1 Rustamjon O‘rinov
Download 1,17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
30
11-variant 1. Ayol - go'zallik, nafosat va muhabbat timsoli, ayol bilan bog'liq bu tuyg'ular Sharqda asrlardan beri qadrlanib kelingan. Ushbu gapda nechta ot so‘z turkumiga oid birlik qatnashgan? A) 7 ta B) 6 ta C) 9 ta D) 8 ta 2. Qaysi gaplarda egalik qo‘shimchasini qabul qilgan so‘z ega vazifasida qo'llangan? 1) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi; 2) Kunduz kunlari aniq ko‘rinadi; 3) Kecha dam olishimiz maroqli bo‘ldi; 4) Tuni bilan mijja qoqmadi; 5) Bu yerlarning yozi juda so‘lim. A) 1, 2, 3 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 3, 5 3. Qanday so‘zlar vazifadosh bog‘lovchilar bo‘lishi mumkin? 1) ko‘makchilar; 2) yuklamalar; 3) modal so‘zlar; 4) taqlid so‘zlar; 5) bog'lovchilar. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 2, 3, 4 4. Bo‘lishsizlik shakli orqali tasdiq ma’nosini ifodalagan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan gapni aniqlang. A) Tejamlilik pulni faqat yaxshilik keltiradigan ishlarga sarflash, ya’ni hech narsani isrof qilmaslikdir. B) Adolat hech kimga zarar keltirmaslik, adolatsizlik qilmaslik va zimmadagi ezgu ishlarni bajarmay qo‘ymaslikdir. C) Oyqizning yuzlari qizarib ketdi, uyalganidan boshini quyi solib, indamay qoldi. D) Me’yor hech narsada haddan oshmaslik, adolatsizlik tufayli tug'iladigan alam tuyg‘usini imkoni boricha tiyishdir. 5. Nutqning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi birliklarni toping. A) so‘z birikmasi, gap B) sanalgan barcha birliklar C) ibora, tasviriy ifoda D) ma’nodosh so‘z, ko‘p ma’noli so‘z 6. Esli-hushli do‘stlaringiz bo‘lsa, ularni biznikiga olib kelarsiz. Tobe bog‘lanishlar soni ... A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta 7. Qaysi qatorda «bo‘l» fe’li ot-kesim tarkibida bog'lama vazifasida kelmagan? A) Samimiy aytilgan so‘z sodda bo'ladi. B) Dilning hukmronligi tildan ustun bo‘ladi. C) Har bahorda shu bo‘lar takror, Har bahor ham shunday o‘tadi. D) Yaxshi odamning boqishlari go‘zal bo‘ladi. 8. Qaysi gaplarda sifatlar bir xil sintaktik vazifa bajargan? 1) Tiniq, ko‘m-ko‘k osmonda onda-sonda yengil bulutlar asta kezadi; 2) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o‘sgan archalar yo‘g‘on va bo‘ydor bo‘ladi; 3) Shamollar mayin, yoqimli esadi; 4) Uning chaqnoq ko‘zlari, siyrak qoshi, o‘ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3 D) 1, 3, 4 9. Ushbu kechada Vatan himoyasi uchun jon fido etgan o‘g‘lonlarimizning onalari mardonalik bifan ko‘ksini qalqon qilgan farzandlari haqida faxrlanib gapirdi. Ushbu gapda ishtirok etgan yordamchi so'zlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) ravish holini shakllantirgan ko'makchi ishtirok etgan B) ko‘makchilar kesimga bilvosita va bevosita tobelangan gap bo'laklarini shakllantirgan C) mustaqil to‘ldiruvchini shakllantirgan ko'makchi ishtirok etgan D) sof va vazifadosh ko'makchilar qatnashgan 10. Boshimizga keladurgan qattiq kulfatlarning ko‘pi yumshoq tilimizdan keladur. (Abdulla Avloniy) Berilgan gap egasi qaysi turkumga mansub? A) ravish B) sifat C) harakat nomi D) ot 11. Tarmoq lug'atlarga kiruvchi lug‘atlarni aniqlang. A) qomusiy lug‘atlar, lingvistik lug'atlar B) kasb-hunarga doir lug'atlar, atamalar lug'ati C) Navoiy asarlari lug‘ati, imlo lug‘ati D) lug'atlarning bunday turi mavjud emas. 12. 1) ilmiy uslub; 2) publitsistik uslub; 3) badiiy uslub. Ushbu uslublardan qaysilari ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishi sanaladi? A) 1, 2, 3 B) 2, 3 С) 1, 2 D) faqat 3 13. Faqat payt ravishi berilgan qatorni aniqlang. A) endi, sekin, ancha B) hozircha, zo‘rg‘a, ko‘p C) so‘ngra, piyoda, majburan D) doimo, dastlab, hanuz 14. Birlik shaklida kelib, ko'plik ma’nosini ifodalagan so‘z gapda to'ldiruvchi vazifasida kelgan qatorni aniqlang. A) G'ulomjon o'zini endi ancha tutib olib, o‘t bilan, harorat bilan gapirdi. B) Uyga borishni istamadi, lekin gapga borishga hali vaqt erta edi. C) Qumdan qo‘rg‘on bo'lmas. D) Bog‘ning har burchagida o‘zga bir latofat; ariqlarda suv kumushlanadi, maysalardpn uqa tutgan hovuz jimir-jimir mavjlanadi. 15. Qaysi qatordagi ravish otlashgan? A) Ko‘kka boqma, ko‘pga boq. B) O’rtancha botir qo'rqmadi, jim turdi. C) Uzoqdan, kun botish tomondan g‘ira-shira uchqun 31 ko'rinib qoldi. D) Erta-indin rejani to'ldirgani haqidagi xushxabarni topshirmoqchi. 16. Qaysi qatordagi so'zlar to‘g‘ri yozilgan? A) “G‘afur G‘ulom” nomidagi nashriyot, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi B) Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Oliy Kengashi C) Toshkent viloyati hokimligi, Guliston Davlat Universiteti D) Quvasoy sement zavodi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 17. Berilgan gaplarda «dam» so‘zi qanday so‘zlarga ma’nodosh bo‘la olishini mos ravishda aniqlang. 1) Bir dam o‘zini yo‘qotib, gangirab qoldi; 2) Ot pishqirgan damiga erir tog'dagi qorlar; 3) Ibrohimov oyog'ini yozgani o‘rnidan turdi va ayvonning damiga borib...uzoqdagi kaptarrang tog‘larga qaradi; 4) Xanjarini qinidan sug'urib oldi-da, damini oydinga solib boqdi. A) lahza, nafas, chet, tig’ B) lahza, tig‘, chet, nafas C) lahza, nafas, tig‘, chet D) lahza, chet, nafas, tig’ 18. Hatto otlar ham go‘yo maroqli kuyni buzishdan qo‘rqqandek yurishni sekinlashtirgandi. Kesimga bevosita tobelangan bo'laklarning gapdagi vazifasini aniqlang. A) ega, to‘ldiruvchi, hol B) ega, to‘ldiruvchi C) to'ldiruvchi D) to‘ldiruvchi, hol 19. Yo’lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtning barglari bahorgi quyosh nurida chiroyli tovlanardi. Berilgan gapdagi sifatlarning barchasi uchun umumiy bo‘lmagan javoblarni aniqlang. 1) asliy sifat; 2) nisbiy sifat; 3) tub sifat; 4) yasama sifat; 5) aniqlovchi vazifasida; 6) hol vazifasida. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5, 6 20. Egasiz gaplarning turi to‘g‘ri sanalgan qatorni toping. A) shaxsi noma’lum, shaxsi ma’lum, atov gap B) shaxsi ma’lum, shaxsi umumlashgan, atov gap C) shaxsi noma’lum, atov gap, so‘z-gap D) shaxsi umumlashgan, shaxsi noma’lum, so‘z-gap 21. Yomon birla suhbatdosh bo'lishdan qaytsin har kishi, Hech tirilmaydi o‘tganlar, har qancha to'ksang ko‘z yoshi. Ushbu gapda qo'llangan egalarni aniqlang. A) har kishi, o'tganlar, ko‘z yoshi. B) har kishi va o'tganlar. C) ko‘z yoshi va o'tganlar. D) ushbu gap egasiz gap, ya’ni ega qo'llanmagan. 22. Xayrli ishni niyat qilganingda uning mevasiga shoshilma, toki hoy-u havasning shaytoni seni yengmasin. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari sonini aniqlang. A) 7 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 5 ta 23. Eski turkiy til davriga oid so'zlar berilgan qatorni belgilang. 1) ko'kramoq; 2) al; 3) o'kush; 4) yag‘i; 5) elig; 6) art; 7) bo‘gu; 8) ko‘ni; 9) erik; 10) pesha; 11) sandug‘ach; 12) ev. A) 1, 3, 4, 5, 9, 10 B) 3, 4, 7, 8, 11, 12 C) 1, 2, 5, 7, 8, 11 D) l, 2, 5, 8, 9, 11 24. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nosi metafora usulida ko‘chgan? A) Bu o‘yinda «Bunyodkor» g'alaba qozondi. B) Och nazarim tushar suratga... Surat, surat! Nega sen tilsiz?.. C) Temur tig‘i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher. D) Oyog’ini yechib ichkariga kirdi. 25. «Yomonga qo‘shilma, bo'lursan yomon, Qarosin yuqtirar doimo qozon» ushbu misralar muallifi kim? A) Firdavsiy B) Sa’diy Sheroziy C) Pahlavon Mahmud D) Ahmad Yugnakiy 26. «Inson o‘lmas o‘ldirmasa g‘am, Makon qilmas qaro turbatni. Ko‘rsa agar tirigida ham O’lganida topgan hurmatni ...» Yuqoridagi misralar qaysi shoir qalamiga mansub? A) Omon Matjon B) Erkin Vohidov C) Muhammad Yusuf D) Xurshid Davron 27. «Xalq ertak va afsonalari asosida yaratilavermaydi. Bu voqealarni shoirning o‘zi o‘ylab topishi, ya’ni hali xalq og‘zaki ijodi yoki yozma adabiyotda ma’lum bo‘lmagan mutlaqo yangi asar yaratishi ham mumkin. Bu janr ba’zan she’riy ertaklar deb ham ataladi». Ushbu xususiyat qaysi janrga tegishli? A) ertak B) doston C) ertak-doston D) afsona 28. Qaysi asarda podshohning shafqatsiz ishlari shoirning nafis tuyg‘ulariga zid kelishi haqida fikrlar bildirilgan? A) «Sa’bayi sayyor» B) «Avlodlar dovoni» C) «Yulduzli tunlar» D) «Ulug'bek xazinasi» 29. Adabiy janrlardan qaysi birining o'ziga xos xususiyatlaridan biri his-hayajonning balandligi va ritorik qaytariqlarning ko’pligi bilan asoslanadi? A) oq she’r B) she’riy roman C) mansura D) sarbast 30. XIV asr o'zbek adabiyotida qit’a va fardning dastlabki namunalari kimning ijodida uchraydi? 32 A) Ogahiy B) Xorazmiy C) Lutfiy D) Bobur 31. “La’natlar bu yurtga, yolg'on vatanga, Unda baxt ko‘radi tubanlik, xo‘rlik”. Ushbu misralar Haynrix Haynening qaysi asaridan olingan? A) «Germaniya. Qish ertagi» dostoni B) «Siliziya to'quvchilari» she’ri C) «Qullar kemasi» balladasi D) «Onam fon Heldern B. Haynega» she’ri 32. Usmon Nosirning «Nil va Rim» she’rida tilga olingan Ro, Azirisa, Tifon qanday nomlar? A) qadimgi Rim adabiyoti qahramonlarining nomi B) qadimgi yunon lashkarboshilarining nomi C) qadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi D) quldorlik davri Misr hukmdorlarining nomi 33. Qaysi ijodkor ishqni bir vodiyga o‘xshatadi va bu vodiyni oyoqda yurib emas, balki qalb bilan, qalbdagi yonish bilan o‘zlikni yo‘qotib o‘tish mumkinligini aytadi? A) Munis B) Ogahiy C) Mashrab D) Navoiy 34. … – sichqon yilida tug‘ildi, ... - qo‘y yilida vavot etdi, ... - qo‘y yilida vafot etdi, ... - ilon yilida taxtga o'tirdi. Asarlarda keltirilgan ushbu ma’lumotlar kimlarga tegishli? Tushirib qoldirilgan ismlarni toping. A) Barchinoy, Kul Tigin, Asfandiyor, Abulg'ozi Bahodirxon B) Edigey, Sobitjon, To'nyuquq, Amir Temur C) Barchinoy, Eltarish xoqon, Bilga xoqon, Shayboniyxon D) Ulug‘bek, Qusam ibn Abbos, Kul Tigin, Ulug'bek 35. « ... Farhod shahzodalikdin ishq gadosi bo'lishni afzal bilib, o‘z ma’shuqasining orzusini ro‘yobga chiqarmoq uchun sangi xoroni kesib, daryo to‘sib, sahroni obod etish uchun mehnat va mashaqqatg‘a giriftor bo‘ldi ...» Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) Z.M. Bobur, «Boburnoma» B) Alisher Navoiy, «Farhod va Shirin» C) Anbar Otin, «Risolayi falsafayi siyohon» D) Gulxaniy, «Zarbulmasal» 36. Qaysi asarda Paganini, Stradivari singari mashhur san’atkorlarning nomlari yonma-yon keltiriladi? A) Jumaniyoz Jabborov, «Kitob javonim» B) Nodar Dumbadze, «Hellados» C) Usmon Nosir, «Monolog» D) Sergey Yesenin, «Singlimga xat» Download 1,17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling