgʻri iRNKdagi muayyan ketma-ketlik bilan 
bogʻlanadi. Bu 

Download 152.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling