1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
51
19-variant 1. Qaysi gapda asosi til undoshlaridan iborat kompozitsiya usuli bilan yasalgan so‘z boshqaruvli birikmaning tobe qismi bo‘lib kelgan? A) Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. B) U soydan o'tolmay qolganlarning hammasini birma- bir qo‘lidan ushlab o‘tkazib. qo‘ydi. C) Tushga yaqin dadam bizga oyim pishirib bergan ovqatni keltirib berdi. D) Bugun ushbu musobaqada ishtirok etayotganimdan behad xursandman. 2. O’zbekchilik qanday samimiy, jafokash so‘z. Tong qorong'usida turib ko‘cha supurayotgan kelinchakning supurgisi shu so'zni qo'shiq qilib aytayotganday, paxtazordan paxta to‘la qop orqalab chiqayotgan yigitning qoraygan, ajinli yuzlaridan oqib lablariga tushgan terda «o‘zbekchilik» deyilgan so'zning ta’mi bor. Gapda nechta xususiyat sifati bo‘lib, ularning nechtasi yasama? A) 3 ta, 2 ta B) 4 ta, 2 ta C) 4 ta, 4 ta D) 4 ta, 3 ta 3. Quyidagi qaysi gapda yuklama ega vazifasidagi so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklagan? A) Men na bol tayyorlamoq mashaqqati va na uya solmoq kulfatini o'ylayman. B) Go‘yo tog’larga mayin oq kigiz yopilganday ko‘rinadi. C) Sen ham men kabi rohatda yashasang bo‘lmaydimi? D) Qizginam atlas ko'ylagini hilpiratib kiyib keldi. 4. Qaysi qatordagi gapda hokim qismi harakat nomi shaklidagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo'shilmasi bilan ifodalangan moslashuvli so‘z birikmasi mavjud? A) Jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlarda so'zlashish odobiga qat’iy rioya qilishlari zarurligi ta’kidlanadi. B) Kasbning eng yaxshisi kishining o‘z qo‘li bilan bajarilgan ishi va halol savodi. C) Tilimizning tovlanib turishida shoir uchun ne-ne bitmas-tuganmas xazinalar bor. D) Ilm va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. 5. Ergash gap bosh gaplarning bir xil bo‘laklarini izohlagan bir necha bosh gapli murakkab qo'shma gapni aniqlang. A) Kimki ota-onasini hurmat qilsa, u boshqalardan izzat topadi, el orasida yaxshi deb nom qozonadi. B) Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz. C) Kimning qalbi pok bo‘lsa, uning ishlari o‘z-o‘zidan yugurishib ketaveradi, hamma unga madadkor bo‘ladi. D) Kimki umid bilan daraxt o'tqazsa, olqish-u rahmatlarga sazovor bo‘ladi, bir kuni kelib bu daraxt unga meva beradi. 6. Rahim amakining uyi olti tomdan keyin joylashgan. Ushbu gapdagi tom so‘zida qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) vazifadoshlik B) metafora C) sinekdoxa D) metonimiya 7. Arab tilidan o'zlashgan so‘zlar qatorini belgilang. A) quyosh, ko‘k, havo B) mo‘min, havo, vujud C) xo‘roz, olov, farzand D) mayin, olov, farzand 8. O‘zbekiston xalq shoiri Habibiy domla aruzni chuqur o‘rganib va unda ijod qilib, mumtoz adabiyotimiz an’analarini baholi qudrat davom ettirgan. Shu boisdan u o‘ttizinchi yillar boshida adabiyotdan chetlatilgan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib qo‘yilgan. («Vatan tuyg'usi») Berilgan gapdagi fe’llar tarkibida qaysi nisbat qo‘shimchalari qo'llanilgan? A) Orttirma, majhul B) Majhul, o‘zlik C) Birgalik, orttirma D) O’zlik, birgalik 9. Yozma nutqning harflar tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi ... . A) orfografiya B) orfoepiya C) fonetika D) grafika 10. Beva-bechora, mayib- majruh, xor-u zor insonlarga ko‘ngildan chiqarib berilgan moddiy yordam: pul-non, mayiz-yong‘oq, kiyim-bosh va hokazolarga xayr- sadaqa deyiladi. Berilgan gapdagi juft so'zlar qanday sintaktik vazifa bajargan? A) Aniqlovchi, to‘ldiruvchi, kesim B) To‘ldiruvchi, ega, hol C) Ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi D) Aniqlovchi, to‘ldiruvchi, ega 11. Qaysi qatordagi gapda yuklama ishtirok etgan? A) Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham. B) Uni eslashimiz bilan darhol tashqarida ovozi eshitildi. C) Surur-la yashagay kelajak avlod. D) O’tmish bilan kelajak o‘rtasida bugun bor. 12. Gullar ishq haqida kuylasalar, qushlar sadoqat haqida chug‘urlashib bahs qilishardilar, gullar Nargisga tasalli bersalar, bulbullar chax-chaxlab, Bamburni Gullar bog‘iga chaqirardilar. Ushbu gapda nechta yasama fe’l ishtirok etgan? A) 4 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 5 ta 13. Unli va undosh tovushlar haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? 1) Unli tovushlar faqat un (ovoz) dan hosil bo‘ladi; 2) Undosh tovushlar hosil bo'lishida o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to'siqqa uchramasdan o‘tadi; 3) Unlilarni cho‘zib talaffuz qilish mumkin; 4) Undoshlarni ham cho'zib talaffuz qilish mumkin; 5) Undoshlar talaffuzida 52 tovush paychalari, albatta, titraydi; 6) Undoshlar talaffuzida tovush paychalari titrashi ham, titramasligi ham mumkin. A) 2, 3, 4 B) 2, 4, 5 С) 1, 2, 3 D) 1; 5, 6 14. Faqat bir usulda yasalgan sifatlar qatnashgan gapni aniqlang. A) Shirinsuxan, oqko'ngil odamlar mevali daraxtga o'xshaydi: katta-yu kichik ulardan bahra oladi. B) Osmon tiniq, oyning kumushsimon tumanli nuriga cho‘mgan, yulduzlar sirli jilmayar edi. C) Sofdil, mehnatsevar, fidoyi va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. D) Bu odam juda shirinsuxan, dilkash va mehnatsevar edi. 15. Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiqchasiga va mardlarcha fikr bildiring. Yasama ravishlarning yasalish asosi qaysi turkumga mansub? A) sifat, ravish B) fe’l, sifat C) sifat D) fe’l, ot 16. Qaysi qatordagi so'zlar to‘g‘ri yozilgan? A) “G‘afur G'ulom” nomidagi nashriyot, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi B) Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Oliy Kengashi C) Toshkent viloyati hokimligi, Guliston Davlat Universiteti D) Quvasoy sement zavodi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 17. Qanday ravishlar yasama ravish hisoblanadi? 1) Yasovchi qo‘shimcha qo‘shish orqali hosil qilingan ravishlar; 2) Asos qismini juftlash orqali hosil qilingan ravishlar; 3) Asos qismini takror qo‘llash yo‘li bilan hosil qilingan ravishlar. A) 1, 2 B) 2, 3 С) 1, 2, 3 D) 1, 3 18. Merosxo‘rlik faqat mulk Yoki boylik uchunmas. Bu bobolar, momolar Qabrini tinch saqlashdir. Ota tuzini oqlash, Ona sutin oqlashdir. Berilgan parchada otlar tarkibidagi munosabat shakllari necha o'rinda belgisiz qo‘llangan? A) 6 o‘rinda B) 4 o‘rinda C) 3 o'rinda D) 2 o‘rinda 19. Quyidagilardan qaysi biri turkiy tillarga mansub emas? A) qorachoy B) balqar C) yoqut D) bolgar 20. Asosida ikkita jarangli undosh o‘rtasida keng unli qatnashgan yasama so‘zni aniqlang. A) gulbeor B) qarmoq C) borliq D) chopqir 21. Quyidagilardan qaysi biri yuklama? 1) balki; 2) nahotki; 3) nihoyat; 4) axir; 5) agar; 6) hech; 7) sira. A) 2, 3, 5, 6 B) 2, 3, 4, 7 C) 2, 4, 6, 7 D) 1, 2, 4, 7 22. O’qishlar har xil bo‘ladi: birov ermak uchun, birov hordiq chiqarish uchun, birov o‘qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, birov bo‘lak mashg'ulot boimaganidan vaqt o‘tkazish uchun, birov asardagi voqeaga, qahramonning taqdiriga qiziqib o'qiydi. Ushbu gap... A) ergashgan qo‘shma gap B) bog‘langan qo'shma gap C) aralash murakkab qo'shma gap D) bog‘lovchisiz qo‘shma gap 23. Keltirilgan atamalardan tilshunoslikning sintaksis bo'limiga tegishli bo‘lganini aniqlang. A) ajratilgan bo‘lak, nomustaqil kesim, erkin birikma B) teng bog‘lanish, erkin birikma, munosabat shakllari C) turg'un birikma, bog‘lama, vergul D) undalma, modal so‘z, kiritma 24. Istiqlol yillarida o'zbek tilining qo'llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi- yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Mazkur gapda qaysi gap bo‘laklari uyushib kelgan? A) ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi B) ega, aniqlovchi, aniqlovchi C) ega, aniqlovchi, aniqlovchi, hol D) ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi 25. Shoirning fikri va hissiyoti hayot hodis^lari tufayli junbushga kelishi va muallif ularni o‘z yuragidan o‘tkazishi qanday she’riyatda ifoda etiladi? A) epistolyar she’riyatda B) hajviy lirikada C) ijtimoiy she’riyatda D) intim she’riyatda 26. Boburning quyidagi ruboiylaridan qaysi birida fojia hazil bilan beriladi? A) Ey, oy yuzing olida quyosh sharmanda... B) Ey yor, sening vaslingga yetmak mushkul... C) Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen... D) Hajringda but un ko‘ngulda qayg‘u edi... 27. Ortdan kelib pichoq sanchadigan, to‘g‘ri kelsa ariniyam yengolmaydigan navkarboshilar haqida she’r yozgan shoir kim? A) Usmon Azim B) Sirojiddin Sayyid C) Faxriyor D) Mirzo Kenjabek 28. «Risola» - o‘zbek prozasining yaxshi va go‘zal namunasi sifatida ham e’tiborga molikdir», deya ta’riflangan o‘zbek nasrining ilk namunalaridan biri hisoblanmish «Risola» asari kimning qalamiga mansub? A) Bobur B) Husayn Boyqaro C) Alisher Navoiy D) Lutfiy 53 29. «Kuntug‘mish» dostonida kim kimga: «Falak peshtoqidan uchgan yulduzim, Ulug‘ daryolardan chiqqan qunduzim», deb murojaat qiladi? A) Xolbeka Kuntug‘mishga B) Qoraxon Kuntug‘mishga C) Kuntug‘mish Xolbekaga D) Xolbeka ikki farzandi- Mohiboy va Gurkiboyga 30. «Muazzam Sharqning ilm-u donishi, ma’naviyatini qancha ko‘p va xo‘b o‘zlashtirsak, fikrimiz shuncha ravshan, ruhimiz shuncha bardam bo'ladi.» Yuqoridagi fikrlar qaysi adabiyotshunos olimga tegishli? A) Homil Yoqubov B) Ozod Sharafiddinov C) Naim Karimov D) Najmiddin Komilov 31. Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin, Necha bo‘lg‘ay bu ko‘zim muntazir, och. Lutfiy qalamiga mansub ushbu misralarda qanday san’at yetakchilik qiladi? A) tajnis B) tazod C) tamsil D) kitobat 32. Anvar yosh bo’lsa ham, jiddiy va kichkina miyasi muhokamaga qobil, boshqa kishilar ustiga tushgan baxtsizlikdan ham mutaassir bo‘luvchi edi. «Mehrobdan chayon» romanida keltirilgan ushbu ta’rifdagi «mutaassir» so‘zining ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) talabchan, zehnli B) baxtni topuvchi C) ta’sirlanuivchan, ko'ngliga oluvchan D) yig‘lovchi, alam chekuvchi 33. Yozuvchi Shuhrat qaysi asarini «Yuragimning ochiq yarasi va shukronasi» deb atagan? A) «Shinelli yillar» B) «Oltin zanglamas» C) «Jannat qidirganlar» D) «Mashrab» 34. «Maskarad» (Lermontov) asarini o‘zbek tiliga kim tarjima qilgan? A) Mirtemir B) Usmon Nosir C) Cho‘lpon D) Oybek 35. Asqad Muxtor o‘zining eng so‘nggi «Uyqu qochganda» (1997) nomli kitobida nimalarni aks ettiradi? A) O’zbek nasri taraqqiyotiga hissa qo‘shgan romanlar, ularda yoritilgan mavzular tasnifi borasidagi fikrlari bilan adabiy jamoatchilik va kitobxonlarni tanishtiradi. B) Hozirgi hayot, ma’naviyat, madaniyat va badiiy ijod borasidagi mulohazalarini aks ettiradi. C) Hozirgi zamon adabiyoti, yosh shoirlar, ular qalamga olayotgan mavzular dolzarbligi va ahamiyati borasidagi o‘z fikrlarini aks ettiradi. D) O’zbek dramaturgiyasi rivojiga hissa qo'shgan adiblar, ularning asarlarida hayotning aks ettirilishi borasidagi yutuqlar va kamchiliklarni yoritadi. 36. «Men ketgan so'ng uydan chiqib o‘tirma, Do‘st yig‘latib, dushmanimni kuydirma» so'zlari qaysi doston qahramonga tegishli? A) Sultonxon, «Rustamxon» B) Hasanxon, «Ravshan» C) Boybo'ri, «Alpomish» D) Kuntug'mish, «Kuntug'mish» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling