1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
23-variant
1. Berilgan gaplarning qaysilarida ajratilgan bo‘lak ishtirok etgan? 1) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning, ayol va erkaklarning, qorasi ko‘rindi; 2) Zorqishloq ko‘chalarida, adir va qirlarida, serdaraxt bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi; 3) Manzura dasturxon yozib mezbonni, ukasini, yana o‘n daqiqa kutdi; 4) Mana, hozir ham Akromning yolg‘iz unga, Sayyoraga, tanish bo‘lgan bo'lakcha bir samimiyat. to‘la xatini o‘qiyotganda tomog'iga bir nima kelib tiqildi. A) 1, 3, 4 В) 1, 2, 3 С) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4 2. Quyida berilgan gapdagi ajratib ko'rsatilgan so‘z ma’nosi qaysi usulda ko‘chgan? Tumanlik qo'ynida jimgina mudragan tonglar, ilk sovuq og‘ushida junjikkan seryulduz oqshomlar boshlandi. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 3. Qaysi gaplarda bir turdagi ravishlar qatnashgan? 1) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho‘kiz uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti; 2) Bular piyoda asta-sekin o'rdaga bordilar; 3) Bu voqea xuddi kechagina bo'lgandek, ammo darrov uch yil o'tibdi; 4) Kun kech bo'ldi, ertaga erta bilan yo'lga chiqamiz. A) 1, 3, 4 В) 1, 4 С) 1, 2, 3 D) 1, 2 4. Qaysi qatorda «qo'rqmoq» so'ziga ma’nodosh bo'lgan ibora qatnashgan gap berilgan? A) Unga yetib olganimda, vujudimni sevinch qoplagan, kutilmagan uchrashuvdan boshim osmonga yetgan edi. B) Issiqning va yog‘liq ovqatlarning damini kesish uchun hech kim piyoladan, choynakdan qo‘l uzmas edi. C) Ba’zan dovon oshishingga ko'zing yetmay, yuraging orqangga tortib ketadi. D) Zokir o‘z bo‘yniga olgan tashvishining naqadar qiyinligini endi sezdi. 5. Qaysi so'zlarda ikki xil keng unli yonma-yon keladi? 1) zo...magazin; 2) mu...llif; 3) ta...mil; 4) mu...vin; 5) ge...log; 6) d....ira; 7) sho...r; 8) ma...sh. A) 3, 8 В) 1, 2, 5 C) 2, 5, 8 D) 1, 3, 4 6. Tarkibida sof modal so‘z ishtirok etgan gapni toping. A) Ota-onam, avvalo, shu ishni boshlashdan ilgari men bilan maslahatlashishadi. B) Aftidan, G‘ulomjon bu g‘alvalarni ataylab boshlagan. C) Onajonim, balki bir kun Men ham shoir bo'larman. D) Men, shubhasiz, bu haqda do'stimga xabar beraman. 7. Yetakchi qismi qo'shma fe’l bilan ifodalangan ko‘makchi fe’lli so‘z qo'shilmasi to‘ldiruvchi 62 vazifasida kelgan gapni aniqlang. A) Ikromjon shovullab turgan kimsasiz to'qay ichida ancha uzoqlab ketgan edi. B) U to‘qay ichiga kirib, tashqaridan qaragan kishining nazari tushmaydigan bo‘lgandan keyingina grelkani belidan oldi. C) Yigit juda katta gunoh qilib qo‘yganini bilib, boshini egib o‘tiraverdi. D) Eshik sharaqlab ochildi-yu, javob bera boshlagan talabaning gapi og‘zida qoldi. 8. Uslubiy xoslangan so'zlar qaysi javobda qayd etilgan? A) uglerod, valentlik, gipoteza B) hormang.'boramiz, keltiring C) rost, kerak, ko‘cha D) mayli, mashina, aytilsin 9. Qaysi javobda «chizg‘ich» va «yulg'ich» so'zlaridagi qo‘shimchalar to‘g‘ri izohlangan? A) ot va sifat yasovchi bo’lib, o'zaro ko‘p ma’noli B) ot va sifat yasovchi qo‘shimcha bo'lib, o'zaro shakldosh C) har ikkisi sifat yasovchi bo‘lib, o'zaro ko‘p ma’noli D) har ikkisi ot yasovchi bo‘lib, o'zaro ko‘p ma’noli 10. Yasama so‘z bilan ifodalangan aniqlovchi egaga tobelangan gapni aniqlang. A) Qoraygan yerda bolalar ko‘ylagiga qadaladigan o‘n- o‘n beshta qovjiragan tugma sochilib yotganini ko‘rdi. B) Yomg'irdan keyin osmonda paydo bo‘ladigan kamalak jahondagi jamiki ranglarni yettita ipga tortib turganga o'xshaydi. C) Tilagimiz shuki, ilmli farzandlar bo'linglar. D) Ilm-u ma’rifat e’zozlangan mamlakatda hech kim urush haqida bosh qotirmaydi, chunki ilm-u ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi. 11. Sintaksisga tegishli atamani toping. A) ko‘makchi B) havola bo‘lak C) asliy sifat D) metateza 12. Shunisi quvonchliki, dunyoga o‘z ezgu-qadriyatlari bilan mashhur bo‘lgan xalqlar ichida biz Vatan deb e’zozlayotgan shu qadim yurtning, ajdodlarimizning ham o‘rni bor. Ayni paytda, o‘z qadriyatlarimizning umuminsoniy jihatlaridan faxrlanish bilan birga, o‘zga millatlarning betakror urf- odatlariga hurmat bilan qaraymiz. Qaysi fikr xato? A) olmoshning bir tuH ega vazifasida kelgan B) bir so'zdan alifbodagi 17-harf orqali ham fe’l yasash mumkin C) uyushiq bo'laklarga qo'shimcha ma’no yuklangan D) gapda qo‘llangan ega (-lar) tarkibida tovush tushishi va ortishi kuzatiladi 13. Tilning qaysi birliklari fikrni shakllantirishga xizmat qiladi? A) ohang, tovush, so‘z, so‘z birikmasi va gaplar B) so‘z birikmalar va gaplar C) faqat gaplar D) so‘zlar, qo'shimchalar va ularda mujassamlashgan ma’nolar 14. Qaysi gapda garchi bir xil ma’noviy guruhga mansub bo‘lsa ham, uyushmagan hoi qo'llangan? A) Navoiy g'azalni shavq bilan tovush chiqarib o'qidi. B) Bu yerdan chiqqan buloq suvi naq buyrak kasalining tayyor davosi edi. C) Otam meni ham sevinch, ham hayrat bilan qarshi oldi. D) O, inson bunday paytda ojizligini nechog‘liq aniq sezadi. 15. Qaysi gapda qaratqich kelishigi qo'shimchasi belgisiz qo‘llangan? A) «Boburnoma» personajlar* tavsifi, ularning shakl- shamoyilini ta’riflashdan boshlanadi. B) Maqtanganning uyini ko‘r, kerilganning to‘yini. C) Bir jahza jimlikdan keyin allaqayerdan qo'ylarning, sigirlarning ma’rashi, ho‘kizlarning o'kirishi eshitildi. D) Bu gaplarning barisini Hafiza xomush va oqilona tinglab, Umidning hamma fikrlariga qo‘shilishini bosh qimirlatib bildirardi. 16. Qaysi ergashgan qo‘shma gapning bosh gap qismida o‘timli fe’l bilan ifodalangan qaratqich- aniqlovchi mavjud? A) Mening ko‘nglim sezgan edi, shu sababli tushlikni chala- chulpa qilib, uy tomon yugurgan edim. B) Aytmagan so‘zni ayttirib bo'lmas, aytilgan so‘zni qaytarib bo'lmas. C) Aql va farosat quyoshga o'xshaydi, beparvolik tufayli tushishi mumkin bo‘lgan dogiarga o‘rin qoldirmaydi. D) Haqiqat tikanli gulga o'xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. 17. Malika Mumtozmahal shohning ma’yusligini sezgach, uni xushnud etish uchun g‘azallar o‘qib, xayollarini ezgu ishlarga undashga harakat qildi. Ushbu gapdagi fe’llarni tuzilish jihatidan izohlang. A) 3 ta sodda fe’l, 1 ta qo'shma fe’l B) 3 ta sodda fe’l, 2 ta qo'shma fe’l C) 4 ta sodda fe’l, 1 ta qo'shma fe’l D) 2 ta sodda fe’l, 2 ta qo‘shma fe’l 18. «yubormoq», «tashlamoq», «qo'ymoq» ko‘makchi fe’llari tez va kutilmagan ish-harakatni ifodalaydi. Shunday xususiyat qanday fe’llarda ham mavjud? A) takror fe’lda B) qo'shma, juft va takror fe’llarda C) qo'shma fe’lda D) juft fe’lda 19. Kirishlar mohiyatan subyektiv ma’no ifodalashga xoslangani uchun qaysi uslubda deyarli qo‘llanmaydi? A) ilmiy B) rasmiy C) badiiy D) publitsistik 63 20. Odamlar bo'ladiki, ular faqat o'zlarini o‘ylaydilar, lekin shunday odamlar borki, o‘z hayotlarini xalq xizmatiga bag'ishlaydilar. Ushbu aralash murakkab qo‘shma gap tarkibida ham ergash, ham bosh gap vazifasida kelgan gap(-lar) tarkibida so‘z birikmasining qaysi tur (-lar)i ishlatilgan? A) so‘z birikmasi qatnashmagan B) faqat bitishuv C) faqat boshqaruv D) moslashuv, boshqaruv 21. Neki mast aylasa va yoki sarxush, Neki bo‘shashtirsa yo qilsa behush Uzoq bo‘l ulardan, ixtiyor etma, Og‘zingga olmagin senda bo'lsa hush. Ushbu gapdagi olmoshlarning sintaktik vazifasini aniqlang. A) faqat to‘ldiruvchi B) to‘ldiruvchi va ega C) ega va kesim D) ega, kesim va to‘ldiruvchi 22. Qaysi gapda faqat ko'makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi berilgan? A) yaxshi bo'lmoq, parvarish qilmoq, o‘qib bermoq B) e’tiroz bildirmoq, charaqlab ketmoq, ravshan bo'lmoq C) yaraqlab ketmoq, oshib qolmoq, yig'ishtirib olmoq D) qadam tashlamoq, joy solmoq, olib kelmoq 23. Rangi ham biroz oqarinqiragan, qoshlari yanada quyuq, qora ko‘rinar, peshonasiga tushib turgan qo‘ng‘ir sochlarining jingalagi biroz ko'kargan, lekin g'unchadek lablari o'ziga yarashgan, bejirim edi. Gapda ismlar soni... A) 13 ta B) 14 ta C) 11 ta D) 12 ta 24. Frazaviy urg‘u vositali to‘ldiruvchiga qaratilgan gap qaysi javobda berilgan? A) Kimga sovg‘a qilmoqchisiz? - dedim. - Onamga, tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilmoqchi edim. B) Xudoyo, tavba qildim, bu qanday kun? Yo qudratingdan, bu qanday odam? C) Nega uni otdami, aravadami eltib qo‘ymadi? D) Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi? 25. «Tug‘ilgansan ozod, mudom Ozod bo‘lib qol!» Ushbu misralar quyidagi qaysi asarga epigraf qilib olingan? A) «Sohibqiron» B) «Yovvoyi yo‘rg‘a» C) «Nur va soyalar» D) «Ruhlar isyoni» 26. «Sohibqiron» dramasida qaysi qahramon ulkan zaminni shatranj taxtasiga qiyoslaydi? A) Sulton Boyazid B) Bibixonim C) Aloviddin D) Amir Temur 27. Taxallus sifatida bog‘ nomini tanlagan shoirning asari nomini aniqlang. A) «Shohnoma» B) “Zafarnoma” C) «Nafohot ul-uns» D) «Masnaviy» 28. «Mustaqil yo‘li yo‘q katak ustida ...» Mirzo Kenjabekning «Yutqiziq» she’ridagi ushbu ta’rif qaysi dona haqida? A) ot B) shoh C) piyoda D) fil 29. «Garchi oliy hazratga o‘zidagi tab’ quvvati va qobiliyati ko‘pligi jihatidan har ikki nav, ya’ni turkiy va forsiy she’rlar muyassar bo‘lsa- da, uning o‘tkir tab’i (ning moyilligi) forsiychadan ko‘ra turkiychaga ortiqroq edi». Alisher Navoiy haqidagi ushbu ta’rif kim tomonidan aytilgan? A) Hakimshoh Qazviniy B) Rashidiy C) Xondamir D) Abdurahmon Jomiy 30. «Yo vafo yo‘q turur bu olamda, Yo kishi qilmadi jahonda ani. Mendan o‘q ilmin o'rganib ketkan, Oqibat qildi ul nishona mani». Ushbu she’r Sayfi Saroyining «Gulistoni bit-turkiy» asaridagi qaysi hikoyat xulosasi sifatida keltiriladi? A) Tuz haqini to‘lagan No‘shiravoni odil haqidagi hikoyat B) Sayohatga chiqqan ikki xurosoniy faqir haqidagi hikoyat C) Bir kurashchi pahlavon hamda uning oqibatsiz shogirdi haqidagi hikoyat D) O’g‘ri va tilanchi haqidagi hikoyat 31. Ulus ichinda turur o‘z begim qiyo ko'zluk, Xayoli to‘qtamish andin ko'ngil saroyinda. Lutfiy qalamiga mansub ushbu misralarda qanday san’at yetakchilik qiladi? A) tajohil ul-orif B) iyhom C) tamsil D) husni ta’lil 32. Shuhratning qaysi asarida arab qizining fransuz bosqinchilariga qarshi jasorati tasvirlangan? A) «Raymonda» balladasida B) «Mardlik afsonasi»da C) «Ona va farzand» balladasida D) «Jamila» balladasida 33. Adabiy manbalarda keltirilgan «Xara tog‘i ustida, Xarati cho‘qqisida» yashovchi obraz kim? A) Ko‘k tangri («Shajarayi turk») B) Suqroti hakim («Farhod va Shirin») C) Axura Mazda («Avesto») D) Mitra («Avesto») 34. «Men gadoy bo'lsam ham xurjunimning ikki ko‘zi to‘ladir... Sendaqalarni necha yil boqishga yarayman...» gaplari «Kecha va kunduz» romanining qaysi qahramoniga tegishli? A) Eshon B) Akbarali mingboshi C) Razzoq so‘fi D) Miryoqub 35. «Ikki do‘st turar ekan yelkama-yelka, Tog'larni ham oson aylaydi tilka...» Ushbu misralar muallifi kim? A) Firdavsiy B) Abdulla Avloniy C) Sa’diy D) Sayfi Saroyi 64 36. Ota-bolaning bor-yo‘q davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshko'k, sut-qatiq sotib kun ko'rishadi Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) G‘afur G'ulom, «Mening o‘g‘rigina bolam» B) Nodar Dumbadze, «Hellados» hikoyasi C) Xurshid Davron, «Vatan haqida yetti rivoyat» D) Abdulla Qahhor, «Bemor» Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling