1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
43
16-variant 1. O‘z va ko‘chma ma’nolarga ega bo'lgan so‘z ... deyiladi. A) mustaqil so'zlar B) atamalar C) ko‘p ma’noli so‘zlar D) bir ma’noli so'zlar 2. Remarkalar qanday tinish belgisi bilan ajratiladi? A) tire B) ikki nuqta C) qo‘shtirnoq D) qavs 3. Berilgan gapdagi fe’llar tarkibida lug‘aviy shakl yasovchi qo'shimchalar necha o'rinda qo‘llangan? Bu yerda tayyorlanayotgan turli-tuman shirin milliy taomlar, qulay shart- sharoitlar va yuqori darajada ko‘rsatilayotgan xizmatimiz sizga so‘zsiz manzur bo‘lishiga ishonchingiz komil bo'lsin. A) 5 B) 6 C) 7 D) 4 4. Berilgan til birliklaridan nechtasi asos morfema holatida ham, so‘z va shakl yasash holatida ham kela oladi? 1) (-) don; 2) (-) xon; 3) (-) soz; 4) (-) xona; 5) (-) in; 6) (-) lab; 7) (-) ov. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 5. Bosh harflarning ishlatilishida xatoga yo‘l qo‘yilgan qatorni toping. A) Toshkent traktor zavodi B) Toshkent Davlat yuridik instituti 6. Qaysi qatordagi ko‘chirma gapli qo'shma gapning ko‘chirma gap qismi ega ergash gapli ergashgan qo‘shma gapdan iborat? A) Suqrot aytadi: «Takabburlik va zulm - ulug'likning ofati, muloyimlik va tavoze esa insonning ziynatidir». B) Odil sud dedi: «Bu savollardan ma’lum bo'ldiki, aybnoma uydirma emas». C) Sofdil vazirlardan biri: «Ey podshohi olam, har kim g‘azabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan o‘tadi deyapti». D) Donolar deydi: «Bilingki, jim turib salomat bo'lish, gapirib malomatga qolishdan afzal». 7. Qaysi gapda yasama ravish bor? A) Shu payt nima uchundir, hamma birdan sharaqlab kulib yubordi. B) Ertaga o‘rtoqlarimga toza maqtanadigan bo‘ldim- da. C) Tinib-tinchimas bu chol umr bo‘yi o‘z loyihalarini, chizmalarini Ma’suma bekaga gapirib keldi, aslida u uning loyiha-yu chizmalariga aslo tushunmasdi. D) Vladimir janoblari Namoz Pirimqul o‘g‘lini qabul qilib olganiga bir hafta bo‘lgan bo‘lsa, ham uni darrov tergovga chaqirmadi. 8. Bo‘lib o'tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot berish qanday matnga xos? A) tavsifiy matn B) ma’lumotnoma matni C) ijodiy matn D) insho matni 9. Quyida berilgan so'zlarning qaysilarida -li, -kor qo'shimchalarini sinonim sifatida qo‘llash mumkin? 1) go‘sht; 2) gunoh; 3) yurak; 4) kuch; 5) jafo. A) 3, 5 В) 1, 3 C) 2, 5 D) 2, 4 10. «g‘o‘nan» bu – ? A) 2 yoshli tuya B) qari urg'ochi ot C) 2 yoshli ot D) 3 yoshli ot 11. Siz o‘z millatingizning ko‘z qarog'larisiz (1) ammo unutmang (2) tanbal (3) daqqi (4) bezori kishi ma’naviy nogiron (5) degan so‘z. Berilgan gapda qaysi o‘rinlarda vergul ishlatilishi kerak? A) 1, 3, 4, 5 B) 2, 2, 3, 4, 5 С) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4 12. Qaysi qatorda tub sifat berilgan? A) Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalmand, rangpar kishi. B) Do‘mbirachi qadimgi qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda. C) Xuddi birov ular shoxiga bir satil qizil bo'yoqni sepib tashlaganday. D) Suv shishadek tiniq. 13. Berilgan sinonimik qatordagi qaysi so‘z hatto o'simliklar qabul qiladigan ovqat ma’nosini ham bildiradi? A) xo‘rak B) yemish C) oziq D) tomoq 14. She’r yozdi. Mazkur gapning kesimi majhul nisbatdagi fe’lga aylantirilganda gapda qanday grammatik o'zgarishlar kuzatiladi? 1) zamon ma’nosi o‘zgaradi; 2) to‘ldiruvchi egaga aylanadi; 3) o'timli fe’l o‘timsiz fe’lga aylanadi; 4) so‘zlovchining fe’ldan anglashilgan harakatga munosabati o‘zgaradi. A) 1, 2, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 4 15. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda ko‘chirma gap tarkibidagi qaysi bo'laklik ekanlik kabi shakllarni olib, o‘z vazifasini o'zgartiradi? A) ega B) to'ldiruvchi C) kesim D) aniqlovchi 16. Quyidagilardan qaysilari publitsistik uslubning yozma shakliga mansub? 1) ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan bosh maqolalar; 2) felyetonlar; 3) pamfletlar; 4) murojaatnomalar; 5) ilmiy xulosalar; 6) deklaratsiyalar; 7) chaqiriqlar. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 6, 7 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4 17. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida ko'chma ma’noli so'zning hosil bo'lishi qaysi gapda uchraydi? A) Nafasi tomog'iga tiqilib, gapirishi qiyinlashdi. B) O’sha qonxo‘rlar meni oidirib ketisha qolsa bo'lmas ekanmi? C) Labing tegsa, hasad qilgum Gilos birlan uzumdan ham. D) Qator-qator o‘tqazilgan yosh va nimjon nihollar 44 endigina yaproq chiqargan edilar. 18. Poyingda shu jannat tufroq Istiqlol, Boshingda bulutsiz samo hurlikdir. Beshigingda chaqnab yotar istiqbol. Mustaqillik tili, dili birlikdir. She’riy parchada ismlar guruhiga kiruvchi yasama so'zlar necha xil so‘z turkumiga oid? A) 3 B) 2 C) 4 D) 1 19. Hokim bo‘lmasam ham, Men aytay sizga. Uzoq yashamoqqa Bor bitta yorliq. Mingga kirmasak ham, Kirardik yuzga, Dunyoda bo‘lmasa dilozorlik. Ushbu she’riy parcha kesimlik ma’nosi bilan shakllangan nechta gapdan tashkil topgan? A) 6 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 4 ta 20. Hozir savolingizgagina javob berishdan ko‘ra, avvalo, jamoamiz bilan birga vaziyatni yaxshilab o‘rganib chiqishni va tegishli xulosaga kelgandan so‘ng sizga xabar berishni ma’qul topdik. Ushbu gap haqidagi qaysi fikr xato? A) gapda 3 ta turlangan fe’l mavjud. B) -gina (yuklama), ko‘ra (vazifadosh ko‘makchi), avvalo (modal so‘z), bilan (sof ko‘makchi), va (bog‘lovchi), so‘ng (vazifadosh ko‘makchi). C) Harakatning to‘la yakunlanganini bildiradigan ko'makchi fe’l qatnashgan. D) yuklama so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklagan. 21. Gaplaringizdan juda shodman, lekin mana bu cho‘pon hamma gapdan, hatto mendan, mening hayotimdan ham xabardor bo‘lgan Qo‘ychibor aka kim bo‘ldi? Berilgan gapda olmoshning qaysi ma’no turlari ishtirok etmagan? A) O’zlik, bo‘lishsizlik, gumon B) Ko‘rsatish, kishilik, belgilash C) O’zlik, so‘roq, bo'lishsizlik D) Kishilik, gumon, so‘roq 22. So‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar shakldosh holda qo'llanmagan javobni belgilang. A) Bilimdon – qalamdon B) Kelinchak – erinchak C) Qizcha – erkakcha D) Barnoxon – kitobxon 23. Moslashuv usuli bilan hosil bo'lgan birikmalar berilgan qatorni toping. A) Choy quti, yoshlar jamg'armasi, paxta hisobi B) Gullar oralab, mamlakat Prezidenti, dil so‘zlari C) Farovonlik haqida kitob, yerni o'lchash, ogohlikka da’vat D) Go‘zal hissiyot, ishlashiga kafolat, ta’til kunlari 24. Qaysi gaplarda sof ko‘makchi qatnashgan? 1) Gap orasida menga qarata: «Sen o‘lgur menga bugundan boshlab ikki tomonlamaf- yaqin bo‘lib qolding», - deb yubordi; 2) Palataga kirib borganim sari meni vahima bosardi; 3) Kasbim sharofati bilan baribir qaysi jumlangiz yolg‘on ekanini gapingiz ohangidan bilib olaman; 4) Ona urug'im haqida boshqa narsani bilmayman, bilganim shuki, onamlar siz kabi bo‘lishni xush ko'radilar. A) 2, 3, 4 B) 2, 3 С) 1, 2, 3 D) 1, 3, 4 25. «Bemor» hikoyasi qahramoni Abdug'aniboy nimalar bilan savdo qilar edi? A) Chigit po‘choq va kunjara B) Paxta va chigit C) Savat va bo‘yra D) Kunjara va kepak 26. «Oltin zanglamas» romanida kim Sodiqqa « ... o‘zingizni qiynab nima qilasiz, siz kuch bergan to'nka endi ko‘karmaydi», - deb aytadi? A) Pushkaryov B) Mavjuda C) Chuxanov D) Saydullayev 27. «Kambag'alman desang, ko‘chib boq» maqoli qaysi asarda kimning tilidan keltirilgan? A) «Zulmat ichra nur» asarida Muhammadali B) «Zulmat ichra nur» asarida G‘iyosiddin C) «Kecha va kunduz» romanida Enaxon D) «Mening o‘g‘rigina bolam» Qorabuvi 28. «Sohibqiron» dramasida kimning otasi Amir Temurga sarboz bo'lib, Dehli jangida shahid ketgan edi? A) yasovul Qosimbekning B) Barlos Bahodirning C) Aloviddinning D) Buqalamunning 29. «Sovuq shamol yemagan» iborasi qaysi qahramonga nisbatan qo'llangan? A) Kuntug'mishga B) Zulxumorga C) Hasanxonga D) Ravshanga 30. O’sha gapni eshitib, tun uxlagim kelmadi, kunduz o'tirgim kelmadi. Ushbu jumla qaysi bitigda qayta-qayta qo‘llanilgan? A) «Bilga xoqon» bitigida B) «To'nyuquq» bitigida C) «Irq bitigi»da D) «Kultegin» bitigida 31. Qaysi asarda xonga nisbatan tangrining soyasi deya ta’rif keltirib o'tilgan? A) «Saddi Iskandariy» dostonida B) «Shajarayi turk» asarida C) «Shayboniynoma» asarida D) «Zarbulmasal» asarida 32. Izlab, qidirib, topib o‘qiladigan asar ... A) «Boburnoma» B) «Abadiyat qonuni» C) «O’tkan kunlar» D) «Navoiy» 33. «Tug'ilgansan ozod, mudom Ozod bo‘lib qol!» Ushbu misralar quyidagi qaysi asarga epigraf qilib olingan? A) «Sohibqiron» B) «Yovvoyi yo‘rg‘a» C) «Nur va soyalar» D) «Ruhlar isyoni» 34. T. Sulaymonning »Iltijo» she’rida sahro so‘zi nimaning obrazi? A) vatangado kimsalarning B) mehrsizlikning C) xasis kishilarning D) yovuzlikning 45 35. «Men tug‘ilgan qishloqning kunbotarida qadim Turkiston shahri, janubida O’tror, Boybaliq xarobalari va Yassi, Suyri qal’alaridan qolgan kultepalar, undan nari Sirdaryo... 1910-yili bug'doy o‘rog‘ida shu qishloqda tug‘ilibman. Otam – dehqon va chorvador, ona tomonidan bobom mulla, maktabdor». Ushbu fikrlar qaysi ijodkor tarjimayi holiga tegishli? A) Odil Yoqubov B) Mirtemir C) Pirimqul Qodirov D) Maqsud Shayxzoda 36. Rudakiy o‘z asarida nimani besh-olti kunlik aziz mehmon deya ta’kidlaydi? A) yoshlikni B) mansabni C) go‘zallikni D) qarilikni Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling