1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
21-variant
1. Ot + ot shaklidagi birikmalar qaysi qatorda berilgan? A) Navro‘z bayrami, ishga shoshilmoq, oydan ham go‘zal B) Bahor ayyomi, bayram fayzi, o‘rik hidi C) Yosh ijodkorlar, yigit kabi navqiron, guldasta qo‘yib D) Bexato yozish, serzavq qo'shiq, qattiq aziyat 2. Insonlar tomonidan hozirlangan dasturxonlardan har xil taomlarni yeb- ichib, umr o'tqazaman. Ba’zi vaqtlarda sen yiqqan bolingdan ham to'ygunimcha yeyman. Yashamoq mana! Umr kechirmoq uchun olamda bundan yaxshi sharoit bo‘ladimi? Menda na bol tayyorlamoq mashaqqati va na uya solmoq kulfati bor. Ushbu matnda nechta so‘zning imlosida xatolik mavjud? A) 4 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 3 ta 3. Qaysi qatordagi gapning kesimi harakat nomi shakli bilan ifodalangan murakkab ot- kesim hisoblanadi? A) Paxta va zig‘ir tolasidan tayyorlangan matolar namlab yoki suv purkab, yaxshi quritilmay dazmollanadi. B) Kimyoviy tolalardan to'qilgan matolar dazmollanayotganda dazmol qattiq qizdirilmasligi kerak. C) Inson sirliligicha qolaveradi, ammo odamzod bir- birini anglab yetmaguncha, olam tinch, dunyo farovon bo‘lmaydi. D) Aytmagan so‘zni ayttirib bo'lmas, aytilgan so‘zni qaytarib bo‘lmas. 4. Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so‘zlari (iboralari) va qo'shimchalaridagi imkoniyatlarni qaysi bo'limda namoyon qiladi? A) sintaksis B) frazeologiya C) morfologiya D) uslubshunoslik 5. Quyidagi yordamchi so‘zlardan nechtasi sof ko'makchilarga mansub: uzra, singari, tufayli, qadar, sari, muvofiq, o‘zga, asosan A) 3 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 5 ta 6. Quyida berilgan matndagi yasama so‘zlar sonini toping. O‘z tilingizda fikrlashga, toza gapirishga,nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o‘zgarishiga qarab almashtirilsa. A) 8 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 7 ta 7. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosi metafora usulida ko‘chmagan? A) Och nazarim tushar suratga... Surat, surat! Nega sen tilsiz?.. B) O’zi ancha yumshoq fe’lli yigit, - dedi Ikromjon. C) Temur tig‘i yetmagan joyni, Qalam bilan oldi Alisher. 57 D) Bu ishni pishiq o‘ylab, keyin bajar. 8. Quyidagi berilgan matndagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar sonini aniqlang. 0‘z tilingizda fikrlashga, toza gapirishga harakat qiling. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o'zgarishiga qarab almashtirilsa. Kishi boshqa tilda bilimli bo‘la oladi, ammo faqat o‘z tilida barkamol bo'lishi mumkin. A) 6 ta B) 4 ta C) 7 ta D) 5 ta 9. Shaxs otlari berilgan qatorni toping. A) quruvchi, chopiq, direktor B) samovarchi, g'azalxon, aravasoz C) kampir, zargarlik, amma D) Anvar, Lola, Otabek 10. Kitob haqida qo‘shilmasida urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi? A) kitob va haqida so'zlarining oxirgi bo‘g‘iniga B) kitob so‘zining oxirgi bo‘g‘iniga C) haqida so‘zining oxirgi bo‘g‘iniga D) haqida so‘zining birinchi bo‘g‘iniga 11. Qaysi qatordagi barcha birikmalar to‘g‘ri yozilgan? A) Yevropa Ittifoqi Kengashi, Davlat test markazi, «O’zbekiston Qahramoni» unvoni B) Mustaqillik kuni, «Malika» firmasi, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi C) Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, «Sog‘lom Avlod Uchun» ordeni, «Amudaryo» jurnali D) Mudofaa Vazirligi, Navro‘z bayrami, «Oltin Yulduz» medali 12. Havo ochiq, quyosh tuzukkina ko'tarilgan, ammo uning ham bu kun uncha ta’siri yo‘q, chunki bu kungi qora sovuq quyosh kuchini-da kesgan edi. Ushbu gap ... . A) qismlari uyushgan qo'shma gap B) aralash murakkab qo‘shma gap C) bir necha bosh gapli qo'shma gap D) bir necha ergash gapli qo‘shma gap 13. Quyidagi hujjatlarning qaysi biri rasmiy uslubning diplomatik uslubida yoziladi? A) qonun B) nizomlar C) bitim D) jinoiy aktlar 14. Qaysi javobda ot + fe’l qolipidagi qo'shma fe’llar berilgan? A) bayram qilmoq, ruxsat olmoq, javob bermoq B) tasdiq qilmoq, borib kelmoq, kirib chiqmoq C) yangi bo‘lmoq, bayon qilmoq, o‘qib chiqmoq D) shunday bo'lmoq, taklif qilmoq, ko'rib qolmoq 15. Turkiy tilni tadqiq qilgan birinchi alloma nomi qaysi javobda berilgan? A) Pahlavon Mahmud B) Yusuf Xos Hojib C) Mahmud Koshg'ariy D) Zamaxshariy 16. Harakatning ma’lum muddaigacha bajarilishini bildiruvchi ko'makchi fe’lni toping. A) turmoq B) yubormoq C) yotmoq D) yurmoq 17. Daraxtlarning qubba-qubba mevala riga qiziqib qaraydi, hayajonli xursand kishilarga tikiladi, yaqinlarini birma-bir surishtiradi. Asosi shakldoshlik xususiyatiga ega boigan so‘z(-lar) gapda qanday gap bo'lagi vazifasida kelgan? A) hol, kesim B) kesim, to‘ldiruvchi C) kesim, aniqlovchi D) hol, kesim, to‘ldiruvchi 18. Qaysi uslubda so'zlar ko'chma ma’noda qo‘llanadi? A) rasmiy, ilmiy B) rasmiy, publitsistik C) publitsistik, ilmiy D) badiiy, so'zlashuv 19. “oyog‘ini qo'liga olgancha”, «tomdan tarasha tushganday» iboralari qaysi so‘z turkumiga mansub? A) ot B) ravish C) fe’l D) sifat 20. Undov qatnashgan qaysi g ipda undalma ham qatnashgan? (Xo‘sh, ishlar yaxshimi? - so‘radi Mirsaid aravacha yonida bitta- bitta odim bosib borishar ekan.) A) Faryodim, fig‘onim butun bir jahon, B) Ey muhtaram shoir, izladim, keldim. C) Dastlab ular Umidjonni ko'rganda pisandsiz: «Е, bu mishiqi bola-ku», - deyishar, biroq uning ertaklarini eshitgach: «Yo‘q, bu bola emas, dunyo ko‘rgan chol ekan», - deya tan berib ketisharkan. D) Voy, shoshmang, diydorginasiga bir to'yvolay. 21. Qaysi gapda ham imloviy, ham tinish belgilarining qo'llanilishi bilan bog'liq xatoliklar mavjud? A) Mening bir jaydari falsafamdir shu; Xargiz iltimosga kuning qolmasin. B) Birdan uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi, yuragim gursillagancha o‘rnimdan turib ketaman. C) Oyim endi o‘rnidan turayotgan edi; eshik qarsillab ochildi. D) Do‘stimga tushgan xavf meni ham taxlikaga solmas ekan; bu chinakam do'stlik emas. 22. Quyidagi berilgan qaysi gaplarda birgalik nisbat qo'shimchasi qo‘llangan? 1) Yaxshini badnom qilib bo‘lmaydi. 2) Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash. 3) Allaqayda bulbul to'lib-toshib kuylaydi. 4) Mehmonlar qorovulning qistashiga qaramasdan ichkariga kirishmadi. 5) Qushlar uni yaxshi ko‘rishib, Mayna deb ism qo‘yishibdi. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4 C) 4, 5 D) 2, 4, 5 23. «Mulk» so‘zi qaysi gapda ko'chma ma’noda qo'llanmagan? A) Husn mulkida kishi tanho bo‘lurm-u muncha ham. B) barcha gaplarda mulk so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan C) Davlat mulkini, xalq mulkini ko‘z qorachig‘iday saqlashimiz kerak. D) Oybek qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning ma’naviy mulkiga aylandi. 24. Turkiy tillar oilasi o‘g‘uz guruhiga kiruvchi tillarni aniqlang. A) Uyg‘ur, usmonli turk B) Turkman, qirg‘iz 58 C) Tatar, turkman D) Ozarbayjon, usmonli turk 25. Qaysi ijodkor aqli kalta kishilarning dunyoga ko'ngil qo'yishi haqida fikr yuritgan? A) Xo‘janazar Huvaydo B) So‘fi Olloyor C) A.Yugnakiy D) Oydin Hojiyeva 26. Qaysi asar vatanimiz tarixining eng hasratli davridan liikoya qiluvchi mukammal asar sifatida baholangan? A) «O’tkan kunlar» romani B) «Abulfayzxon» dramasi C) «Mirzo Ulug'bek» tragediyasi D) “Qutlug’ qon” romani 27. Janobi shahg‘a keldim bu jihatdan, Ko‘zim yoshiga toya-toya navro‘z. (Ogahiy) Ushbu she’riy baytda qo‘llangan badiiy san’atni toping. A) talmeh B) tashbeh C) mubolag'a D) tazod 28. «Do'stlar bilan birga bo'lgan o‘lim to‘ydir» Ushbu maqol quyidagi asarlardan qaysi birida keltirilgan? A) «Boburnoma» B) «Ikki eshik orasi» C) «So‘nggi saboq» D) «O’tkan kunlar» 29. «Yaxshi ishni bajarish uchun fol ochib o'tirishning keragi yo‘q». Ushbu fikr kimga tegishli va qaysi asarda keltirilgan? A) A.Navoiy, «Mahbub ul-qulub» B) Nazar Eshonqul, «Maymun yetaklagan odam» C) Sa’diy Sheroziy, «Advokatlik osonmi» D) Hofiz Sheroziy, «Zarbulmasal» 30. Oy yorning oldida bir habashiy qul ekanligi, agar tonsa oyning yuzidagi dog‘i bunga nishon ekanligi Sakkokiyning qaysi g‘azalida keltirilgan? A) «Ey gul... » B) “Kim ermas ul oy mubtalosi” C) «Sentek jahonda...» D) «Unutma» 31. Ostidagi Chibor otin o'ynatib, Qorajon chiqdi ... tog‘ining ustiga. Qalmoqdan ilgari ketib boradi Ko'rinmaydi qalmoqlarning qorasi, Yaqin qoldi ... ning orasi. «Alpomish» dostonidan olingan ushbu parchadagi nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo'ying. A) Zil, Boboxon B) Asqar, Boboxon C) Murod, Boboxon D) Asqar, Zil 32. Qaysi qatorda nemis masalnavisi nomi qayd etilgan? A) Babriy B) Fedr C) Lafonten D) Lessing 33. Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. Mashrabning ushbu baytida qanday badiiy san’atlar qo'llanilgan? A) tarse, tazod, tashbeh, tardi aks B) mubolag'a, takrir, tadrij, tashbeh C) mubolag‘a, tashbeh, tashxis, iyhom D) istiora, tazod, takrir, tardi aks 34. Berilganlardan qaysilari Xojaning kichik hajmli hikoyalar to‘plamlari hisoblanadi? 1) «Maqsad ul-atvor»; 2) «Miftoh ul-adl»; 3) «Gulzor»; 4) «Mahbub ul-qulub». A) 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 4 35. To‘g‘ri fikrni ajrating. 1) begona bayt lirik chekinishning aynan o‘zi; 2) begona bayt g‘azalgagina xos; 3) adabiyotshunoslar begona baytni «qistirma baytlar» deb ham atagan; 4) ruboiyshunoslikda lirik chekinish 3-misrada kuzatiladi va bu qator «tezis» tarzida sharhlanadi; 5) «lirik chekinish» deganda shoir qo'qqisdan yurilayotgan asosiy yo‘ldan biroz chetga chiqqanday bo‘lib, kutilmagan bir fikr yoki mulohazani aytadi, bayon yo tasvirni kiritadi, ilmiy tilda ifodalansa, nimagadir simpatiya yoki antisimpatiyasini bildiradi; 6) adabiyotshunoslar begona baytni «gardish», «bozgasht» deb ham atagan; 7) «begona bayt»ning hajmi aniq, o‘rni tayin bo'ladi. A) 1, 3, 4, 5, 6, 7 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 6, 7 D) 1, 2, 3, 5, 6, 7 36. «Ganja ganjurikim chekib ko‘p ranj, Qo‘ymish erdi jahonda besh ganj» - Alisher Navoiy «Xamsa» sining Nizomiy Ganjaviyga bag‘ishlangan ushbu baytida qo‘llangan san’at turini ko‘rsating. A) tajnis B) iyhom C) tazod D) ishtiqoq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling