1. Rejalashtirish asoslari va dasturi Xo’jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni shakllantirish
Download 209.06 Kb.
|
21-MAVZU. BYUDJET NAZORATINI TASHKIL QILISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtoxo’jalik yurituvchi subyekt
Umumiy va boshqaruv xarajatlari byudjeti. Bu byudjet ishlab chiqarish va sotuv xarajatlaridan farqli ravishda tegishli bandlarga ajratilgan joriy xarajatlar rejasi bo’lib, xo’jalik yurituvchi subyektning kelgusidagi umumiy faoliyatini qo’llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Bu byudjetning ishlab chiqilishi pul mablag’lari byudjetini tayyorlashda va uni nazorat qilishda ishlatiladigan ma’lumotni aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, bu ma’lumot rejalashtirilgan davr uchun xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijasini aniqlash uchun ham ishlatiladi. Bu byudjetning aksariyat bandlari doimiy xarajatlardan iborat.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi kutilayotgan hisobot. Tayyorlangan davriy byudjetlarga asoslanib xo’jalik yurituvchi subyektning bosh menejeri yoki byudjetni tuzish bo’yicha mutaxassis xom-ashyo va materiallar, mehnat sarfi va umumishlab chiqarish xarajatlari byudjetlaridan foydalangan holda sotilgan mahsulot tannarxi istiqbolini ishlab chiqishni boshlashi mumkin. Daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlar sotuv byudjetidan olinadi. Kutilayotgan daromadlar va mahsulot sotish tannarxi to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanib hamda ularga tijorat, umumiy va boshqaruv xarajatlaridan olingan ma’lumotlarni qo’shib, foyda va zararlar to’g’risidagi kutilayotgan hisobotni ishlab chiqish mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ushbu hisobotni tuzish operativ byudjetni ishlab chiqishda eng yakuniy qadam hisoblanadi. Moliyaviy byudjet. Moliyaviy byudjet bu moliyaviy mablag’larning kutilayotgan manbalari va ulardan kelgusi davrda foydalanish yo’nalishlarini o’zida aks ettiruvchi rejadir. Moliyaviy byudjet moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot byudjeti bilan birgalikda kapital xarajatlar byudjeti, xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’lari byudjeti va ularning asosida tuzilgan buxgalteriya balansi va pul oqimlari to’g’risidagi hisobot kabi xujjatlarni o’z ichiga qamrab oladi. Kapital xarajatlar byudjeti. Kapital qo’yilmalar ehtiyojini aniqlash va ular uchun investitsiya resurslarni jalb qilish boshqaruv hisobining kompleks vazifasi hisoblanadi. Bunday qaror qabul qilish uchun tanlangan mezon asosida investitsiya rentabellikni aniqlash bilan bog’liq uzoq muddatli aktivlarni sotib olish yoki qurish masalasini hal qilish muammosi mavjud. Uzoq muddatli kapital qo’yilmalarga oid ma’lumot sotib olish yoki qurilish xarajatlariga, shuningdek, kreditlar uchun foiz to’loviga, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga, kutilayotgan buxgalteriya balansiga, asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli aktivlar hisob-kitob schyotidagi qoldiqni o’zgartirib, pul mablag’lari byudjetiga ta’sir ko’rsatadi. Shu borada kapital xarajatlar bo’yicha barcha qarorlar rejalashtirilishi va umumiy byudjetga kiritilishi lozim. Barcha joriy byudjetlar bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Kutilayotgan sotuv byudjetni tuzish jarayonida dastlabki qadam hisoblanadi. Undan keyin tijorat xarajatlari byudjeti ishlab chiqiladi. Shuningdek, xom-ashyo materiallarini xarid qilish va undan foydalanish byudjeti, mehnat byudjeti va umumishlab chiqarish byudjetlari asosida tuziladigan ishlab chiqarish byudjeti kutilayotgan sotuv hajmiga bog’liq. Ko’p hollarda umumiy va boshqaruv xarajatlari hamda kapital qo’yilmalar byudjeti boshqaruvning yuqori darajalari qabul qilinadi. Lekin bu ma’lumotning asosiy qismi xo’jalik yurituvchi subyektning bo’linmalari darajasida qayta ishlanadi va davriy byudjetga qo’shiladi. Pul mablag’lari byudjeti. Bu byudjet xo’jalik yurituvchi subyektning umumiy faoliyatini rejalashtirish jarayonida eng asosiy byudjetlardan biri hisobalanadi. Kutilayotgan moliyaviy natija to’g’risidagi hisobot. Umumiy byudjetni tayyorlashdagi yakuniy qadam kutilayotgan moliyaviy natija yoki xo’jalik yurituvchi subyekt uchun buxgalteriya balansi loyihasini ishlab chiqish hisoblanadi. Pul mablag’lari byudjeti tayyorlangandan so’ng, byudjet davri yakuni bo’yicha kutilayotgan pul mablag’lari qoldig’i to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lib va sof foyda hamda zarur bo’lgan kapital qo’yilmalari summasini aniqlagan holda asosiy byudjet tuzish jarayonining yakuniy mahsuli bo’lgan kutilayotgan buxgalteriya balansini tayyorlash imkoniyati tug’iladi. Aynan shu nuqtada boshqaruv taklif etilayotgan umumiy byudjetni qabul qilish yoki ushbu rejani o’zgartirish hamda byudjetning ayrim qismlarini qayta ko’rib chiqish borasidagi yakuniy qarorga kelishi lozim. Byudjetning bajarilishi bo’yicha barcha ma’suliyatni ushbu byudjetni tuzish bo’yicha ijrochi, ya’ni buxgalter o’z zimmasiga oladi. Rivojlangan mamlakatlarda bu masalani bevosita moliyaviy menejer bajaradi. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ikkita muhim holatni keltirib chiqaradi. Birinchidan, xo’jalik yurituvchi subyektning barcha mas’ul shaxslari tomonidan o’z maqsadlarini aniq bilishi va kutilayotgan holatlar to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishlari uchun sharoit yaratiladi. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga jalb etilgan har bir xodim ulardan nima kutilayotganligini bilishlari, o’z maqsadlariga qanday erishishi mumkinligi to’g’risida ko’rsatmalarga ega bo’lishlari zarur. Ikkinchidan, rahbariyat tomonidan ana shu byudjet ko’rsatkichlarining bajarilishi asosida xodimlarni qo’llab quvvatlash va moddiy rag’batlantirish tizimi ishlab chiqilishi kerak. Byudjetni tuzish jarayoni qanchalik qiyin bo’lmasin, u faqatgina yuqori turgan rahbar yakuniy natijaga erishishga haqiqatdan ham qiziqsa, o’rta va past darajadagi rahbarlar bunga ishonch hosil qilsa, barcha bajarilgan ishlar uchun rag’batlantirish tizimi kiritilsa buni amalga oshishi mumkin, deb hisoblaymiz. Byudjetning bajarilishini baholash amalda erishilgan natijalarning rejalashtirilgan byudjetdan chetlanishi tahliliga asoslanadi. 177 Byudjet turlariga misollar 1-misol Avtoxo’jalik yurituvchi subyektDownload 209.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling