1. Rezbalar, ularning turlari,belgilanishi va ishlatilishi Ajraluvchi va ajralmas birikmalarxaqida umumiy ma’lumot. 3Kavsharlash va pyvandlash
§AJRALUVCHI VA AJRALMAS BIRIKMALAR
Download 1.79 Mb.
|
1. Rezbalar, ularning turlari,belgilanishi va ishlatilishi Ajral
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shpilkali birikma
2.§AJRALUVCHI VA AJRALMAS BIRIKMALAR
Ajraluvchi birikmalar Detallar bir-biri bilan rezbalar yordannda ajraladigan qilib biriktiriladi. Ajraluvchi birikma tarkibidagi detallar bir-biridan ajratilganda ular yaroqsiz, sifatsiz holatga tushmaydi va undan qayta foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunday birikmalar ajraladigan birikmalar deyilib, ularga boltli, shpilkali, vintli, fitingli birikmalar kiradi. Ulardan tashqari, shponkali, shtiftli va shlitsali birikmalar ham ajraladigan yoki suriladigan birikmalarga kiradi. Ajraladigan birikmalar qo‘zg‘aladigan yoki qo‘zg‘almaydigan bo‘ladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan harakat qilsa, qo‘zg‘aladigan birikma deyiladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almasa, ya'ni ular o‘zaro mustahkam biriktirilgan bo‘lsa, qo‘zg‘almas birikma deyiladi. Qo‘zg‘aladigan birikmalarga shponkali, shlitsali, shpindelli, vintli kabi birikmalar kiradi. Qo‘zg‘almaydigan birikmalarga boltli, shpilkali, vintli, fitingli kabi birikmalar kiradi. Boltli birikma Bolt, gayka, shayba va biriktirilishi lozim bo‘lgan detallardan tuzilgan birikma boltli birikma deyiladi (13.1-rasm). Boltli birikmalar konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan (13.1-rasm, a), soddalashtirilgan (13.1-rasm, b) shartli (13.1-rasm, c) ko‘rinishlarda chizilishi mumkin. Yig‘ish chizmalarida soddalashtirilgan turi chizilsa, sxematik chizmalarda shartli turi chiziladi. Qolgan hollarda asosan konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan turi chiziladi. Bolt birikmalarda boltning uzunligi l biriktirilishi lozim bo‘lgan detallar Hi va H2 laming qalinliklariga bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi: l = Hi + H2 +1,3 d; 1,3 d ga shaybanmg qalinligi s, gaykaning balandigi H va rezbaning gaykadan chiqib turadigan ehtiyot qismi faskasi bilan kiradi. Soddalashtirilgan boltli birikmada rezbasi butun sterjen bo‘yicha chiziladi, faskalar umuman tasvirlanmaydi, bolt va biriktiriluvchi detallar orasidagi tirqish ko‘rsatilmaydi. 13.1-rasm Shpilkali birikma Shpilka, gayka, shayba va biriktiriladigan detallardan tuzilgan birikma shiplkali birikma deyiladi (14.1-rasm). 14.1-rasm Shpilkali birikmalarning konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan (14.1-rasm, a), soddalashtirilgan (14.1-rasm, b) va shartli (14.1-rasm, c) ko‘rinishlarda tasvirlanishi mumkin. Yig‘ish chizmalarida soddalashtirilgan turi chizilsa, sxematik chizmalarda shartli turi tasvirlanadi. Qolgan hollarda esa konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatiladigan turi chiziladi. Soddalashtirilgan shpilkali birikma chizmasida rezbasi butun sterjen bo‘yicha ko‘rsatiladi, faskalar chizilmaydi va biriktiriluvchi detal bilan shpilka orasidagi tirqish tasvirlanmaydi. Shpilkali birikmada shpilkaning uzunligi l biriktirilishi lozim bo‘lgan detal qalinligi H1 ga bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi: l =H:+l,3d; 1,3d ga shayba qalinligi s, gayka balandligi H va rezbaning gaykadan chiqib turadigan ehtiyot qismi faskasi bilan kiradi. Muhandislik grafikasi20. 3.2-rasmda to‘gri to‘rtburchak bo‘yinli shpilka ko‘rsatilgan. Sterjen kalit bilan shayba yordamida zichlashtirib tortilgan shpilka. 14.2-rasm 14.3-rasm To‘g‘ri to‘rt burchak bo‘yinli shpilka. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling