1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
59
22-variant 1. Berilgan gaplarning qaysi birida ot turkumiga oid so‘z ajratilgan izohlovchi vazifasida kelgan? A) Mendan tashqari hamma majlisda qatnashdi. B) Do‘stimni, ya’ni Jasurni ko‘rgani bordim. C) O‘g‘lim, qo‘zichog‘im. orom olib uxlayapti. D) Bizning, o'quvchi yoshlarning, niyatlarimiz juda ko‘p. 2. Qaysi qatordagi juftlik bir umumiy ma’noni ifodalay oladi? A) yaroqli-qurolli B) hiyla-nayrang C) ganj-boylik D) a’yon-ravshan 3. Ham pul, ham suyuqlik o'lchovi uchun qo'llanuvchi hisob so‘z... A) chaqa B) bochka C) miri D) paqir 4. 1) Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘llanadi; 2) Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham qo'llanadi; 3) Un faqat odam ovozini bildiradi va ovoz so‘ziga nisbatan juda kam qo‘llanadi; 4) Nido jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan kam qo‘llanadi; 5) Sado shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi; 6) Sas kitobiy. Ushbu ma’nodosh so‘zlarga berilgan ta’riflarning nechtasi xato? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 5. «Yulduzni benarvon uradigan» iborasining ma’nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) o‘taketgan olg‘ir B) o'taketgan maqtanchoq C) o‘taketgan sho‘x D) o'taketgan qaysar 6. Qaysi ko‘makchilar yordamida to‘ldiruvchini shakllantirish mumkin? A) bilan, uchun, haqida B) haqida, uchun, sari C) bilan, haqida, sayin D) bilan, haqida, sari 7. Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtai nazar bildirish yoki muayyan masaladagi xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi ma’nosini anglatuvhi o‘zlashma so‘zning birinchi tovushiga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping. A) lab, potlovchi, jarangli undosh B) til oldi, portlovchi, jarangli undosh C) til orqa, lablangan, quyi keng unli D) til oldi, lablanmagan, yuqori tor unli 8. Men titrog‘imni bosolmasdim, yuragim o'ynab ketayotgan edi. Suhbatdoshim esa mening bu ahvolimga parvo ham qilmasdi, mudroq kayfiyat bilan o‘tirardi. Ushbu matndagi so'zlar imlosida necha o'rinda fonetik o‘»garish sodir bo'lgan? A) 10 B) 12 C) 13 D) 11 9. Karimjon a’lo o‘qjsh va odobi bilan litseyda Katta hurmatga ega. U jamoat ishlarida ham faol qatnashadi. Ikkinchi gapni birinchi gapga mazmunan bog‘lab keluvchi vositani ayting. A) ohang B) bunday holat kuzatilmagan. C) Karimjon D) u 10. Qaysi so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida u yoziladi? 1) kul...shmoq; 2) yug...rmoq; 3) bur...lmoq; 4) ulg...rmoq. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 2, 3 11. Qaysi javobda aralash turdagi murakkab qo'shma gap keltirilgan? A) Xalq ertangi kuni yaxshiroq bo‘lishini istasa, birlashmog‘i, uyushmog‘i va haqiqat uchun kurashmog'i kerak B) Juda yaxshi, qalbi va ijodi Bobur ruhiga yaqin ijodkorlar ko‘p. C) Xalq qaynaydi, derazalar orqali ichkariga bosib kirishni ko'zlaydi, lekin qurol yo'qligidan ikkilanib qoladi. D) U qo‘l yuvdi, qiyig‘ini stolga yozdi, non sindirdi. 12. Matn ichida alohida ta’kidlangan, ajratib ko‘rsatilgan so'zlardan keyin qavs ichida qanday tinish belgisi ishlatiladi? A) so'roq B) nuqtali vergul C) ikki nuqta D) undov 13. Ish kuchini yelga berma yerga ber jamg‘armani selga berma elga ber. Ushbu gapda qo‘llanishi kerak bo'lgan tinish belgilari nomi va tartibi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) vergul, vergul, vergul, undov B) vergul, vergul, undov C) tire, vergul, tire, undov D) vergul, nuqtali vergul, vergul, undov 14. Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan Tarqalar bir ma’yus va g'amgin sazo, Qo'yningda bir quchoq oq va nafis gul, Lekin ruhing to‘la motam va azo Ushbu she’riy parcha haqida berilgan nechta javob to‘g‘ri? 1) gapda 5 ta kesim, 4 ta ega qatnashgan; 2) asosi shakldoshlik xususiyatiga ega 6 ta so‘z qatnashgan; 3) bir so'zning ma’nodoshi kukunsimon mahsulot nomi bilan shakldosh bo‘la oladi; 4) gapning markazi hisoblangan boiaklardan biri tovush o‘zgarishiga uchragan; 5) uyushiq bo'laklarning yopiq bo‘g‘ini tarkibida 5 o‘rinda jarangli, 6 o‘rinda jarangsiz undosh qatnashgan. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 15. Mikrobiologiyaning rivojlanishi tufayli sanoatda turli antibiotiklar, aminokislotalar, stearid gormonlar va enzimlar ishlab chiqarish imkoniyati tug‘ildi. Yuqorida berilgan matn qaysi uslubga xos? 60 A) Ilmiy uslub B) Rasmiy uslub C) Badiiy uslub D) Publitsistik uslub 16. Oshar yeldin yelganda oting, Quyosh yanglig’ jahonni tutti oting. Ushbu baytda ishtirok etgan o‘zaro shakldosh yetakchi morfemalar qaysi so‘z turkumlariga mansub? A) ot-fe’l; ot-fe’l B) fe’l-ot; ot-fe’l C) ot-fe’l; ot-ot D) ot-ot; ot-ot 17. Noto‘g‘ri hukm ifodalangan qatorni toping. A) Qisqartmalar va ularga qo‘shiladigan qo'shimchalar qo‘shib yoziladi. B) Ikkinchi qismi turdosh ot bilan ifodalangan joy nomlari qo‘shib yoziladi. C) So‘roq va undov gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma- ket xohlagancha bir xil belgi qo‘yilishi mumkin. D) Uyushiq bo'laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so'zdan key in nuqtali vergul qo'yiladi. 18. Terakzorlar xushbichim, bog‘larda hamma yoq jim. Gapda ishtirok etgan so‘zlar qaysi so‘z turkumlariga oidligi haqidagi hukmni aniqlang. A) 2 ta ot, 2 ta sifat, 1 ta ravish B) 2 ta ot, 1 ta sifat, 2 ta olmosh C) 3 ta ot, 1 ta sifat, 1 ta olmosh, 1 ta ravish D) 2 ta ot, 1 ta sifat, 2 ta ravish 19. Tarkibida sof modal so‘z ishtirok etgan gapni toping. A) Ota-onam, avvalo, shu ishni boshlashdan ilgari men bilan maslahatlashishadi. B) Aftidan, G'ulomjon bu g‘alvalarni ataylab boshlagan. C) Onajonim, balki bir kun Men ham shoir bo‘larman. D) Men, shubhasiz, bu haqda do'stimga xabar beraman. 20. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o'rnida chuqur til orqa undoshi yoziladi? 1) ja...d; 2) da...lsiz; 3) a...loq; 4) mu...okama; 5) ...ush; 6) a...oli. A) 1, 4, 5, 6 В) 1, 3, 5, 6 C) 2, 3 D) 1, 2, 4, 5 21. Berilgan gapda tobe bog‘lanishli birikmalarning qaysi turlari mavjud? Mehnat bilan topganing osonlikcha qo‘lga kiritganlaringdan azizroqdir. A) 1 ta bitishuv, 2 ta boshqaruv B) 1 ta bitishuv, 3 ta boshqaruv C) 2 ta bitishuv, 2 ta boshqaruv D) 3 ta bitishuv, 2 ta boshqaruv 22. Buyruq-xitob undovlari ishtirok etgan gapni toping. A) – Dod! – ichkaridan dodlagan ovoz eshitildi. B) Voy, shoshmang, diydorginasiga bir to‘yvolay. C) Bola samolyotini ko‘tarib «guv-v-v-v» deb hovlining u boshidan bu boshiga yugura berdi. D) Qur-ey! Qur-ey! Jimgina quloq soldi. «Ва» degan javob yo‘q. 23. Asosida ikkita jarangli undosh o'rtasida keng unli qatnashgan yasama so'zni aniqlang. A) gulbeor B) qarmoq C) borliq D) chopqir 24. Respublikamiz maktablari o'quvchi hamda o‘qituvchilarini darsliklar va o‘quv qo'llanmalari bilan ta’minlashni ko'ngildagidek yo‘lga qo'yaylik. Ushbu gapda 2 ta munosabat shakliga ega bo'lgan so‘zlar qaysi gap bo'laklari vazifasini bajargan? A) 2 o‘rinda vositasiz to‘ldiruvchi B) 2 o'rinda qaratqich aniqlovchi, 2 o'rinda vositasiz to‘ldiruvchi C) 1 o'rinda qaratqich aniqlovchi, 2 o'rinda vositasiz to'ldiruvchi D) 2 o'rinda vositasiz to'ldiruvchi, 1 o'rinda kesim 25. Ahmad Yassaviyni «Turkiston mulkining shayx ul- mashoyixi» deya ulug'lagan ijodkorni aniqlang. A) Husayniy B) Alisher Navoiy C) Xondamir D) Bobur 26. «Muzayyan» so'zi qanday ma’noni bildiradi? A) Tanlangan B) Bezangan C) Terilgan D) Ajratilgan 27. Qaysi ijodkor ishqni bir vodiyga o'xshatadi va bu vodiyni oyoqda yurib emas, balki qalb bilan, qalbdagi yonish bilan o'zlikni yo'qotib o'tish mumkinligini aytadi? A) Munis B) Ogahiy C) Mashrab D) Navoiy 28. Muqimiyning «Sayohatnoma»sida qaysi joyning ko'chalari ko'ngil ochuvchi (dilkusho) ekanligi haqida aytib o'tilgan? A) Qudash B) Nursux C) Yayfan D) Vodil 29. «Fuqaroda norozilik zo'raydi... Faqirlikka bo'ysunmaydi, qimmatchilikni Ollohdan ko'rmaydi. Bir ko'pi boylardan ko'radi. O'g'ri, muttaham, daydilarning soni yo'q. Yaxshiki, o'ris to'ralari, politsiyalar - ishbilarmon, hokimlikka usta odamlar. Ular goh qamchi bilan, goh qilich, goh to'pponcha va miltiqni ayamay ishlatib, xalqni bosib turishibdi. Bo‘lmasa, xudo ko‘rsatmasin, xalq allaqachon bosh ko'targan bo‘lardi...» Ushbu gaplar qaysi qahramoh tilidan aytilgan? A) Boy (Behbudiyning «Padarkush» dramasidan) B) Akbarali mingboshi (Cho'lponning «Kecha va kunduz» romanidan) C) Olimxon ellikboshi (Oybekning «Qutlug’ qon» romanidan) D) Rahmonxo‘ja ellikboshi (G‘afur G'ulomning «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasidan) 30. «...unday yuvosh odam bormi? Hech nimaga 61 aralashmaydi, talashib tortishmaydi. Biroq ... qanday yuvosh, baquvvat yigit bo‘lmasin, yalqov, uyquni yaxshi ko‘radi». Ushbu ta’rif qaysi asar qahramoni haqida? A) «Me’mor», G'ovvos Muhammad B) «Qiyomat qarz», Haydarali C) «Chinor», Akbarali D) «Oq kema», Seydahmad 31. Labing bag'rimni qon qildi, Ko'zimdin qon ravon qildi, Nechun holim yomon qildi, Men ondin bir so‘rorim bor. Ushbu parchada “iyhom” san’ati qaysi so‘z orqali aks etgan? A) yomon B) ravon C) so‘rorim D) holim 32. N. Dumbadzening zamonaviy mavzudagi qaysi asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlar ulug'langan? A) «Quyoshni ko‘ryapman», «Kukaracha» B) «Qishloq bolalari», «Abadiyat qonuni» C) «Oq bayroqlar», «Quyosh kechasi» D) «Men, buvim, Iliko va Illarion», «Abadiyat qonuni» 33. 1) A.S. Pushkin, «Yevgeniy Onegin»; 2) M. Sholoxov, «Tinch oqar Don»; 3) «Sosunli Dovud», arman eposi; 4) S. Borodin, «Yeldirim Boyazid»; 5) M. Lermontov, «Maskarad»; 6) L. Bat, «Hayot bo‘stoni»; 7) Pushkin, «Bog‘chasaroy fontani». Mirkarim Osim tarjimalarini to‘g‘ri toping. A) 1, 2, 5 В) 1, 4, 7 С) 1, 2, 6 D) 2, 4, 6 34. Bildimki, oni dushmani makkorai ayyor, «Lo!» - tirnog‘i birla yuzini tirmalab o‘ttum. Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni aniqlang. A) kitobat B) tazod C) tardi aks D) tarse’ 35. Muhammad Rizo Ogahiy qaysi g‘azalida yorning bo‘yi bilan yuzidek yaxlit go'zallikni tabiatdan topa olmay, bog‘dorchilikdagi «payvand» usulidan foydalanadi? A) «Sallamno» radifli g‘azalida B) «Aylansun» radifli g‘azalida C) «Navro‘z» radifli g'azalida D) «Ustina» radifli g'azalida 36. «Muazzam Sharqning ilm-u donishi, ma’naviyatini qancha ko‘p va xo‘b o‘zlashtirsak, fikrimiz shuncha ravshan, ruhimiz shuncha bardam bo'ladi.» Yuqoridagi fikrlar qaysi adabiyotshunos olimga tegishli? A) Homil Yoqubov B) Ozod Sharafiddinov C) Naim Karimov D) Najmiddin Kornilov Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling