1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
29-variant
1. Har bir farzand ona nasihatlarini jon qulog‘i bilan eshitishi, to‘g‘ri yo‘lga targ‘ib etsa, qarshilik qilmasligi, ota yoki onadan birortasi ish buyurganda shu buyurilgan ishda xatolik borligini bilsa ham yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi, kulib turib, bu ishda xatolik borligini yumshoqlik bilan isbot qilib, ularni ko‘ndirishi lozim. Qaysi hukm xato? A) orttirma nisbat shaklidagi so‘z murakkab fe’l kesim vazifasida kelgan. B) fe’lning vazifa shakli ishtirok etgan sodda yasama so‘z tarkibida_4 ta morfema bor. C) 1 ta ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ishtirok etgan. D) sifatdosh shaklidagi fe’l gapda hoi vazifasida kelgan. 2. Zid ma’noli qo‘shimchalar ishtirok etgan qaysi gap tarkibida vositali to‘ldiruvchi omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan so‘z bilan ifodalangan? A) Bolali uy - bozor, bolasiz uy - mozor. B) Sabrli odam uzoq yashaydi, sabrsiz odam esa o‘z boshiga falokat keltiradi. C) Aqlsiz do'stdan aqlli dushman afzal. D) Mevasiz shox osmonga tirmashur, mevali shox yerga engashur. 3. Undov so'zlar haqida berilgan noto‘g‘ri fikrni aniqlang. A) His-hayajon undovlarining o‘zi gap bo'lib kela olmaydi, faqat gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin. B) Buyruq-xitob undovlari jonivorlarni haydash, chaqirish, to‘xtatish uchun qo'llanish bilan birga kishilar diqqatini tortish maqsadida ham ishlatiladi. C) Undovlar g‘azab, norozilik, nafrat kabi ma’nolarni ifodalashi mumkin. D) Undalmalardan oldin kelgan undov so‘zlardan keyin vergul qo‘yilmaydi. 4. -dosh affiksi qanday otlardan shaxs oti yasamaydi? A) ayrim payt otlaridan B) ushbularning barchasidan shaxs oti yasaladi. C) o‘rin-joy otidan D) narsa otidan 5. Taqlidlar tuzilishiga ko‘ra necha xil? A) 3 xil B) 4 xil C) turi yo‘q D) 2 xil 6. Qaysi gapda son nol ko'rsatkichga ega kelishik shaklidagi so'zga tobelangan? A) Globusda bo'lgan har kichik nuqta, Millionlab qondoshga vatan, albatta. B) Choy Rossiyaga dastlab Mongoliyadan 1633-yilda dori sifatida yuborilgan. C) Yetimlik nimadir, bizlardan so‘ra, 0‘ninchi yillarning sargardonligi. D) Ikki soatlar eshakda yurib, tog‘dan tog‘ga o‘tib 79 andak toliqqan edim. 7. Masturaning sevgisi, chidami, hijron dog'lari uning o'ziday pok, chiroyli, samimiy, ehtimol, shuning uchundir, Mashrab vafosizlik to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qisa, yo erkaklar og‘zidan xotin-qizlar haqida shaloq gaplar eshitsa, esiga hamisha Mastura tushadi- yu, butun vujudi isyon ko‘taradi, bunday gaplarning bir jiitusiga ishonmaydi. Ushbu gapda fe’l kesimga bilvosita bog'langan shaxs otlarining sintaktik vazifasini aniqlang. A) aniqlovchi B) ega va to'ldiruvchi C) to‘ldiruvchi D) to‘ldiruvchi va aniqlovchi 8. Suhbatdoshlarning gapi javobsiz qoldirilganda yozuvda qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A) qavs ichida undov belgisi B) so‘roq va ko‘p nuqta C) ko‘p nuqta D) so‘roq va undov belgisi 9. Humoyun hamma dardini aytib ko'nglini bo‘shatsin uchun Xonzoda begim uning so‘zini bo'lmay toqat bilan jim tingladi. Ushbu berilgan gap tarkibidagi ismlarning munosabat shakli miqdorini aniqlang. A) 7 B) 8 C) 5 D) 6 10. Ilm qog‘ozga chizish va yozish bilan emas, balki uqmoq va o'qimoq bilandir. Berilgan gapdagi fe’l turkumiga oid so‘zlar gapda qanday sintaktik vazifani bajargan? A) Kesim B) Ega C) To‘ldiruvchi D) Hol 11. Shuni unutmaginki, g‘alvirda suv turmas. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang. A) bog'lovchisiz qo'shma gap, sodda gaplar ohang yordamida bog‘langan B) bog‘langan qo'shma gap, sodda gaplar yuklama yordamida bog‘langan C) to'ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap, ergash gap bosh gapga ko‘rsatish olmoshi vositasida bog'langan D) to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap, ergash gap bosh gapga yuklama yordamida bog‘langan 12. Tanklar, zambaraklar ag‘anab yotibdi. Bir jangchining peshonasi bog‘langan, bir jangchining esa yelkasidan qon oqmoqda. (Shuhrat) Ushbu gapda zamon qo'shimchalaridagi ko‘chish hodisasini izohlang. A) o‘tgan zamon shakli orqali kelasi zamon ma’nosi ifodalangan B) ushbu gapdagi zamon qo'shimchalarida ko‘chish yo‘q C) o‘tgan zamon shakli orqali hozirgi zamon ma’nosi ifodalangan D) hozirgi zamon shakli orqali o‘tgan zamon ma’nosi ifodalangan 13. Karim bir talay lolalarga qarab turib qoldi. Birdan hozirgi quvonch o‘rnini hayrat egalladi. Og‘izlarida bir nimalarni olib yugurayotgan chumolilarga ancha tikilib qoldi. Keyin lip etib turdi-yu, nariroqda lolalardan guldasta qilayotgan Nodirani chaqirdi. Ushbu matnda ravish so‘z turkumiga mansub nechta so‘z qatnashgan? A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta 14. Insonning aziz-u mukarram qilib yaratilgani ayon haqiqat va uning murakkab, tushunarsiz mavjudot ekanligi ham sir emas. Yuqoridagi qo'shma gap turini aniqlang. A) Bog'langan qo‘shma gap B) Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap C) Ega ergash gapli qo'shma gap D) Bog'lovchisiz qo'shma gap 15. Qaysi qatordagi gap tarkibida fonetik o'zgarishga uchragan so'zlar mavjud? A) Eng maqbul fazilat - Vatanga va odamzodga ko'rsatilgan xizmatdir. B) Kimki o'z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi. C) Vatanga bo'lgan muhabbatim meni ajnabiylar yutug'idan ko'z yumishga majbur qilmaydi. D) Saxovatning eng buyuk jasurliklari Vatanga bo'lgan muhabbat tufayli vujudga keladi. 16. Berilgan she’rda tarkibida faqat jarangli til undosh(lar)i va unli tovush(lar) qatnashgan so'zlar qanday sintaktik vazifa bajargan? Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan. Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan, Yur, o'g'lonim, yurtni ko'tarish uchun. A) ega, kesim, undalma B) ega, kesim C) to'ldiruvchi, kesim D) kesim 17. So'z qo'llash bilan bog'liq xato mavjud bo'lgan gapni toping. A) Alibobo otning abzalini to‘g‘irlab, safarni davom ettirdi. B) Laziz yoqilg‘i to‘la bochkalarni birin-ketin dumalatib ayvon tagiga olib keldi. C) Tog‘da don topolmay och qolgan kakliklar gala- galasi bilan daraga yopirilib tushgan. D) Daryo bilan yondosh chaylaning atrofini sayyohlar egallab olishgan. 18. Navoiy asarlari lug’atidan keltirilgan «bosh uchurmak» fe’liga ma’nodosh bo‘la oladigan javobni belgilang. A) bosh olib chiqmoq B) bosh tortmoq C) bosh ura kirishmoq D) bosh tushirmoq 19. Qaysi gapda kesimni aniqlab kelgan ajratilgan aniqlovchi mavjud? A) Zavodlarda yigitlar - ilg‘or - Po‘lat quyib hayot quradi. 80 B) Endi odamlar - otliq, piyoda, yosh, qari – Ketayotirlar maydon sari. C) Bulutchalar - oppoq va yengil – Pag‘a-pag‘a suzar osmonda. D) So‘zi e’tiborli, ahdi vafoli, ajoyib bir xalqsan - Topilmas tengi. 20. javohir, hazil-mazah, hajr, xafsala, xayron, hay’at. Ushbu so'zlardan nechtasida imloviy xatolik mavjud? A) 6 tasida B) 4 tasida C) 3 tasida D) 5 tasida 21. Berilgan so'zlar orasidan yasama so'zlarni ajrating. 1) ixtirochi; 2) guidon; 3) suhbatlashmoq; 4) ixtiro; 5) tinim; 6) qisqich; 7) to‘g‘ri; 8) tinmoq; 9) qisilmoq; 10) tindirmoq. A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 1, 3, 4, 7, 9 C) 1, 2, 5, 7 D) 1, 3, 5, 9 22. Frazaviy urg‘u vositali to‘ldiruvchiga qaratilgan gap qaysi javobda berilgan? A) Kimga sovg‘a qilmoqchisiz? - dedim. - Onamga, tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilmoqchi edim. B) Xudoyo, tavba qildim, bu qanday kun? Yo qudratingdan, bu qanday odam? C) Nega uni otdami, aravadami eltib qo‘ymadi? D) Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi? 23. Qaysi gapda ravishlar miqdori eng ko‘p emas? A) Mehmonga qittay ham qolmaganini sezib darrov turdi. B) Keksa otasining qaddin dol etib, ketib borar edi farzand shu zamon. C) U birpasda hammayoqni tozaladi. D) Oldin kirib, o‘sha yerda shartta ko‘chiraman. 24. Unli va undosh tovushlar haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? 1) Unli tovushlar faqat un (ovoz) dan hosil bo‘ladi; 2) Undosh tovushlar hosil bo'lishida o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramasdan o‘tadi; 3) Unlilarni cho'zib talaffuz qilish mumkin; 4) Undoshlarni ham cho‘zib talaffuz qilish mumkin; 5) Undoshlar talaffuzida tovush paychalari, albatta, titraydi; 6) Undoshlar talaffuzida tovush paychalari titrashi ham, titramasligi ham mumkin. A) 2, 3, 4 B) 2, 4, 5 С) 1, 2, 3 D) 1, 5, 6 25. Muhammad Rizo Ogahiy qaysi g‘azalida yorning bo‘yi bilan yuzidek yaxlit go'zallikni tabiatdan topa olmay, bog‘dorchilikdagi «payvand» usulidan foydalanadi? A) «Sallamno» radifli g‘azalida B) «Aylansun» radifli g'azalida C) «Navro'z» radifli g'azalida D) «Ustina» radifli g'azalida 26. Shermuhammad Munis hayotiga oid ma’lumot berilgan javobni aniqlang. A) Kutilmaganda otdan yiqilib, oyog'i lang boiib qoladi va keyinchalik miroblik vazifasidan iste’fo beradi. B) Xiva xoni tomonidan saroyga farmonnavis kotib qilib tayinlangan. C) «Tanbur chizig‘i» deb nom olgan notalar tizimini kashf qilgan. D) Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib toshbosmaxona tashkil qiladi. 27. Tabiiy, sodda va samimiy tilda yozishi bilan Zahiriddin Muhammad an’analarini davom ettirgan adib kim? A) Muhammad Solih B) Abulg‘ozi Bahodirxon C) So‘fi Olloyor D) Gulxaniy 28. Asqad Muxtorning «Hafta» sherida haftaning qaysi kuni «Biz odamning do'stimiz» deb aytgan? A) Dushanba B) Payshanba C) Juma D) Yakshanba 29. Quyidagi misralar qaysi asardan olingan? Men suyumli edim, sen meni suyumliroq qilding. Go‘zal edim, sen meni go'zalroq qilding. Dilbar edim, sen meni dilbarroq qilding. Baland poygohli edim, sen meni yana ham baland poygohli qilding. A) «Yatimat ud-dahr» B) «Bilga xoqon» C) «Avesto» D) «Kultegin» 30. ... tovush chiqarmasa ham, u uxlagani qo'ymaydi. Ushbu maqoldagi tushib qolgan so'zni toping. A) og‘riq B) qarz C) yorug‘lik D) vijdon 31. Xorazmiy quyidagi misralarini qaysi hukmdorga bag‘ishlagan? Agar desam seni Rustam, yararsen, Qiliching birla saflarni yorarsen, Agar madhing bitisa ko‘k dabiri, Tuganmas ming yil ichra mingda biri. A) Muhammad Xo‘jabekka B) Amir Temurga C) Shohrux Mirzoga D) Abulqosim Boburga 32. «Mani aslim erur olamg‘a ravshan, Tavallud manzilimdir Istravshan» misralari bilan boshlanadigan masnaviy muallifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) Uvaysiy B) Anbar Otin C) Dilshodi Barno D) Nodira 33. 1) Pahlavon Mahmud masnaviylari bilan mashhurdir; 2) Pahlavon Mahmud «Pahlavon» unvoni bilan mashhur bo'lishiga sabab jismoniy jihatdan baquvvatligi, sharqona kurashning katta vakili bo‘lganidir; 3) Mahmudning pahlavonligi Eron va Hindistonda ham mashhur bo'lgan; 4) Pahlavon Mahmudning bir qancha ruboiylari uning qabri ustiga o‘rnatilgan maqbara devorlari, peshtoqlariga badiiy 81 naqsh sifatida tushirilgan; 5) Pahlavon Mahmudning ruboiylarini Ulfat (Imomiddin Qosimov), Boqir (Omonulla Valixonov), Muinzoda, Shoislom Shomuhamedov, To‘xtasin Jalolov, Jamol Kamol, Vasfiy, Matnazar Adbulhakim, Ergash Ochilovlar tarjima qilishgan. Ushbu hukmlardan qaysilari noto‘g‘ri? A) 2, 4 В) 1, 3, 5 С) 1, 5 D) 1 34. ... baxt qushining qo‘shig‘idan ko‘nglimning tub- tubigacha to‘lqinlanib ketdim. Shundan buyon men har yili bahor bilan moviy qushimni - baxt qushimni kutadigan bo‘ldim. Ushbu parcha kimning tarjimayi holidan keltirilgan? A) Ernest Seton-Tompson B) Hans Kristian Andersen C) Mirtemir D) Ozod Sharafiddinov 35. Fransuz siyosiy hayotining o‘ziga xos yilnomasi sifatida e’tirof etilgan «Fransuz ishlari» asari muallifini aniqlang. A) Haynrix Hayne B) Antuan de Sent-Ekzyuperi C) Ernest Seton-Tompson D) Vilyam Shekspir 36. Qaysi qatorda ertak boshlanmasi to‘g‘ri sanalgan? 1) «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podshoh (yoki cho‘pon) bo'lgan ekan»; 2) «Ertagiyo ertagi, echkilar bo‘rtagi...»; 3) «Qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y berib, oshlarini oshab, yoshlarini yashab...»; 4) «Sizga bog‘ bo'lsin, bizga hayot»; 5) «Shu bilan Ayoz podshoh bo'lib, o‘zining donoligidan xalqni odillik bilan so‘rab, mamlakatda adolat o'rnatgan ekan». A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 5 C) barcha qatorlarda D) 1, 2 Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling