1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

30-variant 
1. Men o'zimdan oldin o‘tganlarning xizmatlarini 
mamnuniyat bilan uqib oldim va ularning nuqsonlarini 
tuzatishga kirishdim.
Ushbu gapda kesimga bevosita va bilvosita bog'langan 
bo‘laklar soni nechta? 
A) 3 ta bevosita va 5 ta bilvosita 
B) 4 ta bevosita va 4 ta bilvosita 
C) 5 ta bevosita va 4 ta bilvosita 
D) 3 ta bevosita va 4 ta bilvosita
2. Chiziqcha bilan yozish haqidagi quyidagi 
qoidalardan qaysi biri xato? 
A) So‘zning -ta, ba-yordamida birlashgan qismlari 
chiziqcha bilan yoziladi. 
B) Tartib sonni ko'rsatuvchi rim raqamlaridan keyin 
chiziqcha qo‘yilmaydi. 
C) Yetakchi va ko'makchi fe’l bir xil shaklda bo'lsa, 
chiziqcha bilan yoziladi. 
D) Juft so'zdan qo'shimcha yordamida yasalgan so'zlar 
chiziqchasiz yoziladi. 
3. Qaysi qatordagi barcha birikmalar to'g'ri yozilgan? 
A) Yevropa Ittifoqi Kengashi, Davlat test markazi, 
«O'zbekiston Qahramoni» unvoni 
B) Mustaqillik kuni, «Malika» firmasi, O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
C) Ko'kdumaloq kompressor stansiyasi, «Sog'lom 
Avlod Uchun» ordeni, «Amudaryo» jurnali
D) Mudofaa Vazirligi, Navro'z bayrami, «Oltin 
Yulduz» medali 
4. Berilgan fe’llarning nechtasi orttirma nisbatda?
Bitirmoq, aytmoq, tomchilamoq, to'ydirmoq, 
chaqirmoq, tushuntirmoq, anglamoq, yotqizmoq, 
asramoq, o'tkazmoq.
A) 6 tasi
B) 5 tasi 
C) 3 tasi
D) 4 tasi
5. Anovi vaqillayotgan qurbaqa, huv narigi yoqda 
hurayotgan it, shamolda shildirayotgan qamish 
yaproqlari. O'tloqdagi chirillayotgan olov, chaylaga 
to'shalgan o't-o'lanlarning shirin, yoqimli, toza isi bilan 
aralash-quralash bo'lib ketgandekman.
Berilgan gaplardan sifatdosh yasovchi qo'shimcha 
necha o'rinda yasama fe’llarga qo'shilgan? 
A) 1 o'rinda
B) 2 o'rinda 
C) 3 o'rinda 
D) 4 o'rinda
6. Qaysi gapda egalar shakldoshlik xususiyatiga ega 
bo'lgan so'zlar bilan ifodalangan? 
A) Daraxt shoxlari yoz faslida sarg'aysa, kuz erta 
keladi. 
B) Og'iz va tilning bezagi to'g'ri so'zdir, to'g'ri so'z-la 
tilingni beza. 
C) Qorong'i kechada otilgan mushak ham go'zal, 
quyoshga qarab turgan gul ham go'zal. 
D) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam.
7. Berilgan so'zlarning qaysi birida urg‘u birinchi 
bo‘g‘inga tushadi?


82 
1) barcha; 2) texnika; 3) direksiya; 4) kimdir; 5) kitob.
A) 1, 2, 3
В) 1, 2, 4 
C) 2, 3, 4
D) 1, 3, 5
8. Yaxshi tarbiya ko'rgan odam ... xislatlari ... biri 
shuki, bunday odam o‘z faoliyati ... boshqalar ... bir 
qadam oldin ... o‘tsa, darrov orqaga qaraydi, sheriklari 
... yordam qo‘li ... uzatadi, safi ... kengaytirib, yangi 
g'alaba ... ko'zlaydi.
Ushbu parchada nechta o‘rinda jo‘nalish kelishigi 
qo‘llanadi? 
A) 4 ta
В) 1 ta
C) 2 ta
D) 3 ta
9. Qaysi qatordagi barcha sifatlar nisbiy sifatlar 
hisoblanadi?
A) Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari ko‘p 
bo'lgan o‘rmon yastanib yotar edi. 
B) Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalmand, 
rangpar kishi edi. 
C) Baqqol amaki o‘zi pakana- yu, lekin yuzi katta, 
peshonasi keng, iyagi kalta odam. 
D) O’ymakor gullari bilinmaydigan darajada o‘chgan, 
qo‘sh tabaqali eski eshikka kiramiz. 
10. Quyidagi gapda sodda yasama so'zlar tarkibida 
jarangsiz undosh bilan tugagan yopiq bo‘g‘in nechta? 
Bolalikdan boshlangan do‘stlik insonning keyingi 
ulg'aygan va kamolga erishgan davrida orttirgan 
barcha do‘stlari orasida alohida ahamiyatga ega. 
A) 4
B) 2 
C) 5 
D) 3
11. Merosxo‘rlik faqat mulk
Yoki boylik uchunmas. 
Bu bobolar, momolar
Qabrini tinch saqlashdir.
Ota tuzini oqlash,
Ona sutin oqlashdir.
Berilgan parchada otlar tarkibidagi munosabat 
shakllari necha o'rinda belgisiz qo‘llangan?
A) 6 o‘rinda B) 4 o‘rinda C) 3 o'rinda D) 2 o‘rinda
12. Bog‘dagi chiroyli gullarning tarovati kishini behad 
xushnud etadi.
Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud va ularning 
nechtasi bitishuvli birikma? 
A) 6 ta; 2 tasi bitishuv 
B) 4 ta; 2 tasi 
bitishuv 
C) 5 ta; 3 tasi bitishuv 
D) 5 ta; 2 tasi 
bitishuv
13. Har qanday til o'zining nutq tovushlari, so‘zlari 
(iboralari) va qo‘shimchalaridagi imkoniyatlarni qaysi 
bo‘limda namoyon qiladi? 
A) sintaksis 
B) frazeologiya 
C) morfologiya 
D) uslubshunoslik
14. Kiritma qatnashgan gapni toping. 
A) Bobom - oyimning otasi - juda xushfe’l, vazmin 
kishi edi. 
B) Mana ko‘m-ko‘k dala. Dam olishga chiqqan 
yoshlarning qiyqiriq ovozlari eshitilib turibdi. 
C) Aravani quruq olib qochmang, oyim qiz! 
D) Kunduzi bo‘lsa, o‘zingizdan o‘tar gap yo‘q, 
xunukroq ko'rinadi.
15. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalardan 
qaysilari ergash gap tarkibida bo'ladi? 
1) -ki yuklamasi; 2) deb so‘zi; 3) ko'makchili qurilma; 
4) shart mayli shaklidagi fe’l; 5) sabab ergashtiruvchi 
bog'lovchilari; 6) nisbiy so'zlar tarkibidagi so‘roq 
olmoshi; 7) nisbiy so'zlar tarkibidagi ko‘rsatish 
olmoshi.
A) 1, 3, 7 
B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 6 D) 2, 4, 5, 7
16. Bosh so‘z tarkibida ikkita nisbat qo‘shimchasi 
bo'lgan so‘z birikmasini belgilang.
A) ustalik bilan kiritgan 
B) tez o'qittirgan 
C) o‘zgacha yaibtilgan 
D) ko‘rsatilgan 
film 
17. Ko‘kni qoplab olgan sanoqsiz yulduzlar qozonga 
yopishgan uchqunlar kabi yiltirab turibdi. 
Ushbu gapda necha o'rinda so‘z yasovchi 
qo‘shimchalar qo‘llangan? 
A) 3
B) 4 
C) 5 
D) 6
18. Qaysi gapda faqat ko'makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi 
berilgan? 
A) yaxshi bo‘lmoq, parvarish qilmoq, o‘qib bermoq 
B) e’tiroz bildirmoq, charaqlab ketmoq, ravshan 
bo‘lmoq 
C) yaraqlab ketmoq, oshib qolmoq, yig‘ishtirib olmoq 
D) qadam tashlamoq, joy solmoq, olib kelmoq 
19. To‘g‘ri hukmni belgilang. 
A) qo'shma olmoshlar ham qo'shib, ham ajratib, ham 
chiziqcha bilan yoziladi. 
B) jamlovchi son hosil qiluvchi qo‘shimchalar barcha 
sonlarga qo'shila oladi. 
C) undalmalar asosan bosh, tushum, jo'nalish 
kelishigidagi so'zlar bilan ifodalanadi. 
D) ajratilgan bo'lak ichida uyushiq bo'laklar bo'lishi 
mumkin
20. Qaysi gapda qo'llangan hisob so‘z shakldoshlik 
xususiyatiga ega emas? 
A) Ijozat bersangiz, bu xususida men ham bir-ikki 
og‘iz gap aytsam. 
B) Dasturxonda to'rtta kulcha bilan bir qism jiyda bor 
edi. 
C) U issiqqina choyga ikki chaqmoq qand tashladi. 
D) Yigit daladan qaytishida bir bog’ beda o‘rib keldi.
21. Boshida tashvishi bo'lishiga qaramay, bolani 
erkalashga, tarbiyalashga vaqt topdi. Berilgan gapda 
fe’lning vazifa shakllari nechta?
A) Harakat nomi – 2 ta, sifatdosh – 1 ta, ravishdosh – 
1 ta 
B) Harakat nomi – 3 ta, sof fe’l shakli – 1 ta, 
ravishdosh – 1 ta 
C) Harakat nomi – 3 ta, ravishdosh – 2 ta 
D) Harakat nomi – 2 ta, ravishdosh – 2 ta 
22. Qaysi gapda mavhum ot to‘ldiruvchi vazifasida 


83 
kelgan? 
A) Hasad - yurakning zanglashi, qaysarlik mag'lubiyat 
sababchisidir. 
B) Oyog‘ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, 
tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi.
C) Yalqovlik muhtojlik eshigidir. 
D) Hayo qalbning haqiqiy ko'zgusidir.
23. Voy-bo‘ deb yubordi u Yerimiz muncha chiroyli 
Globussning o‘zginasiya (N. Fozilov) 
Berilgan gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini 
tiklang. 
A) undov, tire, nuqta, tire, undov, undov 
B) undov, tire, nuqta, tire, undov, nuqta 
C) vergul, tire, undov, tire, undov, nuqta 
D) vergul, tire, nuqta, tire, undov, undov
24. Qaysi javobdagi so'zlar o‘zaro bir umumiy 
ma’noga ega emas? 
A) gavdali, barvasta, norg‘ul 
B) adolat, haqqoniylik, to‘g‘rilik 
C) tanti, erka, bema’ni 
D) gangimoq, kalovlanmoq, talmovsiramoq
25. «Puryoyvaliy (yoki Puryoyi Valiy) xorazimlik 
Pahlavon Mahmudning laqabidir. Bunda kurash 
ilmidan mahorat qozongan keksa pahlavon, zo'rxona 
pahlavonlarning boshlig‘i nazarda tutiladi. Zero, qaysi 
bir kurashchi zo‘rxonaga kirmoqchi bo‘lsa, dastlab 
Puryoyvaliyning qadamiga (oyog‘iga) bosh qo'yadi. 
Shu jihatdan puryoyvaliy so‘zi majozan aziz va 
mukarram ma’nosini ham bildiradi». Ushbu parcha 
qaysi asardan olingan? 
A) «Qomus ul-a’lam»dan 
B) «G‘iyos ul-lug‘at»dan 
C) «Otashkadayi Ozariy»dan D) «Majolis u!-
ushoq»dan
26. 1) «Qutadg'u bilig«; 2) «Mahbub ul-qulub»; 3) 
«Maxzan ul-asror»; 4) «Gulshan ul-asror»; 5) «Hayrat 
ul-abror». She’riy didaktik asarlarni belgilang. 
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 4, 5 
C) 1, 4, 5 
D) 2, 3, 4
27. «... o‘zi ajab bir xushtahrir odam! Yozishini 
ko‘ring: suvday ravon! Hamma uqadi, hamma 
anglaydi »? Ushbu ta’rifda quyidagilardan qaysi biri 
tilga olingan?
A) Mulla Rivojiddin
B) Mirzo Anvar 
C) Mulla Rajabbek 
D) Mirzo Hamdamboy
28. Oh-nola chekish tasavvufiy adabiyotda nimaga 
ishora hisoblanadi? 
A) dunyo sirlariga 
B) nafsga 
C) haqqa yetishganlikka D) ishqning komil bo‘lganiga 
29. «Ko'nglingdagi ko'rkam o‘y og'zingdan chiqqach 
xiralanadi» so'zlari qaysi asardan olingan? 
A) Alisher Navoiy, «Mahbub ul-qulub». 
B) Abay, «Nasihatlar». 
C) Ahmad Yugnakiy, «Hibatul-haqoyiq». 
D) Saolibiy, «Yatimat ad-dahr». 
30. Tengri xonin ochuq iiqlilii qilib, 
Xalqdin ro'ziy istagan gumroh.
Uyladurkim tengiz qirog‘inda,
Ro‘za ochmoqqa kimsa qozg‘oy choh. 
Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu she’r janrini 
aniqlang. 
A) g‘azal
B) qit’a 
C) ruboiy
D) tuyuq 
31. Sharqda hajv, g‘azal, vasf, marsiyalar keyinchalik 
qaysi janrdan ajralib chiqqan? 
A) qasida 
B) qit’a C) muxammas D) tarjibband
32. «Alpomish» dostonida Alpomish « ... Men 
sachratib borsam minib bir tulpor, O’zima yor, bobo, 
senga xizmatkor...» deb kimga aytgan?
A) Boysariga
B) Shohimardon pirga 
C) Boybo'riga
D) Qultoyga
33. Maqol, matal, topishmoq o‘zbek folklorining qaysi 
turiga mansub? 
A) dramatik tur B) maxsus tur C) epik tur D) lirik tur
34. 14 misraning har biri «Qaysi...» so’zi bilan 
boshlanuvchi, ya’ni alliteratsiya san’ati yetakchilik 
qiluvchi g‘azal muallifi kim? 
A) Maxmur B) Munis 
C) Amiriy 
D) Xorazmiy 
35. «Bugun buni yo’qota bersak, ertaga uni yo’qota 
bersak… podadan nima farqimiz qoladi?». Ushbu 
fikrlar qaysi adabiy qahramonning o‘ylari? 
A) Edigey Bo‘ron 
B) Ziyodulla kal 
C) Bo‘ri polvon 
D) Davronbek
36. Usmon Nosirning: «Sen ey, sen - o‘ynoqi dilbar, 
Zafardan izla yoringni» misralarida kimga yoki 
nimaga murojaat qilinadi?
A) Ko‘zga 
B) Sevimli yorga 
C) Yurakka 
D) Tengdoshlariga


84 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling