1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
26-variant
1. Onalar oyog‘i ostidadir Ravzayi jannat-u jinon bog‘i, Ravza bog‘i visoli istar ersang, Bo‘l onaning oyog'in tuprog'i. Ushbu gapda sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha qo'shilishi natijasida so'zning asosida o'zgarish bo‘lgan so‘zlar soni nechta? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 2. Undov so'zlarning qo‘llanish darajasi qaysi uslubda cheklangan? 1) so'zlashuv; 2) badiiy; 3) publitsistik; 4) rasmiy; 5) ilmiy. A) 3, 4, 5 В) 1, 2, 3, 5 C) 4, 5 D) 1, 3, 4 3. Qaysi gapda son ega vazifasida kelgan? A) Bolalar davrani ikki aylandi, qo‘l berib ko‘rishishdi. B) Oqibat ikkovi-da baravar yiqildi. C) Birinchi badiiy asarim - «To‘rt maktub» hikoyasi edi. D) To‘tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o‘z qishlog'i Kafqonga olib ketdi. 4. – Domlasining javob bergani aniqmi? – Aniq. – Endi uyga qaytar ekanmi? – Ha. – Qachon qaytar ekan? – Ertaga. Berilgan to‘liqsiz gaplarda qaysi gap bo'laklari tushirilgan? A) aniqlovchi, to'ldiruvchi, payt holi, o‘rin holi, kesim B) aniqlovchi, ega, payt holi, o‘rin holi, kesim C) ega, payt holi, o‘rin holi, kesim D) aniqlovchi, ega, kesim 5. Qaysi gapda kesimni aniqlab kelgan ajratilgan aniqlovchi mavjud? A) Zavodlarda yigitlar - ilg‘or - Po'lat quyib hayot quradi. B) Endi odamlar - otliq, piyoda, yosh, qari – Ketayotirlar maydon sari. C) Bulutchalar - oppoq va yengil – Pag‘a-pag‘a suzar osmonda. D) So‘zi e’tiborli, ahdi vafoli, ajoyib bir xalqsan - Topilmas tengi. 6. Qaysi qatordagi son otlashmagan? A) Bir tup kessang, o‘n tup ek. B) Yetti o‘lchab, bir kes. C) Biri ichkariga kirib ketdi, ikkinchisi ko'chada kutib turdi. D) Ikki soatlar eshakda yurib, tog‘dan tog'ga o‘tib andak toliqqan edim. 7. Berilgan qaysi so‘zlar tarkibida ikkita qo'shimcha mavjud? 1) o‘chirg‘ich; 2) o'lchagich; 3) to‘plam; 4) tirikchilik; 5) terlamoq; 6) shodlanmoq; 7) tasdiqlanmoq; 8) bunday. 71 A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 3, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 8. San’atga baxsh umrning so‘ngsiz mo‘jizasi bor, U dunyoni tark etsa, undan dunyo qoladi. Inson umri sarhadli, qo'shiq umri poyindor, Navosiz yuraklardan oimas navo qoladi. Ushbu gapda nechta ko'makchi morfema mavjud va ulardan nechtasi so‘z yasovchi va shakl yasovchi o‘i tasida omonimlik hosil qiladi? A) 15 ta ko'makchi morfema mavjud va 6 tasi omonim B) 17 ta ko'makchi morfema mavjud va 5 tasi omonim C) 17 ta ko'makchi morfema mavjud va 4 tasi omonim D) 19 ta ko'makchi morfema mavjud va 9 tasi omonim 9. Ruboiyni ichida o'qidi// yuzini tabassum qopladi. Ushbu bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi? A) tire B) ikki nuqta C) vergul D) nuqtali vergul 10. Qaysi gapda metonimiya va sinekdoxa usulida ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) Qaro ko'zim, kel-u mardumlig' emdi fan qilg'il... B) Cho'loqning bundan xabari bormi? C) Kechagi futbol musobaqasida O'zbekiston birinchilikni oldi. D) Auditoriya birlashishi uchun unga bir bosh kerak edi. 11. Undalmalar qaysi. uslublarda qo'llanganda, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional- ekspressivlik bo'yog'iga ega bo‘ladi? A) so'zlashuv B) badiiy va publitsistik, ilmiy C) rasmiy, badiiy va publitsistik D) so‘zlashuv badiiy va publitsistik 12. Ko'ngildan ko'ra yoqa kir kunlar edi. Yarimta nonga hani shodlanardik. Berilgan gaplar tarkibida qaysi turkumlariga oid so‘zlar mavjud? A) ot, ko'makchi, sifat, fe’l B) ot, ko'makchi, sifat, fe’l, son C) ot, ko'makchi, sifat, fe’l, yuklama D) ot, ko'makchi, sifat, fe’l, yuklama, son 13. Berilgan gaplardagi yasama fe’llar qaysi so'z turkumlaridan hosil bo'lgan? tuzlamoq, dodlamoq, yangilainoq, tezlamoq, voyvoylamoq, yaxshilamoq, varaqlamoq, to'g'rilamoq, sekinlamoq, qishlamoq. A) otdan 3 ta, sifatdan 3 ta, ravishdan 2 ta, taqlid so'zdan 2 ta B) otdan 3 ta, sifatdan 3 ta, ravishdan 2 ta, undov so'zdan 2 ta C) otdan 2 ta, sifatdan 3 ta, ravishdan 3 ta, undov so'zdan 2 ta D) otdan 3 ta, sifatdan 2 ta, ’•avishdan 2 ta, undov so'zdan 3 ta 14. O'qishlar har xil bo'ladi: birov ermak uchun, birov hordiq chiqarish uchun, birov o'qiyotgai kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, birov bo'lak mashg'ulot bo'lmaganidan vaqt o'tkazish uchun, birov asardagi voqeaga, qahramonning taqdiriga qiziqib o'qiydi. Ushbu gap... A) ergashgan qo'shma gap B) bog'langan qo'shma gap C) aralash murakkab qo'shma gap D) bog'lovchisiz qo'shma gap 15. ganj va ganch paronim so'zlari tarkibidagi fonemalar qaysi jihatiga ko'ra farqlanadi? A) usuliga ko'ra B) o'rniga ko'ra C) ovozning ishtirokiga ko'ra D) farqlanmaydi 16. Qaysi gap tarkibida munosabat shakli bilan omonim bo'la oladigan sifat yasovchi qo'shimcha qatnashgan? A) Bag'rim yoniq, yuzim qora, ko'nglim siniq, bo'yim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim. B) Ko'rar ko'zim ko'rmayotganday, bilar aqlim bilmayotganday bo'ldi, jonim azobda qoldi. C) Kechki sayrdan qaytgan bolalar tezda uxlab qoldilar. D) Salimjon korxona xodimlarining e’tiborsizliklari tufayli yuzaga kelgan qator jiddiy muammolar haqida gapirdi. 17. Hech kimdan kam emassan, kam bo'lmagaysan, Yerda qolsang, oftob bo'lib kulmagaysan, Qachon belni mahkam tortib bog'lagaysan? Aytgil, do'stim. Nima qildik Vatan uchun? Ushbu she’riy parchada gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turlari ishtirok etgan? 1) darak gap; 2) so‘roq gap; 3) buyruq gap; 4) istak gap; 5) qo‘shma gap. A) 1, 2, 3 В) 1, 2, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5 18. Tovushga taqlidni bildiruvchi taqlid so‘z qaysi gapda mavjud? A) Namoz g‘azabi oshib, dag‘- dag‘ qaltiray boshladi. B) Endi, ehtimol, dir-dir qaltiragan bolalar yuk ko'tarishga yaramas edi. C) Boshidagi toj yal-yal yonarmish. D) Namiqqan shuvoqlar oldin to'xtab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi. 19. Nodirjon jahli chiqib, qo'lini siltab eshikni yopib olishi bilan hech nimani anglamay qolgan Abdulla ajablanib so‘radi: «Unga nima bunchalik ta’sir qildi, shaharga borib keldimi o‘zi?» Ushbu gapda nechta ko'makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan? A) 3 ta B) 4 ta С) 1 ta D) 2 ta 20. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma’nosini ifodalovchi tilimizda yangi paydo bo'lgan so‘zni toping. A) strategiya B) diversifikatsiya 72 C) investitsiya D) modernizatsiya 21. Bolalik-hayotning asil pallasi, undan ko'proq bahramand bo‘lishga intiling, chunki asaldan keyin turli achchiqliklarga duch kelasiz. Berilgan gap haqidagi qaysi fikrlar to‘g‘ri? 1) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap; 2) uslubiy jihatdan xato qo'llangan so‘z mavjud; 3) ergash gap tarkibida 2 ta to‘ldiruvchili, 1 ta aniqlovchili birikma mavjud; 4) ko‘chma ma’noda ishlatilgan palla so'zining lug‘aviy ma’nosi: teng ikkiga bo‘lingan qismlardan biri; 5) 2 ta yasama, 1 ta tub fe’l mavjud; 6) sodda fe’l tarkibidagi qo‘shimchalar shakldoshlik xususiyatiga ega; 7) gapda 1 ta ravish qatnashgan. A) 1, 2, 5, 6 B) 3, 4, 5, 6 C) 3, 4, 7 D) 2, 5, 6, 7 22. Yazifadosh modal so‘zlar qaysi qatorda berilgan? A) balki, chamasi, shubhasiz B) attang, albatta, balki C) afsuski, taxminan, attang D) chamasi, darhaqiqat, avvalo 23. Bobur Mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulug‘bek davridagi kabi birlashsa, poytaxt asliga qaytsa, hamma viloyatlar hamjihat-u obod bo‘lsa. Ushbu gap ... A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli murakkab qo'shma gap C) aralash murakkab qo'shma gap D) bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap 24. Quyidagi gapda sifat yasovchi qo'shimcha necha o‘rinda ishtirok etgan? Bekning bilimli, zakovatli, mulohazakor bo'lishi taqozo etiladi. Ochiq yuzli bo'lish - bekning yaxshi fazilatlaridan biri. A) 4 B) 6 C) 3 D) 5 25. Qaysi qatorda «Muntaxab ul-lug‘at» asarining muallifi berilgan? A) Alisher Navoiy B) Fitrat C) Mahmud Qoshg‘ariy D) Muhammad Xoksor 26. «Xalq ertak va afsonalari asosida yaratilavermaydi. Bu voqealarni shoirning o‘zi o‘ylab topishi, ya’ni hali xalq og‘zaki ijodi yoki yozma adabiyotda ma’lum bo'lmagan mutlaqo yangi asar yaratishi ham mumkin. Bu janr ba’zan she’riy ertaklar deb ham ataladi». Ushbu xususiyat qaysi janrga tegishli? A) ertak B) doston C) ertak-doston D) afsona 27. Bisotidagi narsalarni pullab bir dollar jamg‘argan va doktor Rossning «Kanada qushlari» kitobini sotib olgan bo'lajak yozuvchi nomini toping. A) Haynrix Hayne B) Nodar Dumbadze C) Ernest Seton-Tompson D) Musa Jalil 28. Yoshlarga «chug‘urchuqlar» deb murojaat qiluvchi, shang‘illab butun hovlini boshiga ko‘taradigan qahramon kim? A) Sarsonboy ota, «Qiyomat qarz». B) Hoji buvi, «Dunyoning ishlari». C) Fayzi dasturxonchi, «Do‘nan». D) Zebi xola, «Dunyoning ishlari». 29. Maxmur haqida ma’lumot keltirilgan javobni toping. A) O’zi tug‘ilib o‘sgan qishloq haqida hajviy she’ri mavjud. B) Ayollar qismatiga bag‘ishlangan «Qarolar falsafasi» asarining muallifi. C) Xorazmning sug'orilish tarixiga oid «Arnalar» degan risola bitgan. D) Birinchi bosmaxona uning nomi bilan bog‘liq. 30. 1) Pahlavon Mahmud masnaviylari bilan mashhurdir; 2) Pahlavon Mahmud «Pahlavon» unvoni bilan mashhur bo‘lishiga sabab jismoniy jihatdan baquvvatligi, sharqona kurashning katta vakili bo'lganidir; 3) Mahmudning pahlavonligi Eron va Hindistonda ham mashhur bo‘lgan; 4) Pahlavon Mahmudning bir qancha ruboiylari uning qabri ustiga o'rnatilgan maqbara devorlari, peshtoqlariga badiiy naqsh sifatida tushirilgan; 5) Pahlavon Mahmudning ruboiylarini Ulfat (Imomiddin Qosimov), Boqir (Omonulla Valixonov), Muinzoda, Shoislom Shomuhamedov, To‘xtasin Jalolov, Jamol Kamol, Vasfiy, Matnazar Adbulhakim, Ergash Ochilovlar tarjima qilishgan. Ushbu hukmlardan qaysilari noto‘g‘ri? A) 2, 4 В) 1, 3, 5 С) 1, 5 D) 1 31. A. Navoiy «Mahbub ul- qulub» asarida nimaga nisbatan «Issiq-sovuqda jonga orom beruvchi, achchiq-chuchukdan ko'ngilni ogohlantiruvchi» deya ta’rif beradi? A) so‘z B) hilm C) saxovat D) safar 32. XII-XIII asrlarda yaratilgan asarlarni aniqlang. 1) «Devoni hikmat»; 2) «Devonu lug'otit turk»; 3) «Qissasi Rabg‘uziy»; 4) «Muhabbatnoma»; 5) «Qutadg'u bilig»; 6) «Hibatul haqoyiq»; 7) «Me’rojnoma»; 8) «Yusuf va Zulayho»; 9) «O’g‘uznoma»; 10) «Muqaddimat-ul adab». A) 4, 7, 8, 9, 10 B) 1, 2, 3, 4, 8 C) 6, 7, 8, 9, 10 D) 1, 2, 5, 6, 10 33. Usmon Nosirning «Nil va Rim» she’rida tilga olingan Ro, Azirisa, Tifon qanday nomlar? A) qadimgi Rim adabiyoti qahramonlarining nomi B) qadimgi yunon lashkarboshilarining nomi C) qadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi D) quldorlik davri Misr hukmdorlarining nomi 34. «Alpomish» dostonida biylar to‘ydan izza bo‘lgach, chupronga qancha tilla tashlab chiqib ketadi? A) 80 tilla B) 70 tilla C) 60 tilla D) 90 tilla 35. Navoiy kimni she’riyatda to‘g‘ri, oddiy ifoda 73 yo'sinidan foydalangani uchun «turkona aytur edi» deb ta’riflaydi? A) Sakkokiyni B) Lutfiyni C) Gadoiyni D) Atoiyni 36. «Ravshan» dostonida Qoraxonning taqdiri nima bo‘ladi? A) o‘ldiriladi B) o'zini o‘zi o‘ldiradi C) qochib ketadi D) taslim bo‘ladi Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling