1. Rejalashtirish asoslari va dasturi Xo’jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni shakllantirish


Bayram tadbirini o’tkazish daromadlari va xarajatlari


Download 209.06 Kb.
bet6/8
Sana20.06.2023
Hajmi209.06 Kb.
#1627758
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
21-MAVZU. BYUDJET NAZORATINI TASHKIL QILISH

Bayram tadbirini o’tkazish daromadlari va xarajatlari
byudjeti

Byudjetning daromad manbalari:
1. Muassasalar ajratmalari

50 000

2. Kasaba uyushmasi jamg’armasidan ajratma

20 000

3. Xo’jalik yurituvchi subyektning maxsus jamg’armasidan ajratma

15 000

jami byudjet daromadi

85 000

Xarajatlar byudjeti
1. San’atkorlar guruhi uchun

5 000

2. Salqin ichimliklar uchun

15 000

3. Issiq ovqat uchun

25 000

4. Non, ko’katlar xaridi uchun

1 000

5. Mukofotlar uchun

10 000

6. Shirinliklar va mevalar xaridiga

5 000

jami xarajatlar byudjeti

75 000

Daromadlarning xarajatlardan oshishi

10 000

2-misol
Mexmonxona

Yil davomida xonalarning mijozlar bilan band bo’lish byudjeti

Oylar




Rejalashtirilgan bandlik




1 o’rinlik (30 dona)

2 o’rinli (50 dona)

Kichik appartiment (5 dona)

Lyuks
(5 dona)

soni

ulushi
(foizda)

soni

ulushi
(foizda)

soni

ulushi
(foizda)

soni

ulushi
(foizda)

yanvar

10

33,3

20

40,0

2

40,0

1

20,0

fevral

12

40,0

24

48,0

2

40,0

1

20,0

mart

15

500

28

56,0

3

60,0

2

40,0

aprel

18

60,0

35

70,0

4

80,0

4

80,0

may

20

66,7

40

80,0

4

80,0

3

60,0

iyun

28

93,3

48

96,0

5

100

5

100

iyul

30

100

50

100

5

100

5

100

avgust

30

100

50

100

5

100

5

100

sentyabr

29

96,7

45

90,0

4

80,0

5

100

oktyabr

25

83,3

40

80,0

3

60,0

4

80,0

noyabr

20

66,7

35

70,0

2

40,0

3

60,0

dekabr

15

50,0

30

60,0

1

20,0

1

20,0


1-misolda barcha ma’lumotlar pul birligida tuzilgan bo’lsa, 2-misoldagi byudjet ma’lumotlari natural ko’rsatkichlarda son va foizda tuzilgan
!

4. Pul mablag’lari byudjeti


Pul mablag’lari harakati xo’jalik yurituvchi subyektning barcha mablag’lari aylanmasining samarasini belgilovchi, unga ta’sir ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Bosh byudjetni ishlab chiqish jarayonida avval barcha davriy byudjetlar, xususan, kapital xarajatlar byudjeti, kutilayotgan foyda va zarar to’g’risidagi byudjetlar va shu kabilar tuzilganidan so’ng pul mablag’lari byudjeti tuziladi.
Pul mablag’lari byudjeti (yoki kutilayotgan pul aylanmalari) bu kelgusi davrda bo’ladigan pul mablag’lari tushimi va to’lovlar rejasi bo’lib, bosh byudjetda ko’rsatilgan barcha kelgusi tadbirlar bilan bog’liq pul aylanmalarini o’z ichiga qamrab olgan. Umuman olganda, bu byudjet davr yakunidagi pul mablag’lari byudjetida kutilayotgan yakuniy saldo va byudjet tuzilayotgan yil har bir oyining moliyaviy holatini ko’rsatadi.
Ana shu byudjet ko’rsatkichlari asosida, rahbar, o’z xo’jalik yurituvchi subyekti uchun eng ko’p va eng kam pul mablag’lari davrlarini rejalashtirishi mumkin.
Pul mablag’lari hisobidagi qoldiqning kattaligi moliyaviy mablag’lar to’liq samara bilan ishlatilmaganligini bildiradi. Kichik qoldiq xo’jalik yurituvchi subyekt o’z vazifalari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishga qobil emasligini ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun, pul mablag’larini rejalashtirishni puxta ishlab chiqish lozim.
Pul mablag’lari byudjeti ikki maqsadni ko’zlaydi. Birinchidan, u kutilayotgan buxgalteriya balansini yakunlash uchun byudjet davri oxiriga pul mablag’lari hisob raqamidagi yakuniy qoldiqni ko’rsatadi. Ikkinchidan, byudjet davri ichida har bir oyning yakuniga byudjet mablag’lari qoldig’ining istiqbolini belgilab, moliyaviy resurslarning ortiqchaligini yoki etishmaydigan davrlarni aniqlaydi. Birinchi maqsad umumiy byudjetni tayyorlash jarayonida bu byudjetning o’rnini ko’rsatsa, ikkinchi maqsad umumiy byudjetni biznes faoliyatining barcha turlarida zarur bo’lgan moliyaviy mablag’larni boshqarish quroli sifatida e’tirof etadi. Boshqacha qilib aytganda, pul mablag’larisiz hech qanday biznes amalga oshmaydi.
Pul mablag’lari va to’lanishi lozim bo’lgan to’lovlarning boshqa manbalari ham mavjud.
Ko’rib o’tilgan misolda xo’jalik yurituvchi subyektning keyingi yil uchun pul mablag’larining asosini tovarlarni sotishdan tushgan tushum tashkil etmoqda. Aytish lozimki, sotuv vaqtida sotuvning 60 foizgacha bo’lgan hajmi darhol to’lash sharti bilan, sotuvning 2 foizdan esa tushum tushmaydi. Tovarlarni kredit hisobiga sotish hajmi 38 foizni tashkil etib, bu mablag’lar keyingi oyda olinishi mumkin. Bu kabi barcha ma’lumotlar sotuv byudjetidan olinadi.
Pul mablag’lari byudjetini tayyorlashda xo’jalik operatsiyalarining sodir bo’lishi vaqtida emas, balki moliyaviy hisobotni tuzishning muhim tamoyili bo’lgan amaldagi tushumlarning yoki pul mablag’lari to’lovining vaqtiga e’tibor qaratish lozim. Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt joriy holat to’g’risida oldingi tajribalar va rahbariyat qarorlari asosida kredit hisobiga sotuvdan kutilayotgan pul mablag’larining tushumi (foiz hisobida) aniqlanadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning moddiy boyliklar sotib olish, mehnatga haq to’lash va boshqa xarajatlarni qoplash bo’yicha to’lov siyosatini ham hisobga olish zarur. Masalan, turli xildagi tijorat xarajatlari kabi ayrim xarajatlarning to’lovi kredit hisobiga 30 va undan katta bo’lgan muddatga, ko’pgina hollarda mehnatga haq to’lash xarajatlari ma’lum sabablarga ko’ra uzoq muddatga cho’zilmasligi lozim. Shuningdek, xarajatlarning ayrim moddalari, masalan amortizatsiya pul mablag’larini talab qilmasligini hisobga olish kerak.
Pul mablag’lari byudjetining umumiy ko’rinishi va ma’lumotlar manbai.

Pul mablag’i byudjetining elementlari

Ma’lumotlar manbai

Pul mablag’lari tushumi: - naqd pulga sotishdan

Sotish byudjeti (naqdga)

- kreditga sotishdan

Sotish byudjeti (kreditga)

- boshqa aktivlar sotishdan

Foyda va zararlar to’g’risidagi prognoz hisobot

- olingan qarzlar

Oldingi oylarning pul mablag’lari byudjeti

Pul mablag’lari to’lovi: - asosiy materiallar uchun

Xarid byudjeti

- yordamchi materiallar uchun

Umumishlab chiqarish xarajatlari va materiallar xaridi byudjetlari

- to’g’ri mehnat xarajatlari

Ish haqi byudjeti

- umumishlab chiqarish xarajatlari
(UICHX)

UICHX byudjeti

- tijorat xarajatlariga

Tijorat xarajatlari byudjeti

- umumiy va ma’muriy xarajatlar uchun

Umumiy va ma’muriy xarajatlar byudjeti

- kapital xarajatlar uchun

Kapital xarajatlar byudjeti

- foyda solig’i to’lovi uchun

«Moliyaviy natijalar» to’g’risidagi hisobot

- foizlar bo’yicha to’lovlar uchun

Foyda va zararlar to’g’risidagi prognoz hisoboti

- qarzlarning qaytarilishiga

Kredit shartnomalari
Xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’lari byudjetini tuzish bo’yicha illyustrativ misol

Xo’jalik yurituvchi subyektda jami 5 operator ishlaydi. Ularning har biri bir oyda 160 soatdan ishlaydi. Bulardan tashqari yana quyidagi ma’lumotlar mavjud:
(pul birligida)

Ko’rsatkichlar nomi

joriy yil, haqiqatda




kelgusi yil rejasi

Sotish hajmi

25 000

35 000

25 000

20 000

40 000

Tijorat xarajatlari

4 500

5 000

4 000

4 000

5 000

Umumiy va ma’muriy boshqaruv xarajatlari

7 500

8 000

8 000

7 000

7 500

Material xarajatlari

2500

3500

2500

2500

4000

Umumishlab chiqarish xarajatlari

3200

3500

3000

2500

3500


Download 209.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling