1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- -man, -san, -dir
54
20-variant 1. Inkor bog‘lovchisi qaysi qatordagi gapda uyushiq to‘ldiruvchilarni bog'lagan? A) Cho'lquvarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi. B) Go'ringda o‘t yongur amirlar xudbin, Bilganlar na nomus, na vijdon, na din. C) Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha sustlashding? D) Javob ololmadi hech kim ham, zotan, Na sulton, na gado, na shoh, na faqir. 2. x va h harflarining imlosi qaysi qatorda noto‘g‘ri berilgan? A) hushyor, xiyobon, hoshiya B) xushbo‘y, vahshiy, dahliz C) homiy, xushfe’l, xushnud D) halqob, maxsi, hushnud 3. Tillarni qiyoslab tekshirishda ularning qaysi xususiyatlari bir-biriga qiyoslanadi? A) morfologik xususiyatlari B) sanalganlarning barchasi C) fonetik xususiyatlari D) leksik xususiyatlari 4. -lab, -la+ b qo‘shimchalari haqida qaysi fikr xato? A) -lab: murakkab qo'shimcha, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimcha sifatida omonim; B) -la+ b: so‘z yasovchi + shakl yasovchi qo'shimcha C) -la+ b: shakl yasovchi + shakl yasovchi qo'shimcha D) barcha javoblar to‘g‘ri 5. Qaysi javobda ismlarning munosabat shakllari noto‘g‘ri ko'rsatilgan? A) ismlarning kichraytirish-erkalash shakli B) -man, -san, -dir qo‘shimchalari C) bo'lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so'zlari D) ismlarning egalik shakli 6. Samarqandda afsonaviy obidalar ko‘p. Gapda frazaviy urg‘u qaysi gap bo‘lagiga tushadi? A) ot kesim B) o‘rin holi C) aniqloychi D) ega 7. Chol ko‘zlarini qisib, kulib qo‘yadi: - Yaxshi. Ma’nolik narsa. Muqimiyni ko‘rganman. Xushfe’l, dono odam edi. Muqimiy - kattakon shoir. Qo’qonda turadi u kishi. Berilgan matndagi shaxs otlari qanday sintaktik vazifa bajargan? A) ega, kesim B) ega, to‘ldiruvchi, kesim C) ega, aniqlovchi D) kesim, to‘ldiruvchi 8. Shunda qayoqdandir son- sanoqsiz yov bostirib kelibdi. Berilgan gapdagi yasama so‘z tarkibida nechta qo‘shimcha bor? A) 3 ta B) 1 t a C) 2 ta D) 4 ta 9. – Davlat uchun qo'shinning ne darajada kerakli ekanini biz ham bilurmiz, - majlisga qarab gapirdi Navoiy. Ajratib ko‘rsatilgan so'zdagi ma’no ko‘chish turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 10. Sergaklanmoq, rivojlanmoq, moylamoq, jimimoq, susaymoq, qoilamoq, chirqillamoq, xavotirlanmoq. Yuqoridagi berilgan fe’llarning qaysi turkumdan hosil qilingani fonetik o'zgarish asosida yozilgan? A) ot B) sifat C) son D) taqlid so'z 11. Olmosh qatnashgan gapni toping. A) Uyda kosa toza, butun va beyuq. B) Butun yurtda hurmati bor. C) Ayrim so‘zlarni bog‘lab gap tuzing. D) Masalani ayrim hal qilamiz. 12. Qaysi gapda fikrni xulosalash ma’nosini ifodalovchi sof modal so‘z qatnashgan? A) Albatta, biz musobaqada yaxshi natijalarni qo‘lga kiritamiz. B) Xullas, qora kunga asrab qo'ygan bug'doyimiz ham, jo'xori ham ko‘p edi. C) Avvalo, xaloyiq va har tarafdan kelgan kishilar to‘da bo‘lishib, maslahat qildilar. D) Haqiqatan ham, kun issig‘i yo‘lovchilarni holdan toydirdi. 13. Berilgan sinonimik qatordagi qaysi so‘z hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosini ham bildiradi? A) xo‘rak B) yemish C) oziq D) tomoq 14. Qaysi ergash gapda nisbiy so‘zlar daraja-miqdor ravishiga ishora qilgan? A) Barcha maqtanchoqlarning birdan-bir qismati shuki, ular ertami-kechmi pand yeyishadi. B) Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda tezroq yugurar ekan. C) Kishi o‘z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, bizga shuncha yoqadi. D) Johil sog‘ bo‘lsa ham, uzoqni ko‘rolmaydi. 15. «Sayramoq» so‘zi qaysi gapda salbiy ma’noda qo‘llangan? A) Bir zumda pulemyotlar sayrab ketdi. B) Jo'nilari orasida «shirinsuxanlik» bilan tanilgan Olimxon sayrayverdi. C) Tolda chumchuq sayraydi, Tol bargini chaynaydi. D) Dutorimning torlari qo‘sh bulbuldek sayraydi. 16. Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko‘proq nafratlanadi. Ushbu gapda sodda yasama so‘zlarning yasalish asosi qaysi so‘z turkumiga tegishli? A) sifat va fe’l B) ot va sifat C) ot, sifat va fe’l D) ot va sifat 17. Qaysi gapda ega va kesim orasida tire qo‘llanilishi lozim? A) Ilm bir daraxt B) Qizning orzulari bir olam edi 55 C) Biz ham ishchimiz D) U odob-axloqning koni hisoblanadi 18. Tarkibida ham teng, ham ergashtiruvchi bogiovchi qatnashgan qo‘shma gap berilgan javobni aniqlang. A) Yorug’ dunyodagi har bir maxluqot, avvalo, ozod va erkin yashash uchun yaratilgan. B) Mol va boylikning umri qisqa, tezda zavol topadi, biroq yaxshi nom uzoq asrlar davomida o‘lmaydi. C) Badantarbiya bilan mashg'ul bo‘lmay qo‘ygan kishi tez-tez kasalga chalinadi, chunki harakatsizlik natijasida kishining a’zolari zaiflashadi. D) O’sha davrlarda adabiyot tarixi darsi xronologik hamda tematik xarakterga ega emas edi, ya’ni adabiyot tarixi dars sifatida o‘tilmasdi. 19. Qaysi gapda jamlik ma’nosini ifodalagan belgilash olmoshi ega vazifasini bajargan? A) Barcha shodlik senga bo‘lsin, bor sitam, zorlik menga. B) Kela berdilar bari kattakon chinor sari. C) Butun xalq yopirilib, Katta Farg‘ona kanalini qazdik D) Har kim ekkanini o‘radi. 20. Nodirjon jahli chiqib, qo‘lini siltab eshikni yopib olishi bilan hech nimani anglamay qolgan Abdulla ajablanib so‘radi: “Unga nima bunchalik ta’sir qildi, shaharga borib keldimi o‘zi?” Ushbu gapda nechta ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan? A) 3 ta B) 4 ta С) 1 ta D) 2 ta 21. Onangni kaftingda tutsang, singlingni kiftingda tut. Ushbu maqolda keltirilgan mustaqil kesimli gap tarkibidagi ma’no farqlovchi fonemaga qaysi qatorda to‘g‘ri ta’rif berilgan? A) til oldi, yuqori tor, lablanmagan B) til oldi, quyi keng, lablanmagan C) til orqa, yuqori tor, lablangan D) til orqa, o‘rta keng, lablangan 22. Qaysi gapda yasashga asos bo‘luvchi qismi sifat so‘z turkumiga oid, tovush o'zgarishiga uchragan, yasovchi qismi esa omonim xarakterga ega bo‘lgan so‘z berilgan? A) Kuz kelishi bilan daraxtlarning barglari sarg‘ayib, oltin rangini ola boshladi. B) Davr qiynoqlari o‘tkinchi - hali hamma narsa oldinda. C) Mukammal ko‘rmoqchi bo‘ldik dunyoni, Yetuk bo‘lolmadik o'zimiz. D) Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atalgan tortig‘idir. 23. Garchi zulm qilganlarni yoqtirmadim, She’r yozdim-u, bo‘lak ishni qotirmadim. Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim, Bir eslasam eziladi bag‘ri dilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Ushbu she’riy parchada omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan bir tovushdan iborat so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nechta? A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) ushbu she’riy parchada bir tovushdan iborat so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud emas. 24. Berilgan gapda so‘zga yangi ma’no beruvchi morfemalar qatnashgan so‘zlar qaysi bo‘laklarga nisbatan hokim bo‘lak vazifasini bajargan? Bobolarning an’anaviy ishlarini mukammal rivojlantira olsang, sen baxtlisan. A) to’ldiruvchi, hol, egaga nisbatan B) ega va holga nisbatan C) aniqlovchi, to‘ldiruvchi va kesimga nisbatan D) to'ldiruvchi va egaga nisbatan 25. Abdulla Oripov bir she’rida hayotini izdan chiqaradigan tuhmat yo bo'htonni qaysi so‘z orqali ifodalaydi? A) robot B) muhabbat C) shamol D) qo‘riqxona 26. Navoiyshunoslar «begona bayt» tushunchasiga bergan ta’riflari qaysi javobda to‘g‘ri saralangan? 1) Abduqodir Hayitmetov; 2) Y. Is’hoqov; 3) Najmiddin Komilov; 4) Porso Shamsiyev. a) «lirik chekinish»; b) «begona yoki qistirma baytlar»; c) «gardish»; d) «bozgasht» («qaytish»). A) 1-b; 2-a; 3-c, d B) 1-a; 2-b; 3-c, d C) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d D) 1-b; 2-a; 3-d; 4-d 27. Maxmur haqida ma’lumot keltirilgan javobni toping. A) O’zi tug‘ilib o‘sgan qishloq haqida hajviy she’ri mavjud. B) Ayollar qismatiga bag‘ishlangan «Qarolar falsafasi» asarining muallifi. C) Xorazmning sug‘orilish tarixiga oid «Arnalar» degan risola bitgan. D) Birinchi bosmaxona uning nomi bilan bog‘liq. 28. Meditativ nazm bu...? A) hissiyot jilvalari aks etgan she’riyat B) eng ichki ehtiroslar aks etgan nazm C) qarama-qarshiliklar aks etgan nazm D) voqeaga asoslangan nazm 29. Bir adabiy turga mansub bo‘lgan asarlar berilgan qatorni aniqlang. A) «Sevgim, sevgilim», «Yer yonganda», «Ayajonlarim» B) «Oq qaldirg‘och», «Turon malikasi», «Xatingni kutaman» C) «Shohi so‘zana», «Chodrali ayol», «Millatimga» D) «Adabiyot muallimi», «Navoiy», «Qanotlan qo'shiqlarim» 30. Bitiklarning qaysi birida «uy, dunyogagina qaraydigan, ko‘ziga faqat mol-mulk ko'rinadigan beklar, sizlar gumrohsizlar», - deya yozib qo‘yilgan? 56 A) Bilga xoqon bitiktoshida B) To'nyuquq bitiktoshida C) Eltarish xoqon bitigida D) Kul Tigin bitiktoshi 31. Zulm o‘zinga fisqdur, ey hushyor, Gum qil ani, bo‘lsa sanga hush yor. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan? A) tashxis B) tajnis C) ishtiqoq D) tazod 32. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» dostoni haqidagi birinchi ma’lumot qachon e’lon qilingan? A) XVIII asrda B) XV asrda C) XIX asrda D) XX asrda 33. «Baxt tongotari» nomli to‘plam muallifini aniqlang. A) Hamid Olimjon B) Turob To‘la C) Asqad Muxtor D) Zulfiya 34. «Barakallachilar»ning so‘ziga kirib qarzga botgan obraz qaysi asarda uchraydi? A) «Abulfayzxon» B) «Yo jamshid» C) «Advokatlik osonmi» D) «O’g‘ri» hikoyasi 35. Boburning «Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati» va «Sendek menga bir yori vafodor topilmas» g‘azallarida nima aks etgan? A) ziddiyatlarga to‘la hayoti B) biografik chizgilar C) shoirning hayotsevarligi D) afsus-nadomatga to’la fikrlari 36. Rudakiy o‘z asarida nimani besh-olti kunlik aziz mehmon deya ta’kidlaydi? A) yoshlikni B) mansabni C) go'zallikni D) qarilikni Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling