1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
24-variant
1. Vodil qishlog‘ining choyxonasi yo‘l boshidagi ikkita katta keksa chinor soyasida joylashgan. O‘tgan yili qishloq jamoasi choyxonani ta’mirlashdi, obod qilishdi. Bir burchakda katta stol atrofida yoshlar o‘tirib gazeta, jurnal va kitob o‘qishadi, bir burchakda radiodan so‘nggi xabar eshitishadi. Berilgan gaplardagi nechta fe’lda birgalik nisbat qo‘shimchasi yasama fe’lga qo‘shilgan? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 2. Qaysi gapda imloviy xatoga yo‘l qo‘yilgan? A) Dard xurujidan xoli bo'lganida, Mahmudning ko‘ziga qaraboq noxushlik yuz berganini anglarmidi... B) Xayoliga kelgan fikrlarni aytishga hayiqdi. C) Har bir narsani tejash, bugungini ertaga zaxiraga qo'yish - yaxshi fazilat. D) Oqilona narx-navo tayin qilinsa, paxta bilan pillaning o‘ziyoq jumhuriyatni bemalol boqa oladi. 3. Tarmoq lug‘atlarga kiruvchi lug‘atlarni aniqlang. A) qomusiy lug‘atlar, lingvistik lug'atlar B) kasb-hunarga doir lug'atlar, atamalar lug'ati C) Navoiy asarlari lug‘ati, imlo lug‘ati D) lug'atlarning bunday turi mavjud emas. 4. Egasiz gaplarning turi to‘g‘ri sanalgan qatorni toping. A) shaxsi noma’lum, shaxsi ma’lum, atov gap B) shaxsi ma’lum, shaxsi umumlashgan, atov gap C) shaxsi noma’lum, atov gap, so‘z-gap D) shaxsi umumlashgan, shaxsi noma’lum, so‘z-gap 5. Qaysi gapda fe’llarning munosabat shakli bilan omonim bo'la oladigan fe’l yasovchi qo'shimcha ishtirok etgan? A) U kishining yoshlari ancha ulg‘aygan bo‘lsa ham, lekin hali juda tetiklar. B) Xadicha qishloqda bo‘lib o‘tgan hodisalar haqida gapirayotganida, birdan eshik taqilladi. C) Mutal hanuz eshikda garangsirab o‘tirgan cholning yonidan o‘tib, tashqariga chiqdi. D) Shoshmaslik kerak yerda shoshilmadim, shoshilarli ishlarni kechiktirmadim. 6. Asos qismda ifodalangan narsaning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo‘shimcha qatnashgan birliklar qaysi qatorda berilgan? A) kunduz kunlari, deraza oynasi B) Saidiyning hujrasi, yomg'ir tomchilari C) o‘qish kitobi, Mustaqillik bayrami D) Orol dengizi, kitob varag'i 7. Fe’ldan anglashilgan harakat-holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o‘rtasidagi munosabatning ifodalanishiga ko‘ra farqlanuvchi fe’llar berilgan javobni belgilang. A) o‘rtoqlashdi, xo'rsindi, yalindi B) uchirdi, ko‘rsatsa, qaytardi C) kiyindi, o‘ksinding, ko'rindim 65 D) bezandi, tasvirlandi, yo'qotdi 8. Sariq rang ozodlikka va kuch-quvvatga intilish, saxovat, ochiqlik, faollik, shuningdek, hayotga umidvorlik ramzidir. Ushbu gapda yasalish asosi yasama sifatga mansub bo‘lgan otlar sonini aniqlang. A) 1 B) 3 C) 4 D) 2 9. Quyidagi berilgan qo'shimchalardan qaysilari ham fonetik, ham morfologik yozuv asosida yoziladi? 1) jo'nalish kelishigi qo‘shimchasi; 2) o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi; 3) orttirma nisbat qo‘shimchasi; 4) ayrim fe’l yasovchi qo‘shimchalar; 5) jamlovchi son yasovchi qo'shimchalar; 6) egalik qo'shimchalari. A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 2, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4 10. Qaysi javobdagi juftlik o‘zaro ma’nodosh bo‘la olmaydi? A) ko‘lanka-soya B) norg'ul-gavdali C) kalovlanmoq-talmovsiramoq D) tanti-erka 11. Qaysi gapda -lar qo‘shimchasi sof ko'plikni bildirgan? A) Bu hayot chashmasi qoshiga bizlar kabi juda ko‘p kishilar keldilar, tiriklik nash’asiga g‘arq bo'lib, o‘ltirdilar, so‘ng bir-bir abadiy yo'qlik sari ketdilar. B) Boburning yoniga Hofiz Ko'ykiylar tashrif buyurdilar. C) U ko‘p vaqtini ko'zdan yiroq, xilvat va toqi ravoqda tanho o'tkazar, ahyon-ahyon, hushi kelgan chogiaridagina Yusufiyni chaqirib chog‘ir buyurar edi. D) Meni Sohibqiron «Yetti iqlimning shamsi anvari», «Shahanshohi olam» deb ko‘klarga ko'taradilar, deya hasratli tovush bilan so‘zlardi Bobur. 12. Sog‘lom va zehnli bo‘lib ulg'aygan bola hayotda qiynalmaydi. Berilgan gap tarkibidagi tovush o'zgarishi bo‘lgan so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? 1) ega; 2) hol; 3) to'ldiruvchi; 4) kesim; 5) aniqlovchi. A) 1, 5 B) 3, 4, 5 C) 2, 4 D) 4, 5 13. Vohada islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Ushbu gapda jarangli va jarangsiz til undoshlaridan iborat sodda yasama so‘zlar soni nechta? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta 14. Alisher Navoiyning ummon qadar bepoyon ijodidan hamma o‘z iste’dodiga yarasha bahramand bo‘lishi mumkin. Ushbu gap haqida to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) 2 ta sof ko‘makchi ishtirok etgan B) kesimi yasama so‘z bilan ifodalangan ot kesimli sodda gap C) kesimi yasama so‘z bilan ifodalangan fe’l kesimli sodda gap D) egasi ma’lum sodda gap 15. Qaysi javobda ayiruv bog’lovchili bog'langan qo'shma gap berilgan? A) Yigirmadan ortiq sarbozlar shay turar, go‘yo xizmat qilayotgandek harakat qilar edilar. B) Goh u keladi, goh men xabar olaman. C) Ammo tili bilan dilimizga nish urdi. D) Jaloliddin faqat bahodir shahzoda emas, qalbi olijanobliklarga to‘la inson. 16. Tarkibida ergashtiruvchi bog‘lovchi qo‘llangan murakkab qo'shma gap berilgan javobni aniqlang. A) Bu holda mazkur so'zlar adabiy ilmlarni anglatadi, ya’ni til va adabiyot bilan bog‘liq ilmlarni izohlaydi. B) Til o‘z vazifasini bajarmasa, qo‘l ishga tushadi, ya’ni insoniy munosabat o'rnini hayvoniy xatti-harakat egallaydi. C) Tilning bilish borasidagi harakati oddiy bilim bilan cheklanmaydi, ma’rifatni, ya’ni bilishning eng oddiy martabasini ham o‘z ichiga oladi. D) O’sha davrlarda adabiyot tarixi darsi xronologik va tematik xarakterga ega emas edi, ya’ni adabiyot tarixi dars sifatida o‘tilmasdi. 17. Berilgan gaplardagi olmoshlar yozilishida qanday fonetik o'zgarishlar sodir bo'lgan? 1) Meniki va seniki shu aziz tuproq, ko‘z qorachig'iday asraylik, o'rtoq! 2) Mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon.(Uyg‘un) 3) Shundaylar bo‘lmasa agar dunyoda, bunchalar muhtaram bo‘lmasdi ayol.(Abdulla Oripov) 4) Otasi seni ko‘rmadi, chog'i. 5) Sen qancha kitob olgan bo'lsang, men ham o‘shancha miqdorda olib keldim. A) 1, 2, 4 - tovush tushishi, 3, 5 - tovush ortishi B) 1, 3, 4 - tovush tushishi, 2, 5 - tovush ortishi C) 1, 2, 5 - tovush tushishi, 3, 4 - tovush ortishi D) 1, 2, 3 - tovush tushishi, 4, 5 - tovush ortishi 18. Uslubiy betaraf yuklamalar berilgan qatorni toping. A) -mi,-chi,-ku,-oq-(-yoq) B) na...na, -gina, ham C) -a(-ya),- chi,-ku, faqat D) -mi,-chi,-da,-dir,-u (- yu) 19. Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan bo‘lak ishtirok etgan? A) Bu kampir Toshkentda ishlaydigan o‘g‘linikida bir oy turib, yana qishloqqa, boshqa bolalari, nevaralari huzuriga ketayotgan ekan. B) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning, ayol va erkaklarning, qorasi ko‘rindi. C) Zarqishloq ko‘chalarida, adir va qirlarida, serdaraxt bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi. D) Mana, hamma narsani tayyorlab ham qo'ydik, ammo o‘zlaridan hanuz darak yo‘q. 20. Sifat so‘z turkumi otlashmasa, qaysi gap bo‘lagi vazifalarini bajaradi? A) sifatlovchi aniqlovchi, ot-kesim, ravish holi B) sifatlovchi aniqlovchi, ravish holi, qaratqich aniqlovchi 66 C) faqat sifatlovchi aniqlovchi D) sifatlovchi aniqlovchi, ot-kesim, to‘ldiruvchi 21. Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. Qush goh pastlab, goh ko'tarilib uchadi. A) o‘zlik va majhul nisbatdagi fe’llar qatnashgan B) ayiruv bog‘lovchisi uyushiq kesimlarni bog'lab kelgan C) uyushiq hol qatnashgan D) uyushiq kesim ishtirok etgan 22. Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan Tarqalar bir ma’yus va g‘amgin sazo, Qo‘yningda bir quchoq oq va nafis gul, Lekin ruhing to‘la motam va azo. Ushbu she’riy parcha haqida berilgan nechta javob to‘g‘ri? 1) gapda 5 ta kesim, 4 ta ega qatnashgan; 2) asosi shakldoshlik xususiyatiga ega 6 ta so‘z qatnashgan; 3) bir so‘zning ma’nodoshi kukunsimon mahsulot nomi bilan shakldosh bo‘la oladi; 4) gapning markazi hisoblangan bo'laklardan biri tovush o‘zgarishiga uchragan; 5) uyushiq bo'laklarning yopiq bo‘g‘ini tarkibida 5 o‘rinda jarangli,6 o'rinda jarangsiz undosh qatnashgan. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 23. Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan, Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan, Qachon belni mahkam tortib bog'lagaysan? Aytgil, do‘stim. Nima qildik Vatan uchun? Ushbu she’riy parchada gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turlari ishtirok etgan? 1) darak gap; 2) so‘roq gap; 3) buyruq gap; .4) istak gap; 5) qo‘shma gap. A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5 24. Quyidagi gapda otli so‘z birikmalarining soni nechta? Muzaffarning lo'ppi yuzidagi tushkunlik alomati xushnud tabassum bilan almashdi. A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 7 ta 25. «Men ketgan so‘ng uydan chiqib o'tirma, Do‘st yig‘latib, dushmanimni kuydirma» so‘zlari qaysi doston qahramonga tegishli? A) Sultonxon, «Rustamxon» B) Hasanxon, «Ravshan» C) Boybo'ri, «Alpomish» D) Kuntug‘mish, «Kuntug‘mish» 26. Tug‘ilishidan avval «...o‘g‘il bo'lsa qo‘lqanot bo'lsin, qiz bo‘lsa do‘st bo‘lsin»deb niyat qilingan xalq dostoni qahramonlari nomi qaysi bandda berilgan? A) Tohir va Zuhra B) Xolbeka va Xolmo‘min C) Ravshan va Zulxumor D) Oshiq G‘arib va Shohsanam 27. G'azallarda uning portreti berilmaydi, kechinmalari, holati ham deyarli ifodalanmaydi. Bu qaysi timsol? A) oshiq B) ma’shuqa C) raqib D) may 28. « ... Farhod shahzodalikdin ishq gadosi bo‘lishni afzal bilib, o‘z ma’shuqasining orzusini ro'yobga chiqarmoq uchun sangi xoroni kesib, daryo to‘sib, sahroni obod etish uchun mehnat va mashaqqatg‘a giriftor bo'ldi ...» Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) Z.M. Bobur, «Boburnoma» B) Alisher Navoiy, «Farhod va Shirin» C) Anbar Otin, «Risoiayi falsafayi siyohon» D) Gulxaniy, «Zarbulmasal» 29. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» .Navoiyning «Saddi Iskandariy» asarlari haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri? A) ikkisi ham masnaviy yo‘li bilan bitilgan B) ikkisi ham faulun-faulun- faulun-faul vaznida bitilgan C) ikkisi ham aruzning ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida bitilgan D) ikkisi ham shohlar haqidagi asar bo‘lib,birinchisi «Shohnomayi turkiy» nomi bilan ham mashhur didaktik doston 30. Bag'ir: forsiy - siyna, arabchada - adr ... Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan? A) Yo‘ldosh Eshbek «Ona duosi» B) Halima Ahmedova «O’g‘limga darsliklar» C) G‘afur G‘ulom «Alisher» D) Zebo Mirzo «Vatan» 31. Ba’zisi do‘st,kelar qoshimga, Ba’zilari dushmandan battar,- Misralar muallifini aniqlang. A) Sh. Rahmon B) H. Hayne C) A.S. Pushkin D) A. Oripov 32. «Sening o‘rningga it boqsak bo'lmasmidi. Yelkamda ko'tarib katta qilganman. Og'irimni yengil qilarsan deb o'ylagan edim. Oq sut bergan onangni go‘rga qo‘yishga yaramading! Yurt ishiga yaramagan bola, qay ishga yaraydi!» so'zlari kimga tegishli? A) Sharofat xola «Chinor» B) Zebi xola «Ufq» C) Ikromjon «Ufq» D) Ochil buva «Chinor» 33. «Sharq adabiyotining vallamatlaridan biri, butun Osiyoni aql-idroki bilan tebratgan» deb ta’riflangan ijodkor kim? A) Otoyi B) Xo‘ja Ahmad Yassaviy C) Amir Temur D) Imom Buxoriy 34. «... baland bo‘yli, yuzini chuqur ajinlar tilkalagan, ko‘r ko‘zi yumuq, ichiga cho'kkan, qora, cho'tir odam edi», deb ta’riflangan qahramon kim? A) Ikromjon, «Ufq» B) Bektemir aka, «Chinor» C) Bahromov, “To‘qqizinchi palata” D) Nizomjon, «Ufq» 35. Yerdagi ayolga oshiq bo‘lgani uchun xudo g'azabiga uchragan kim? 67 A) Sulaymon B) Xorut C) Zikriyo D) Yusuf 36. Qaysi asarda kuzak shamolining vahimasi aks ettirilgan? A) «Bahor qaytmaydi» qissasida B) «Dahshat» hikoyasida C) «Me’mor» romanida D) «Mehrobdan chayon» romanida Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling