1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
25-variant
1. Birdan tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi // yuragim gursillagancha o‘rnimdan turib ketaman. Ushbu bog'lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasidagi // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi? A) tire B) nuqtali vergul C) ikki nuqta D) vergul 2. Shovulladi tun bo‘yi shamol, Qaldirq’ochlar ko'chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: «Yana keldi, do'stginam, bahor». (A. Oripov) Ushbu parchada ismlarning lug'aviy shakllari necha marta qatnashgan? A) 2 B) 4 C) 3 D) 1 3. O’zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlashni o'rniga qo‘yadi, boshqalarga ham e’tirof ettiradi. Ushbu gapda qo'llangan aniqlovchi(lar) necha o‘rinda aniqlovchiga nisbatan tobe bo'lak vazifasini bajargan? A) 2 o‘rinda B) 4 o‘rinda C) 1 o’rinda D) 3 o‘rinda 4. O’zbek tilida lab undoshlarining nechtasi jarangli sirg'aluvchi undosh sanaladi? A) bittasi B) uchtasi C) to‘rttasi D) ikkitasi 5. Berilgan gaplarning birida sifat bilan shakldoshlik qila oladigan so‘zni o‘ziga tobelantirib kelgan bo‘lak qaysi bo‘lakka tobelanib kelganini aniqlang. 1) Odamlarimizning huquqiy ongi yuksak bo‘lsa, har kim o‘zini o‘zi himoya qilishni bilsa, demokratik jamiyatga erishgan bo'lamiz; 2) Oltin o‘tda bilinadi, odam - mehnatda; 3) Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir: quyosh lovullab qizdiradi-yu, atrof uylar bilan o‘ralgani uchun, qilt etgan shabada yurmaydi; 4) Beda orasi juda issiq, go'yo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. A) egaga B) kesimga C) aniqlovchiga D) holga 6. Ot va fe’l so‘z turkumi doirasida to‘rt o‘rinda omonim bo‘la oladigan so‘zni toping. A) yoz B) bot C) sol D) chek 7. Qaysi gapda qaratqich kelishigini belgili qo'llash maqsadga muvofiq? A) Maktab bog'ida o‘tgan yili ekilgan ko‘chatlar bo‘y cho‘zib qolgan edi. B) Insoniyat tarixi o‘zligimizni anglatadigan, bizning olis shajaramizni va insoniy qadr- qimmatimizni belgilaydigan muqaddas va mo‘tabar voqelikdir. C) Buyuk mutafakkir har bir asari o‘quvchini doimo chuqur o‘yga toldiradi. D) Hovlini tutgan non hidiga bir zum mast bo‘lib qoldi, olis yoshlik yillari esiga tushib, entikib ketdi. 8. Tilning qaysi birliklari fikrni shakllantirishga xizmat qiladi? A) ohang, tovush, so‘z, so‘z birikmasi va gaplar 68 B) so‘z birikmalar va gaplar C) faqat gaplar D) so'zlar, qo'shimchalar va ularda mujassamlashgan ma’nolar 9. Otning o'zgaruvchan belgisini bildiruvchi otlashgan so‘z... A) o‘ylamog‘ining B) kulmog‘ining C) kulishlaringni D) gapirganlarga 10. Qaysi javobda tarkibidagi qaralmish kesimga tobelangan egasi noma’lum gap berilgan? A) Ilmni mehnatsiz egallab bo‘lmaydi. B) Bu yerda serjant Akbarovning hushyorligiga tan berish kerak. C) Har qanday so‘zni o‘ylab gapirish kerak. D) Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. 11. Qaysi qatorda undov so‘zlarga xos xususiyat noto‘g‘ri berilgan? A) undov so‘zlar otlashganda gapda ma’lum vazifada qo‘llanishi mumkin B) undov so‘zlar gap bilan grammatik jihatdan bog'lanishi mumkin C) undov so‘zlar o‘zi undov gap bo‘lib kelishi mumkin D) gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin 12. Juftlashganda ikkinchi o‘rinda qo‘llanadigan so‘zlarni aj rating. 1) buzoq; 2) ulov; 3) ishq; 4) xabar; 5) salom; 6) metin; 7) faryod. A) 1, 2, 3, 6, 7 B) 5, 6, 7 C) 1, 2, 4, 6, 7 D) 4, 5 13. 1) Samovarda osh yedik; 2) Navoiyni kechadan beri ko‘tarib yuribman; 3) «Rossiyaoga qanday borsam bo‘ladi? 4) Bulutlar orasidan quyosh kulib qaraydi. Ushbu gaplarda ma’no ko‘chishining qaysi ko'rinishi bor? A) 1, 2, 3-metonimiya; 4-metafora B) barchasi metonimiya C) 1, 4-metafora; 2, 3-metonimiya D) 1-sinekdoxa; 2, 3-metonimiya; 4-metafora 14. Qaysi gapda «taqdirda» so‘zi ko‘makchi vazifasida? A) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. B) Malikaning taqdirida devga tegish bo’lsa, demak, tegadi. C) Taqdirda nelar bor, bizga qorong‘u. D) Qayerga qochmang, taqdirda borini ko‘rasiz. 15. Qaysi gapda belgisiz qaratqich kelishigi shaklida kelgan bir so‘z moslashuvli birikmalarda ham tobe qism, ham hokim qism vazifasini bajargan? A) Jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlarda so‘zlashish odobiga qat’iy rioya qilishlari zarurligi ta’kidlanadi. B) Kasbning eng yaxshisi kishining o‘z qo‘li bilan bajarilgan ishi va halol savodi. C) Tilimizning tovlanib turishida shoir uchun ne-ne bitmas-tuganmas xazinalar bor. D) Ilm va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. 16. ... Agar shungacha ham sabring yetmasa boshqa chorasi topilar Ra’no masalan ayangni Toshkentga chaqirarmiz yoki biroz eskitgandan so‘ng Qo‘qonga o‘zimiz ham kelsak bo‘ladi. Ushbu parchada necha o‘rinda vergul tushib qolgan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 17. Berilgan gaplarning qaysi birida ot turkumiga oid so‘z ajratilgan izohlovchi vazifasida kelgan? A) Mendan tashqari hamma majlisda qatnashdi. B) Do‘stimni, ya’ni Jasurni ko‘rgani bordim. C) O’g‘lim, qo‘zichog‘im. orom olib uxlayapti. D) Bizning, o'quvchi yoshlarning, niyatlarimiz juda ko‘p. 18. Qaysi lahjada jo'nalish kelishigi qo‘shimchasi –a shaklida qo‘llanadi? A) qipchoq B) qarluq C) shahar shevalarida D) o‘g‘uz 19. Ibora qatnashgan gapni toping. A) U ko'zlarini katta-katta ochib qaradi B) Hoji xola ko‘zi ilinib, endi xurrak ota boshlagan edi. C) Shirin xayollarga berilib, bir zum ko‘zini yumdi. D) Tilshunoslikning «morfologiya», bo'limiga katta hissa qo'shgan olim edi. 20. O’zbekchilik qanday samimiy, jafokash so‘z. Tong qorong‘usida turib ko'cha supurayotgan kelinchakning supurgisi shu so‘zni qo‘shiq qilib aytayotganday, paxtazordan paxta to‘la qop orqalab chiqayotgan yigitning qoraygan, ajinli yuzlaridan oqib lablariga tushgan terda «o'zbekchilik» deyilgan so‘zning ta’mi bor. Gapda ismlar soni... A) 30 ta B) 27 ta C) 25 ta D) 29 ta 21. To‘g‘ri hukmni aniqlang. 1) hokim so‘z tobe so‘zni aniqlab, to‘ldirib, izohlab keladi; 2) kelishik, egalik, shaxs-son qo‘shimchalari hamda ko‘makchilar, ohang ham so‘z birikmalari tarkibida so‘zlarni bir- biriga bog‘lashga xizmat qiladi; 3) so‘z birikmasida har bir so‘z ma’no mustaqilligini, alohida- alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi; 4) so‘z qo'shilmasi ikki va undan ortiq so'zdan iborat bo‘lishiga qaramay bir tushunchani ifodalaydi; 5) gapning fikriy mundarijasi fe’l kesimning zamon va shaxs- son ma’nolari bilan bog‘liq bo‘ladi; 6) undov gap so‘roq gapdan hosil bo'lgan bo‘lsa, oldin undov, keyin so‘roq belgisi qo'yiladi; 7) ega bilan kesimni bog'lashga xizmat qiluvchi so'zlarga bog'lama deyiladi; 8) murakkab kesim kengaygan birikma va iboralar bilan ifodalanishi mumkin. A) 1, 3, 4, 6, 7 B) 7, 8 69 C) 2, 5, 6, 8 D) barcha javoblar to‘g‘ri. 22. Fe’lning -siz va -san qo‘shimchalariga qachon -lar ko‘plik qo'shimchasi qo'shilishi mumkin? A) hurmatni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati tug‘ilganda B) hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati tug‘ilganda C) tasdiqning kuchli ta’kidini ifodalash zaruriyati tug'ilganda D) hurmat va hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati tug‘ilganda 23. Qaysi qatordagi gapda kelishiklar bilan bog'liq xatoliklar mavjud? A) Jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlarda so‘zlashish odobiga qat’iy rioya qilishlari zarurligi ta’kidlanadi. B) Xalqimizning bu asl farzandlari, eng birinchi navbatda, g‘arazgo‘y, toshbag'ir, qora yurak hamkasblarining qurboni bo‘ldilar. C) Tarixni barcha bosqichlarida ular dunyoga o‘zini borligini goh mardlik, jasorat bilan, goh tadbir-u oqilalik bilan, goh she’riyat bilan bildirib, tanitib, tan oldirib kelganlar. D) Yoshlarni bekor, behuda qo‘ymaslik, ishlarini so‘rab-surishtirib turish shart. 24. Ey odam farzandlari (1) men sizlarning amallaringizni hisoblab borib (2) qiyomat kunida ajrini tamom berurman (3) bas (4) har kim yaxshi amal qilgan bo'lsa (5) Xudoga hamd aytsin (6) lekin agar yomon amal qilib borgan bo‘lsa (7) unda o‘zini malomat qilaversin. Ushbu gapda vergul qo‘yilishi kerak bo‘lgan o‘rinlarni aniqlang. A) 1, 2, 4, 5, 6, 7 B) 2, 3, 5, 6, 7 C) 3, 4, 5, 6, 7 D) yuqoridagi o'rinlarning barchasida vergul tinish belgisi qo‘llaniladi. 25. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida tili yolg'on, qilmishi jafo bo‘lgan kishi nimaga o‘xshatilgan? A) itga B) yilqiga C) ilonga D) qurbaqaga 26. Po‘lat nayza qor ostida yotarmi, Temir nayzang egovlasang otarmi, Sening to'rang nomardlardan emasdir, Mard o‘g‘lon sevgilin tashlab ketarmi? Yuqoridagi so'zlar qaysi qahramon tilidan aytilgan? A) Kuntug'mish, «Kuntug'mish» B) Rustamxon, «Rustamxon» C) Ravshan, «Ravshan» D) Alpomish, «Alpomish» 27. Berilganlardan qaysilari Xojaning kichik hajmli hikoyalar to'plamlari hisoblanadi? 1) «Maqsad ul-atvor»; 2) «Miftoh ul-adl»; 3) «Gulzor»; 4) «Mahbub ul-qulub». A) 2, 3, 4 B) 2, 3 С) 1, 2, 3 D) 1, 2, 4 28. “Tang tangri kalti, tang tangri o‘zi kalti. Turinglar qam.., beklar, qadashlar. Tang tangrig‘a og‘alim”. Mazkur publitsistik fikrlar muallifi kim? A) Yo‘llug‘ tegin B) Kul Tegin C) Aprinchur Tegin D) Yusuf Xos Hojib 29. Ezopning iBurgut, zag'cha va cho‘pon» masaliga tegishli xulosa qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) «Behuda chiranish belni chiqaradi». B) «Birni ko'rib shukur qil, birni ko'rib fikr qil». C) «Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma». D) «Yangi do‘stni ko'rganda eskisini unutma». 30. “O’tkan kunlar” romanida To'ybeka Otabekka ta’rif berganida Oftoboyim nima uchun bu to‘g‘rida so‘z ochmagan? A) shunchaki e’tibor bermagani uchun B) Qiziga uni teng emas deb o'ylagani uchun. C) To'ybekaning bu gaplarini hazil deb o'ylagani uchun D) «bachcha-machchadir» deb o‘ylagani uchun 31. «Otello» tragediyasida ro‘y bergan fojia oqibatlari xabarini Venetsiyaga yetkazishni kim o‘z bo'yniga oladi? A) Montano B) Gratsiona C) Lodoviko D) Brabansio 32. «Sab’ayi sayyor» dostonida ham kuchli, ham botir, ham qo‘rqmas deb ta’riflangan, changalzor ichra sherga o‘xshatilgan qahramon kim? A) Navdar B) Nu’mon C) Jobir D) Suhayl 33. «Analhaq deb Mansur senga osildi. Assalomu alaykum, dorning og'ochi», - degan nola kimga tegishli? A) Xolbeka B) Barchin C) Alpomish D) Kuntug'mish 34. Bu faqirg‘a xudoyi taolo inoyat qilib ko‘b nimarsa bergan turur. Xususan, uch hunar bergan turur. Avval, sipohiylikning qonuni va yo‘sini Ikkinchi, masnaviyyot va qasoyid va g‘azaliyot va muqattaot va ruboiyot va barcha ash’orni fahmlamaklik, arabiy va forsiy va turkiy lug‘atlarning ma’nosini bilmaklik. Uchinchi, Odam ahdindin to bu damgacha Arabistonda, Eron va Turonda va Mo‘g‘ulistonda o'tgan podshohlarning otlari va umurlarning va saltanatlarining kam va ziyodin bilmaklik. Mazkur parcha qaysi ijodkorga tegishli? A) Zahiriddin Muhammad Bobur B) Abulg‘ozi Bahodirxon C) Alisher Navoiy D) Husayn Boyqaro 35. Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. Mashrabning ushbu baytida qanday badiiy san’atlar qo‘llanilgan? A) tarse, tazod, tashbeh, tardi aks B) mubolag'a, takrir, tadrij, tashbeh C) mubolag‘a, tashbeh, tashxis, iyhom 70 D) istiora, tazod, takrir, tardi aks 36. Qaysi adib, mutaxassislarning aytishlaricha, o'zbeklar orasidan birinchi bo'lib, 1908-yildayoq sahna asari yaratgan, shuningdek, uning bir qancha kuylarni notaga solgani, birinchilardan bo‘lib roman va opera yozgani ma’lumdir? A) Fitrat B) Behbudiy C) Hamza D) Avloniy Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling