1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
24
9-variant 1. Oltin o‘tda bilinadi, odam - mehnatda. Mehnat bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘ini ko'rmaysan. Ko‘p ishlagan ko‘p yashaydi. Mehnat qilsang, ko'ngling nurga to‘ladi. Ushbu matndagi fonetik hodisaga uchragan so'zlar haqida berilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang. A) munosabat shakllari ta’sirida tovush o'zgargan so‘z 2 o'rinda qatnashgan B) fonetik hodisa asosida yozilgan so‘z yasovchi qo‘shimcha 2 o‘rinda qatnashgan C) shakl yasovchi ta’sirida yetakchi morfemasida fonetik hodisa sodir bo‘lgan so'zlar 2 o‘rinda qatnashgan D) fonetik hodisalar faqat yetakchi morfemada sodir bo‘lgan 2. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato bor? A) Yosh oybeklar bayrog‘in ko'taraylik balandga. B) Yaproqlari oqshom shabadasida ohista silkinib turgan bir tup o‘rik tagidan burilib o‘tdi-yu, muyulishda ko'zdan g‘oyib bo‘ldi. C) Opaxon, xo‘jayiningiz u yoqda gullab qo‘yibdilar: shu ustun tagida xazina bormish. D) Xodimlarning aytishib qolganlarini ko‘rib ko‘rmaslikka oldi, ustidan chiqib qolsa, noiloj, astoydil kuyundi: «Tartib yaxshi-ku, nima qilamiz buzib?» 3. Quyidagi matnda lug‘aviy shakl yasovchi qo'shimchalar qo‘shilishi natijasida necha o'rinda fonetik o‘zgarish ro‘y bergan? Keyin boshqa bir ta’birchini chaqiradi va ko‘rgan tushining ma’nosini undan ham so‘raydi. U: «Sening umring hamma qarindoshlaring umridan uzun bo'ladi», - debdi. Shunda Xorun ar-Rashid: «Hamma aqlning yo'li bittadir va ikkala iboraning negizi bir yerga boradi, ammo bu ibora bilan u iboraning orasida farq bag'oyat ko'pdir», - deydi va unga yuz tillo berishni buyuradi. A) 1 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta 4. Faqat tub so'zlardan tarkib topgan egasi noma’lum gapni aniqlang. A) Kadrlarni o‘z o‘rniga qo‘yish ishiga hanuz kirishilmadi. B) Har qanday so‘zni o‘ylab gapirish kerak. C) Bilmagan ishga urinib tuzoqqa ilinma. D) Hozircha shu shaharchada yashashga to‘g‘ri keladi. 5. Quyidagilardan qaysi biri turkiy tillarga mansub emas? A) qorachoy B) balqar C) yoqut D) bolgar 6. Berilgan nechta gap tarkibida o‘rin-payt kelishigi qo'shimchasi qatnashgan? 1) Zamiraning Muhammadjonga unashtirilgani hali ham odamlarga favqulodda bir yangilik boiib ko'rinardi; 2) U tezda qishloqqa qaytishga qaror qildi; 3) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagini oldirar, to‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini undirar; 4) Sen bu kun sinfda shod yurak bilan, Sinov navbatini kutib turasan. A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 7. Yulduzlar davrasida, Charaqlaydi chirog‘im. Go‘yo ko'kka ilingan, Bandi singan o‘rog‘im. Ushbu she’riy parchada asosi tovush o‘zgarishiga uchragan so‘z nechta so‘zni o‘ziga tobelantirib kelgan? A) 3 ta B) 2 ta C) bunday holat kuzatilmaydi D) 1 ta 8. Sodda gapning to'liq sintaktik tahlilida quyida berilgan vazifalardan qaysilarini amalga oshirish kerak? 1) gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi bo'yicha tahlil; 2) gap bo'laklarini aniqlash; 3) gapda qaysi so‘z turkumiga oid so'zlar borligini aniqlash; 4) gap qurilishi bo'yicha tahlil; 5) gapda nechta tinish belgisi borligini aniqlash. A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 4 9. Rahim amakining uyi olti tomdan keyin joylashgan. Ushbu gapdagi tom so‘zida qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) vazifadoshlik B) metafora C) sinekdoxa D) metonimiya 10. Ot va fe’l qo‘shilishidan hosil bo‘lgan qo'shma ot qaysi qatorda berilgan? A) qoradori B) shaftoliqoqi C) husnbuzar D) gulbeor 11. Undoshlarning hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra barcha turlari qatnashgan so‘z ot kesim vazifasida kelgan gap berilgan qatorni aniqlang. A) Ishingni qamchila, toki ish seni qamchilay boshlamasin. B) Yerga engashganning qomati oliftaning bo'yidan balandroq. C) Bahona izlaydigan ustaning usta ekani shubhali. D) Nafsing bilan maslahat qilishdan avval hamyoning bilan kengash. 12. Qaysi qatordagi gapda ot kesim ishtirok etmagan? A) Mirzacho‘lda ham cho'lni bo‘stonga aylantirayotgan odamlar juda ko‘p. B) U paytlarda xo‘jalikda ko‘zga ko‘rinadigan muhtasham imoratning o‘zi yo‘q edi. C) Uyimizdan yaxshilar qadami sira uzilmas edi. D) Odamning ko'ngliga tushadigan birgina kalit bor, 25 bu kalit - kamtarlik, oddiylikdir. 13. Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. B) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. C) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog'ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. D) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi! 14. Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiqchasiga va mardlarcha fikr bildiring. Yasama ravishlarning yasalish asosi qaysi turkumga mansub? A) sifat, ravish B) fe’l, sifat C) sifat D) fe’l, ot 15. Keng moviy dengizlar va yuksak tog'lar bag'rida sayr etish inson tafakkurini charxlaydi, hayotning mohiyatini anglaydi. Ushbu gapda nechta sifatlovchi- aniqlovchi qatnashgan? A) 4 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 3 ta 16. Ilm-u ma’rifat e’zozlangan mamlakatda hech kim urush haqida bosh qotirmaydi, chunki ilm-u ma’rifat insonni yuksaklikka ko'taradi. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir guruhga kiruvchi undoshlar ishtirok etgan so‘zlarning sintaktik vazifasini aniqlang. A) aniqlovchi, hol, kesim, vositali to‘ldiruvchi B) hol, to‘ldiruvchi, kesim C) aniqlovchi, kesim, vositali va vositasiz to‘ldiruvchi D) kesim, vositasiz to‘ldiruvchi, ega, aniqlovchi 17. Xushbo‘y kabi so‘zlardan tuzilishiga ko‘ra farqlanuvchi so‘z (-lar) ni ajrating. 1) xushhol; 2) xushro'y; 3) xushomad; 4) xushtor; 5) xushxo‘r; 6) xushyoqmas; 7) xushchaqchaq. A) 2, 3, 4, 5 B) 6, 7 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) faqat 7 18. Quyidagi nechta so‘z o‘zi bilan har xil so‘z turkumiga oid paronim juftiga ega? afzal, bob, sud, burch, ganch, qism, adib A) 1 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 19. Qaysi so‘z birikmasidagi tobe so‘zda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushadi? A) kechki taom B) yigitcha ishlamoq C) oppoq gul D) yangi kelgan 20. Qo'qqisdan o'rmon kaptarlari g‘uv-g‘uvlab qolishdi. Berilgan gapdagi taqlid so‘zning sintaktik vazifasini aniqlang. A) sifatlovchi aniqlovchi B) taqlid so‘z ishtirok etmagan C) hol D) kesimning tarkibiy qismi 21. Jahonda nimaiki oq bo‘lsa, unga ona suti timsol; nimaiki jo‘shqin bo‘lsa, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo'lsa, ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat, mehri daryolik da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan parchada nechta gapning egasi olmosh bilan ifodalangan? A) 4 B) 5 C) 6 D) 3 22. Qaysi qatordagi birliklar faqat so'zlashuv uslubiga xos? A) Ovoz bermoq, tasdiqladi, dardiga darmon bo‘ldi B) Valdiramoq, jilvalanmoq, vujudga kelmoq C) Masxaralamoq, kuyunmoq, so‘zga chiqmoq D) Ming'irlamoq, gap otmoq, maza qilmoq 23. Tovushga taqlidni bildiruvchi so‘z qaysi gap tarkibida qo‘llanilgan? A) Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi. B) Bir tomonda gulxan chars- churs yonadi. C) Osmonda yulduzlar g‘uj-g‘uj. D) Bay-bay, zap choy bo‘libdi-da! 24. Buyruq gap haqidagi to‘g‘ri fikr ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) buyruq gapning kesimi buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalanadi; 2) buyruq gapning kesimi ba’zan tushib qolishi mumkin; 3) buyruq gapning kesimi odatda gap boshida keladi; 4) buyruq gapning kesimi majhul nisbat III shaxs buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalanishi mumkin; 5) ba’zan III shaxs buyruq maylidagi fe’l b-n ifodalangan gapning kesimi II shaxs ma’nosida qo'llanadi; 6) buyruq gapda buyruqni kuchaytirish, do‘q-po‘pisa ma’nosi ifodalanganda kesim gap oxirida keladi. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4,-6, 6 25. Qaysi asarda xonga nisbatan tangrining soyasi deya ta’rif keltirib o‘tilgan? A) «Saddi Iskandariy» dostonida B) «Shajarayi turk» asarida C) «Shayboniynoma» asarida D) «Zarbulmasal» asarida 26. Sen bo‘lmasang, otang holi ne kechar? Sensiz menga falak kafan to‘n bichar, Dunyoning bolini zahar deb ichar, Harna yo‘g‘-u borim, senga yo‘l bo‘lsin? Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) «Kuntug'mish» dostonidan B) «Rustamxon» dostonidan C) «Alpomish» dostonidan D) «Ravshan» dostonidan 26 27. 1) Pahlavon Mahmud; 2) Maxtumquli; 3) A. Avloniy; 4) Fitrat; a) Hijron; b) Mijmar; c) Qitoliy; d) Firog'iy. Yuqoridagi adiblar yana qanday taxalluslar bilan ijod qilganliklari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) 1 - d; 2 - c; 3 - b; 4 - a B) 1 - c; 2 - d: 3 - a; 4 - b C) 1 - c; 2 - a; 3 - b; 4 - d D) 1 - d; 2 - b; 3 - a; 4 - с 28. Samimiy ko'ngil she’riyatiga siyosiy tanqidni ustalik bilan qo‘sha olgan haqgo‘y shoir kim? A) A.Oripov B) Haynrix Hayne C) S.Yesenin D) A.S. Pushkin 29. Qaysi ijodkor aqli kalta kishilarning dunyoga ko'ngil qo'yishi haqida fikr yuritgan? A) Xo‘janazar Huvaydo B) So‘fi Olloyor C) A.Yugnakiy D) Oydin Hojiyeva 30. Qaysi asarda ushatilgan patir orasidan naycha qilib o‘ralgan qog‘ozga noma’lum kimsa tomonidan xayrixohlik mazmunida bitilgan maxfiy maktub chiqqani tasvirlanadi? A) «Yulduzli tunlar» romanida B) «Sohibqiron» dramasida C) «Avlodlar dovoni» romanida D) «Ulug‘bek xazinasi» romanida 31. Qaysi asar qahramoni yorini tilidan rashk qilib, yorining otini tiliga olmasligini aytadi? A) «Farhod va Shirin» B) «Layli va Majnun» C) «Mehr va Suhayl» D) «Muhabbatnoma» 32. Muqimiy «Sayohatnoma»sida qaysi qishloq «dashti qaroqchizor» deb ta’riflangan? A) «Do‘rmancha» B) «Bo'rbaliq» C) «Qudosh» D) «Yayfan» 33. Badiiy adabiyotda «g‘ubori yo‘q sahro guli» ga qiyoslangan kim? A) Guldursun B) Xolbeka C) Layli D) Uljoy Turkon 34. Muqimiy ijodini jiddiy va samarali o'rganish o‘tgan asrning nechanchi yillaridan boshlangan? A) 30-yillaridan B) 40-yillaridan C) 1950-yilidan D) 1953-yilidan 35. ... tovush chiqarmasa ham, u uxlagani qo‘ymaydi. Ushbu maqoldagi tushib qolgan so‘zni toping. A) og‘riq B) qarz C) yorug‘lik D) vijdon 36. Cho‘lpon haqidagi ma’lumotni toping. A) «Yurt qayg'usi» degan turkum she’rlar yozib, bolsheviklar o‘z yurtiga yanada ko'proq qayg‘ular olib kelishini oldindan bashorat qilgan. B) «Uyg‘onish», «Buloqlar», «Tong sirlari» singari she’riy to'plamlari bor. C) «Sevgi afsonasi», «Yigit va qiz», «Yuksak qorliklardagi uchrashuv» singari bir qator kinossenariylari milliy kinematografiya taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. D) Adibning ilk asari - «Tengdoshlar» qissasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling