1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
35
13-variant 1. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir. Berilgan gap tarkibida so‘zlarga qo‘shimcha qo'shilishi natijasida qanday fonetik o‘zgarishlar ro‘y bergan? A) tovush orttirilishi B) tovush orttirilishi va o‘zgarishi C) tovush tushishi D) tovush o‘zgarishi 2. Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. B) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo'rqitolmas edi. C) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo'lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog‘ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. D) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi! 3. Qaysi gaplarda qatnashgan o‘zaro shakldosh qo'shimchalar urg‘u olish yoki olmasligiga ko‘ra farqlanmaydi? 1) Kechki taom payti tog‘da ko‘chki bo'lgani haqida xabar berildi; 2) Bu yigitcha o‘zini oqlashga tirnoqcha asos topolmadi; 3) Qat-qatgina qatlama, aqling bo'lsa, tashlama; 4) Qadrdon kundaligim, senga hech bir so‘z yozmaganimga ancha bo‘ldi, mana, bugun qalamdon ichida turgan qalamimga yana qo‘l uzatdim. A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 4 4. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi qismlarning bog‘lovchisiz birikishi qaysi qatorda berilgan? A) Yo‘lchi so‘zini bitirgach, Abdushukur iljaydi. B) Dalani bir aylangan kishi ravshan ko‘radiki, ishimizda behad kamchiliklar bor. C) Xalqlar bir-birlarining san’atini va madaniyatini qanchalik yaxshi bilsalar, ularning bir-birlariga hurmati shunchalik oshadi. D) Bu yigitning yoshi o‘ttizlarga borib qolgan, qiyofasida qandaydir ulug'vorlik bor edi. 5. Bo'lishsizlik shakli orqali tasdiq ma’nosini ifodalagan ko'makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan gapni aniqlang. A) Tejamlilik pulni faqat yaxshilik keltiradigan ishlarga sarflash, ya’ni hech narsani isrof qilmaslikdir. B) Adolat hech kimga zarar keltirmaslik, adolatsizlik qilmaslik va zimmadagi ezgu ishlarni bajarmay qo‘ymaslikdir. C) Oyqizning yuzlari qizarib ketdi, uyalganidan boshini quyi solib, indamay qoldi. D) Me’yor hech narsada haddan oshmaslik, adolatsizlik tufayli tug'iladigan alam tuyg‘usini imkoni boricha tiyishdir. 6. «O’qur bo‘lsang, o‘q ur nafsing ko‘ziga...», «Og‘ir jisming agar bo‘lsin desang sog‘, Sanoch og’zin san och, albatta, kamrog’...», “So‘zing tiklab ko‘ngil buzguncha, tik lab!” Ushbu «o'ynatib» ishlatilgan satrlar muallifi kim? A) Lutfiy B) Atoiy C) AlisherNavoiy D) So‘fi Olloyor 7. Remarkalar qanday tinish belgisi bilan ajratiladi? A) tire B) ikki nuqta C) qo'shtirnoq D) qavs 8. Matn ichida alohida ta’kidlangan, ajratib ko'rsatilgan so‘zlardan keyin qavs ichida qanday tinish belgisi ishlatiladi? A) so'roq B) nuqtali vergul C) ikki nuqta D) undov 9. Sodda gapning to‘liq sintaktik tahlilida quyida berilgan vazifalardan qaysilarini amalga oshirish kerak? 1) gapda so‘zlarning o‘zaro bog'lanishi bo'yicha tahlil; 2) gap bo‘laklarini aniqlash; 3) gapda qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlar borligini aniqlash; 4) gap qurilishi bo‘yicha tahlil; 5) gapda nechta tinish belgisi borligini aniqlash. A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 4 10. Hozir savolingizgagina javob berishdan ko‘ra, avvalo, jamoamiz bilan birga vaziyatni yaxshilab o‘rganib chiqishni va tegishli xulosaga kelgandan so‘ng sizga xabar berishni ma’qul topdik. Ushbu gap haqidagi qaysi fikr xato? A) gapda 3 ta turlangan fe’l mavjud. B) -gina (yuklama), ko‘ra (vazifadosh ko‘makchi), avvalo (modal so‘z), bilan (sof ko‘makchi), va (bog‘lovchi), so‘ng (vazifadosh ko‘makchi). C) Harakatning to‘la yakunlanganini bildiradigan ko'makchi fe’l qatnashgan. D) yuklama so‘zga qo'shimcha ma’no yuklagan. 11. Quyida berilgan ko'chirma gapli qo‘shma gaplarning qaysi birida tinish belgilarining qo‘llanish qoidasiga rioya qilinmagan? A) «Endi hamisha xonadon sohibining gapiga quloq solgaysiz, - dedi Bibixonim keliniga, - aytganlarini so'zsiz bajargaysiz». B) Ertoyevning gapini eshitmagan Inobat birinchi unga yuzlanib: «Umarov uka, - dedi sekin, unisiyam kerak, bunisiyam kerak». C) Qaynonasi Bibixonim: «Bu in’omning teran ma’nosi bor», - dedi sirg‘alarni kelinining qulog‘iga taqib qo‘yar ekan. D) Guli dedi: «G'azaldan bahr topmag‘an kim?» 12. Ega qaysi grammatik shakllarni qabul qilishi 36 mumkin? A) shaxs-son, kelishik B) egalik, ko‘plik C) egalik, kelishik, shaxs-son D) egalik, shaxs- son 13. Taqlidlar tuzilishiga ko‘ra necha xil? A) 3 xil B) 4 xil C) turi yo‘q D) 2 xil 14. Paronimlik bilan bog‘liq xato mavjud gapni aniqlang. A) Mol-dunyoga hirs qo‘yma, ochko'z bo‘lma. B) Ezgu ishni ko‘z-ko‘z qilma, maxtanchog’ bo'lma. C) G'azapdan o‘zingni asra, chunki g‘azab tufayli inson o‘z ishlarini, ezgu maxsatlarini unitadi. D) O’z ruxing bilan ziddiyatga tushmaslikning birdan bir yo‘li foydali mehnatdir. 15. Adabiy tilning boyib borishida o‘ziga xos tuganmas manba vazifasini o‘tasa-da, ular adabiy til me’yorlaridan tashqaridadir. Ushbu ta’rif quyida berilgan qaysi so'zga xos? A) xonaqoh B) g‘o‘ch C) yog‘iy D) murshid 16. «Changitib» so‘zi tarkibida qanday ko‘makchi morfemalar ishtirok etgan? A) 1 ta so‘z yasovchi, 1 ta lug'aviy shakl yasovchi, 1 ta sintaktik shakl yasovchi morfema B) 1 ta so‘z yasovchi, 1 ta shakl yasovchi morfema C) 2 ta so‘z yasovchi, 1 ta shakl yasovchi morfema D) 1 ta so‘z yasovchi, 2 ta shakl yasovchi morfema 17. Qaysi gapda tarkibida fe’lning vazifa shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan nisbat qo‘shimchasi qatnashgan qo'shma fe’l mavjud? A) Tuproq uyumidan sakrab o'tgan Alijon qaytarma etigiga yopishgan changni jahl bilan qoqdi. B) Korxonamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga kun sayin talab ortib bormoqda. C) Ko‘klam kelib, butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. D) Shu bilan uzoqdagi tog’ oraliqlaridan boshlangan qorong‘ilik asta-sekin hamma yoqqa tarala boshladi. 18. Bahor kelsa boshlanar bog‘da bulbul xonishi, Sa’va, qumri nag'masi, suralay tovlanishi. Gapdagi uyushiq bo‘laklar haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Uyushiq aniqlanmishlar ega vazifasini bajargan. B) Gapda ega va aniqlovchi uyushgan. C) Uyushiq egalar faqat bir turkumga oid so‘zlar bilan ifodalangan. D) Kesimga bilvosita va bevosita tobelangan bo‘laklar uyushib kelgan. 19. O’zbekiston Vatanim mening. Bunday ozod va obod mamlakatni bobolarimiz orzu qilishgan. O’zbekistonning jahondagi obro‘yi kundan kunga oshmoqda. Ushbu parchadagi so‘zlar imloeida necha o'rinda fonetik o'zgarish bo'lgan? A) 3 В) 1 C) 2 D) 4 20. Kishilik olmoshlari turlanganda qanday fonetik hodisa kuzatiladi? A) tovush almashishi B) fonetik o‘zgarish kuzatilmaydi C) tovush tushishi va orttirilishi D) tovush tushishi 21. Ayol - go‘zallik, nafosat va muhabbat timsoli, ayol bilan bog‘liq bu tuyg'ular Sharqda asrlardan beri qadrlanib kelingan. Ushbu gapdagi tobe bog'lanishlar soni va ularning turlarini aniqlang. A) 10 ta: 3 ta boshqaruv, 2 ta bitishuv, 5 ta moslashuv B) 9 ta: 2 ta boshqaruv, 3 ta bitishuv, 4 ta moslashuv C) 8 ta: 2 ta boshqaruv, 3 ta bitishuv, 3 ta moslashuv D) 7 ta: 2 ta boshqaruv, 2 ta bitishuv, 3 ta moslashuv 22. Faoliyat-jarayon oti to'ldiruvchi vazifasida kelmagan gapni belgilang. A) Bu dunyoda uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q: duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik - hammasini eplaydi. B) Ancha ovoragarchilik bilan bir mashina paxta olib qaytdik. C) Shomurod asli yilqichining bolasi, dehqonchilikni xushlamaydi. D) Bilim kishining ko'nglini yoritadi, unga ro‘shnolik beradi. 23. Grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan til vositasi deb nimaga aytiladi? A) grammatik shakl B) munosabat shakli C) sintaktik birlik D) ellepsiya 24. Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan» degan so'zda mujassamlashgan. Berilgan gap tarkibidagi nechta so‘z tarkibida sonor tovushlar qatnashmagan? A) Bitta B) Ikkita C) Uchta D) To‘rtta 25. «Keskir isfihonni boylab belingga, Qo‘sh po‘pakli nayza ushlab qo‘lingga ... « ushbu parch a qaysi dostondan olinganini va tagiga chizilgan so‘zning ma’no ko‘chish turini aniqlang. A) «Ravshan» metonimiya B) «Kuntug‘mish» metafora C) «Alpomish» sinekdoxa D) “Rustamxon” vazifadoshlik 26. Oshar eldin seni tutganda oting, Quyosh yang‘lig‘ jahonni tutti oting. Ushbu misralarda qo'llangan badiiy san’at turini toping. A) tashbeh, ruju B) mubolag‘a, tamsil C) tanosub, ishtiqoq D) tashbeh, tajnis 27. Qaysi javobda Chingiz Aytmatovning qissa janrida yozilgan asarlari ko‘rsatilgan? 1) «Alvido, Gulsari»; 2) «Qiyomat»; 3) «Yuzma- yuz»; 4) «Tog‘lar qulaganda»; 5) «Birinchi 37 muallim». A) 2, 3, 4, 5 В) 1, 3, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 4 28. U «or-nomus»ni biladigan va uni qo'riqlaydigan kishi. U o‘zining va oila a’zolarining ustiga chang qo‘ndirishni istamas, oilasi bilan hech qanday oilani tenglashtirmas edi. Ushbu so‘zlar Oybekning «Qutlug’ qon» romanida qaysi qahramon haqida? A) Tantiboyvachcha B) Hakimboyvachcha C) Salimboyvachcha D) Mirzakarimboy 29. Cho‘ponlar qo'shxonasida Alpomish tush ko‘radi. Unda Payg‘ambar (a.s.) minib olgan duldulning jilovdori kim edi? A) Shohimardon pir B) Rajabxo‘ja eshon C) Bobo Qambar D) Alpomishning o‘zi 30. «Ot tepkisini ot ko‘taradur» iborasi qaysi asarda keltirilgan? A) «Qutlug‘ qon» romanida B) «Sohibqiron» dramasida C) «Ulug'bek xazinasi» romanida D) «Kecha va kunduz» romanida 31. Bir dev bor ichimda, asti pinhon bo'lmas, Boshini egmak oning oson bo‘lmas. Ushbu misralar muallifi? A) J.Rumiy B) N. Kubro C) Yassaviy D) A.Navoiy 32. Mirkarim Osimning tarixga oid dastlabki yirik asari qaysi? A) «To'maris» B) «Shiroq» C) «Astrobod» D) «Iskandar va Spitamen» 33. Abu Mansur as-Saolibiyning «Yatimat ad-dahr» asarida «Ikkita narsa bor, agar ko‘zlarim ular haqida qon to'kib yig‘laganda, ularga halokatdan xabar qilingan bo‘lardi va ular yashashi kerak bo‘lgan vaqtning o'ndan birini ham ko‘rmagan bo'lardilar», deb yozilgan. Bu parchada ko‘zda tutilgan ikki narsa nima? A) ota va ona B) umrning o‘tib ketishi, o‘lim xabar keltirgan C) yoshlikning o‘tishi, do'stlardan judo bo‘lish D) yaqin do'stlaridan va sevgan yoridan judo bo‘lish 34. Quyidagi topishmoqning javobini toping. Og'izdan chiqquncha meniki, og‘izdan chiqqani elniki. A) so‘z B) ilm C) gap D) til 35. Asli shahrisabzlik bo‘lgan ijodkor «Xamsa»sining birinchi dostonini belgilang. A) «Maxzan ul-asror» B) «Matla’ ul-anvor» C) «Hayrat ul-abror» D) «Tuhfat ul-ahror» 36. «Ikki o‘rim qora sochini boshiga chambarak qilib o‘rib, ustidan tang'ib olgan oppoq durrasi uning bug'doyrang kulcha yuziga shunday yarashib tushar ediki, asti qo'yaverasiz!» ushbu ta’rif qaysi adabiy qahramonga tegishli? A) Kumush B) Zebi C) Ra’no D) Jamila |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling