1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

3-variant 
1. Qaysi javobda bo'lsa, esa so‘zlari yordamida 
bog'langan qo‘shma gap berilgan? 
A) Jahl - dushman, ammo aql do‘stdir. 
B) Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, to‘g‘rilik 
bo'lsa insonni saodatga boshlaydi. 
C) Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan dog’ qoladi. 
D) Oy kerak bo‘lsa, samolarga termulmoq lozim.
2. O’qishlar har xil bo‘ladi: birov dam olish uchun, 
birov o‘qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, 
birov mashg‘ulot bo‘lmagani uchun, birov asardagi 
voqeaga, qahramonning taqdiriga qiziqib o'qiydi. 
Berilgan gapdagi to‘ldiruvchi birikmalar sonini 
aniqlang. 
A) 4 B) 2 
C) 5 
D) 3 
3. Berilgan she’riy parchada tarkibida yuqori tor unli 
tushishi kuzatilgan yasama so‘z(lar)ning sintaktik 
vazifasini aniqlang.
Qaytar bo‘lsam quruq qo‘l ovdan, 
Qora qozon qolsa qaynovdan,
Ham ayrilib o‘lja, ulovdan,
Qarzga botar bo‘lsam birovdan,
Taskin berib Onam yig'laydir,
Qolganlari yolg‘on yig'laydir.
A) ega, kesim
B) kesim 
C) hol, kesim
D) aniqlovchi, hol, kesim
4. Ilohiy poklik va nafosat, e’tiqod va tafakkur bizni 
balo-qazolardan asraydi. Ushbu gapda nechta bo‘lak 
kesimga bevosita bog‘langan? 
A) 6 ta
B) 5 ta
C) 3 ta
D) 7 ta
5. Kelasi zamon fe’lining -ajak qo'shimchasi ko‘proq 
qaysi uslubga xos? 
A) badiiy uslubga 
B) publitsistik uslubga 
C) rasmiy uslubga 
D) so‘zlashuv uslubiga 
6. Bahor ... Bu kun olam uyg‘onmoqda. Ana, yam-
yashil maysalar xuddi jajji qizaloqlar kabi qiqirlab 
bosh ko‘tarmoqda. Quyosh olam uzra iliq-iliq nurlarini 
taratmoqda. Osmon mo‘tabar otaxonlarimiz va 
onaxonlarimizning duolari singari oppoq va dilga 
yaqin. Xullas, olam kundan kunga go‘zallashib 
bormoqda.
Berilgan matn qaysi uslubga xos? 
A) badiiy uslub 
B) rasmiy uslub 
C) ilmiy uslub
D) publitsistik uslub
7. Tovushga taqlidni bildiruvchi taqlid so‘z qaysi 
gapda mavjud?
A) Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi. 
B) Endi, ehtimol, dir-dir qaltiragan boialar yuk 
ko‘tarishga yaramas edi. 
C) Boshidagi toj yal-yal yonarmish. 
D) Namiqqan shuvoqlar oldin to‘xtab yaxshi yonmasa 
ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri 
gurullab ketdi. 
8. Jahonda nimaiki oq bo‘lsa, unga ona suti timsol; 



nimaiki jo'shqin bo‘lsa, unga ham ona mehri timsol; 
nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo‘lsa, ona irodasi 
timsol; kimki pok muhabbat, mehri daryolik da’vo 
qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan parchada 
nechta gapning egasi olmosh bilan ifodalangan?
A) 4 B) 5 
C) 6 
D) 3 
9. Qaysi javobda faqat nisbiy sifatlar berilgan? 
A) g‘ishtin, doppili, devoriy B) qishki, chiroyli, qizil 
C) aqlli, erksevar, ro‘molli D) xushbichim, derazali, 
katta
10. Sodda gapning to'liq sintaktik tahlilida quyida 
berilgan vazifalardan qaysilarini amalga oshirish 
kerak?
1) gapda so‘zlarning o'zaro bog'lanishi bo'yicha tahlil; 
2) gap bo‘laklarini aniqlash; 3) gapda qaysi so‘z 
turkumiga oid so‘zlar borligini aniqlash; 4) gap 
qurilishi bo'yicha tahlil; 5) gapda nechta tinish belgisi 
borligini aniqlash. 
A) 2, 3, 4
В) 1, 2, 3, 5 С) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 4
11. Mikrobiologiyaning rivojlanishi tufayli sanoatda 
turli antibiotiklar, aminokislotalar, stearid gormonlar 
va enzimlar ishlab chiqarish imkoniyati tug‘ildi.
Yuqorida berilgan matn qaysi uslubga xos? 
A) Ilmiy uslub
B) Rasmiy uslub 
C) Badiiy uslub 
D) Publitsistik uslub
12. Qaysi qatordagi gapda yasama so‘z qo‘llangan? 
A) Oy nurida uzoqdagi qirlar oppoq ko‘rinadi. 
B) Chol daryo yoqasiga baliq ovlagani ketibdi.
C) O’ktam ham yo‘g‘on arqonni siltab-siltab ko'rdi. 
D) Dor atrofida aylanib, uning uskunasini qiziqib 
ko'zdan kechirdi. 
13. Xushbo‘y kabi so'zlardan tuzilishiga ko‘ra 
farqlanuvchi so‘z (-lar)ni ajrating. 
1) xushhol; 2) xushro‘y; 3) xushomad; 4) xushtor; 5) 
xushxo‘r; 6) xushyoqmas; 7) xushchaqchaq.
A) 2, 3, 4, 5 B) 6, 7 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 
D) faqat 7
14. Quyidagi gapda sodda yasama so‘zlar tarkibida 
jarangsiz undosh bilan tugagan yopiq bo‘g‘in nechta? 
Bolalikdan boshlangan do‘stlik insonning keyingi 
ulg‘aygan va kamolga erishgan davrida orttirgan 
barcha do‘stlari orasida alohida ahamiyatga ega. 
A) 4
B) 2 
C) 5 
D) 3
15. Qaysi gaplarda vositali va vositasiz nomustaqil 
to’ldiruvchilar uyushgan. 
1) Respublikamiz o‘quvchi va o‘qituvchilarini 
darsliklar va o‘quv qo'llanmalari bilan ta’minlashni 
ko'ngildagidek yo‘lga qo'yaylik; 2) «Avesto»da 
yigitlar kurash tushishni, chavandoz bo‘lishni, mol 
boqa olishni, chorvani yirtqich hayvon va 
qaroqchilardan muhofaza qila bilishni o‘rganishlari 
shartligi aytiladi; 3) Men kitoblarni va daftarlarni 
ukam va singlim uchun oldim; 4) Siz va bizga bunday 
baxt va toleni bergan istiqloldan o‘rgilay. 
A) 1, 2, 3, 4 В) 1, 2, 4 С) 1, 3, 4
D) 1, 2, 3
16. Uch xil gap bo‘lagi uyushgan javobni aniqlang. 
A) To‘ng‘ich bilan o‘rtancha
Shovqin solib, mushtlashib,
Yetishibdi mozorga, 
Ketmon-u bel ushlashib. 
B) Topishmoqda yashirin ma’no ko‘pincha majoziy 
shaklda keliiriladi, aniqrog'i, narsa nomi biror hayvon
buyum, o‘simlikka qiyoslangan holda beriladi.
C) Bahor kelsa, boshlanar bog'da bulbul xonishi,
Sa’va, qumri nag‘masi, suralay tovlanishi. 
D) O’qishlar har xil bo‘ladi: birov ermak uchun 
o‘qiydi, birov dam olish uchun o'qiydi, birov asarda 
hikoya qilingan voqeaga, qahramonning taqdiriga 
qiziqib o'qiydi. 
17. Ustoz shuurimizni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, 
tushuntirish bilan odamni foydasiz narsalardan xalos 
etadi, insonni chin ma’noda komil inson darajasiga 
yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalbiga 
joylaydi. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar 
sonini toping. 
A) 6 ta
B) 7 ta
C) 5 ta
D) 4 ta
18. 1) Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini 
ifodalash uchun qo‘llanadi; 2) Tovush odam va boshqa 
jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz 
predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa 
holatidan paydo bo'lgan ovozni ifodalash uchun ham 
qo‘llanadi; 3) Un faqat odam ovozini bildiradi va ovoz 
so'ziga nisbatan juda kam qo‘llanadi; 4) Nido jonli va 
jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush 
so‘ziga nisbatan kam qo‘llanadi; 5) Sado shevaga oid 
so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada 
kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi; 6) Sas kitobiy. 
Ushbu ma’nodosh so‘zlarga berilgan ta’riflarning 
nechtasi xato? 
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta 
19. Kunlar isib, daraxtlar kurtak yozib, qushlar, qurt-
qumursqalar harakatga kelib qoldi. (A.Qodiriy) 
Lug‘aviy shakl yasovchi qo'shimchalar soni nechta va 
ular qaysi so‘z’turkumiga oid so‘zlarda uchraydi?
A) 7 ta, ot va sifat 
B) 6 ta, ot va sifat 
C) 7 ta, ot va fe’l 
D) 6 ta, sifat va fe’l 
20. Qurey-qurey degan ovozni sherigi ham 
payqadimikan, deb sekin razm soldi, ammo 
u lov-lov yonayotgan olovga tikilgancha xayol surardi, 
o‘zi bilan o‘zi bo‘lib, aftidan, eshitmagan ko'rinadi. 
Quyida ko‘rsatilgan qaysi fikrlar xato? 
1) qurey-qurey - tovushga taqlid so‘z; 2) ham - ta'kid- 
kuchaytiruv yuklamasi; 3) -mi - so‘roq yuklamasi; 4) 
deb - vazifadosh ko'makchi; 5) sekin - holat ravishi; 6) 
ammo - zidlov bog‘lovchisi; 7) lov-lov - holatga taqlid 
so‘z; 8) tikilgancha - holat ravishi;9) bilan - sof 
ko‘makchi; 10) aftidan - sof modal so‘z. 
A) 2, 3, 4, 5, 10 
B) 1, 8, 10 
C) 1, 4, 6, 7, 8, 9 
D) barcha javoblar to‘g‘ri



21. Nutqning ta’sirchanligini oshirishga xizmat 
qiluvchi birliklarni toping. 
A) so‘z birikmasi, gap 
B) sanalgan barcha birliklar 
C) ibora, tasviriy ifoda
D) ma’nodosh so‘z, ko‘p ma’noli so‘z 
22. «Olovrang duxoba do'ppili» berilgan so‘z 
birikmasidagi tobe qism haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) tobe qism tub va yasama so‘zdan iborat 
B) tobe qism faqat yasama so‘zdan iborat 
C) tobe qism faqat tub so‘zdan iborat 
D) tobe qism tarkibidagi unlilar quyi keng unlilardir
23. Tuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin
Bolalarim yurar oyoq uchida. (M. Yusuf) Ushbu satrda 
ma’no ko‘chishining qaysi ko‘rinishi bor?
A) sinekdoxa
B) vazifadoshlik 
C) metafora
D) metonimiya
24. Qalam so‘zi daftar, kitob so‘zlari singari nima? 
so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetlik, bosh kelishiklik
birlik ma’nolariga ham ega. Bu ma’no qanday 
nomlanadi? 
A) leksik ma’no 
B) leksik va grammatik ma’no 
C) uslubiy ma’no 
D) grammatik ma’no 
25. «Bemor» hikoyasi qahramoni Abdug'aniboy 
nimalar bilan savdo qilar edi? 
A) Chigit po'choq va kunjara B) Paxta va chigit 
C) Savat va bo'yra 
D) Kunjara va kepak
26. Asli shahrisabzlik bo‘lgan ijodkor «Xamsa»sining 
birinchi dostonini belgilang. 
A) «Maxzan ul-asror» 
B) «Matla’ ul-anvor» 
C) «Hayrat ul-abror» D) «Tuhfat ul-ahror»
27. «Puryoyvaliy (yoki Puryoyi Valiy) xorazimlik 
Pahlavon Mahmudning laqabidir. Bunda kurash 
ilmidan mahorat qozongan keksa pahlavon, zo‘rxona 
pahlavonlarning boshlig‘i nazarda tutiladi. Zero, qaysi 
bir kurashchi zo'rxonaga kirmoqchi bo‘lsa, dastlab 
Puryoyvaliyning qadamiga (oyog‘iga) bosh qo‘yadi. 
Shu jihatdan puryoyvaliy so'zi majozan aziz va 
mukarram ma’nosini ham bildiradi».
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) «Qomus ul-a’lam»dan 
B) «G'iyos ul-lug‘at»dan 
C) «Otashkadayi Ozariy»dan D) «Majolis ul-
ushoq»dan
28. Avaz O’tar devoni qanday ataladi? 
A) «Saodat ul-iqbol».
B) «Ta’viz ul-oshiqin». 
C) «Munis ul-ushshoq». 
D) «Fidoyi xalqim».
29. Agar askar shohidan rizo bo‘lmasa, Vatan 
chegarasi xavf aro qoladi, dehqon eshagini yov talab 
ketsa, nega sulton beayov soliq oladi, maamunidagi 
fikrlar qaysi asarda uchraydi? 
A) «Hayrat ul-abror» B) «Zulmat ichra nur» 
C) «Bo‘ston»
D) «Mening o‘g‘rigina bolam» 
30. Qaysi ijodkor o‘z g'azali orqali ishqga mubtalo 
bo'lgan kishi bilan ishqdan bexabar odamlar o'rtasidagi 
farqni ochib bergan? 
A) Navoiy
B) Mashrab C) Fuzuliy
D) Furqat
31. Nodar Dumbadzening qaysi asari asosida o'zbek 
san’atkorlari ko‘p qismli videofilm yaratishgan?
A) «Qishloq bolalari»
B) «Kukaracha» 
C) «Quyoshni ko‘rmayapman» 
D) «Abadiyat 
qonuni» 
32. «Me’mor» romanida bo'ron paytida daryoga yaqin 
yurish xavfli ekanini kim aytadi? 
A) Horunbek
B) Ma’suma beka 
C) Najmiddin Buxoriy 
D) Badia
33. Lutfiyning Lutfiyga xos lutf bilan qog'ozga 
tushgan g‘azali? 
A) «Qilg'il» B) «Bu ko'nguldur, bu ko‘ngul» 
C) «Ne bo‘lursan» D) «Ayoqingg‘a tushar har lahza 
gisu...»
34. So‘fi Olloyor fors-tojik tilida yozgan qaysi asarini 
ayni shu g‘oyalarni turkiy tilda yoritish zaruratini 
sezganligi uchun boshqatdan yaratdi? 
A) «Maxzan ul-muteyin» 
B) «Maslak ul-
muttaqiyn» 
C) «Murod ul-orifiyn» 
D) «Sabot ul-
ojiziyn» 
35. 1) «Jamila»; 2) «Qizil durrali sarvqomatim»; 3) 
«Bo‘tako‘z»; 4) «Birinchi muallim»; 5) «Erta qaytgan 
turnalar»; 6) «Momo yer»; 7) «Alvido,Gulsari»; 8) 
«Oq kema». 
Chingiz Aytmatov qissalarini toping. 
A) 1, 2, 4, 6, 8
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 
C) 1, 3, 4, 6, 8
D) 1, 2, 4, 5, 6, 8
36. 1) voqealar 1917-yilning sentabrida yuz beradi; 2) 
“ona chumchuqday”, yoshi 80 dan oshgan, noskash 
kampir Ruqiyabibi yetimlar g'amida 6 oydan beri biror 
soat mijja qoqib uxlamagan; 3) hikoyachi bolaning 
amakivachchalari yozda bog'ga ko'chib ketardilar; 4) 
yetimlarning tog'asi - aravakash; 5) yetimlarning biri 
o‘g‘il, uchtasi qiz; 6) o‘g‘rining 2 bolasi bor, ota kasbi 
- kavushdo‘zlik; 7) devkor etikdo‘z Buvamat otaning 
etigini kiyadigan o‘zbek, qozoq, qirg'iz dehqonlarining 
urug‘i qurigan; 8) pichoqchi, bo‘zchi, ko‘nchi, domla-
yu mullavachchalarning rangi o'chgan; 9) mahalla 
boylari: Karim qori - chitfurush, Odilxo‘japudratchi, 
Matyoqub - ko‘nchi; 10) o‘g‘ri «yaxshi, tuzuk 
odam»ellikboshi Rahmonxo‘jaga rabochiylikka 
ketmaslik uchun 83 so‘m bergan; 11) o‘g‘ri Orifning 
tovuqxonasidan 4 ta tovuq, 1 ta xo‘roz o‘margan; 
Odilxo‘janing beshikdagi bolasi chetiga bayt yozilgan 
kosada osh ichadi. G‘. G‘ulomning «Mening 
o‘g‘rigina bolam» voqeiy hikoyasiga xos tasvirlarni 
aniqlang.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11 
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 10, 11 
C) hammasi to‘g‘ri
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling