1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

27-variant 
1. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) quyosh, ko‘k, havo 
B) mo‘min, havo, vujud 
C) xo‘roz, olov, farzand 
D) mayin, olov, farzand
2. Qaysi gapdagi barcha so'zlarning asosi omonim 
xarakterga ega? 
A) Boshingga qilich kelsa ham, rost so‘zla.
B) Birovga ishonib yashamang zinhor.
C) Do'stim uloqda yutdi.
D) Karam qil, buncha kuydirma meni.
3. Men o‘zimdan oldin o‘tganlarning xizmatlarini 
mamnuniyat bilan uqib oldim va ularning 
nuqsqnlarini tuzatishga tirishdim. Ushbu gap haqida 
bildirilgan noto‘g‘ri hukmlarni aniqlang. 
1) olmoshning 3 ta turi qo‘llangan; 2) aniqlovchiga 
nisbatan hokim vositali toidiruvchiga nisbatan tobe 
qism vazifasini bajaruvchi so‘z 2 o‘rinda qo'llangan; 
3) aniqlovchiga nisbatan hokim vositali 
to'ldiruvchiga nisbatan tobe qism vazifasini 
bajaruvchi so‘z 1 o'rinda qo‘llangan; 4) 2 ta sof 
yordamchi so‘z turkumiga oid birlik qo‘llangan; 5) 6 
ta so‘z turkumiga oid birlik qo‘llangan; 6) 2 o'rinda 
she’riyatda omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan 
qo‘shimchalar bilan kelgan so‘zlar tobe -hokim 
munosabatiga kirishgan. 
A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 4, 5 
C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 5
4. Qaysi qatordagi ko'chirma gapli qo'shma gapning 
ko‘chirma gap qismi ega ergash gapli ergashgan 
qo'shma gapdan iborat?
A) Suqrot aytadi: «Takabburlik va zulm - 
ulug'likning ofati, muloyimlik va tavoze esa 
insonning ziynatidir». 
B) Odil sud dedi: «Bu savollardan ma’lum bo‘ldiki, 
aybnoma uydirma emas». 
C) Sofdil vazirlardan biri: «Ey podshohi olam, har 
kim g‘azabini ichiga yutsa, u gunohkorning 
gunohidan o‘tadi deyapti».
D) Donolar deydi: «Bilingki, jim turib salomat 
bo‘lish, gapirib malomatga qolishdan afzal».
5. Keltirilgan atamalardan tilshunoslikning sintaksis 
bo'limiga tegishli bo‘lganini aniqlang. 
A) ajratilgan bo‘lak, nomustaqil kesim, erkin birikma 
B) teng bog‘lanish, erkin birikma, munosabat 
shakllari 
C) turg‘un birikma, bog‘lama, vergul 
D) undalma, modal so‘z, kiritma 
6. Tarkibida so‘z yasovchi qo'shimchasi bo‘lmagan 
faoliyat- jarayon oti qaysi qatorda berilgan?
A) Dadam kunduzi g‘o‘zani chopiq qilib charchagan 
ekan, sira uyg‘onmadi. 
B) Ta’tilda o‘qituvchi opamiz sayohatga olib 
boradigan bo‘ldi. 


74 
C) Shofyorlik kursini bitirib, konda ishlay 
boshladim. 
D) Otaqo‘zi bo‘lajak kuyovining bachkana 
qiliqlariga ichida bir g‘ijinib qo‘ydi.
7. Onangni kaftingda tutsang, singlingni kiftingda 
tut. Ushbu maqolda keltirilgan mustaqil kesimli gap 
tarkibidagi ma’no farqlovchi fonemaga qaysi qatorda 
to‘g‘ri ta’rif berilgan? 
A) til oldi, yuqori tor, lablanmagan 
B) til oldi, quyi keng, lablanmagan 
C) til orqa, yuqori tor, lablangan 
D) til orqa, o‘rta keng, lablangan
8. Boyaqish enam sirpanib, necha yerda yiqildi, 
harsillab, nafasi bo‘g‘ilib, axir yetib bordi. 
Fe’l nisbatlari turi va sonini aniqlang.
A) 2 ta aniq, 2 ta o‘zlik, 1 ta majhul 
B) 3 ta aniq, 2 ta o‘zlik
C) 3 ta aniq, 1 ta o'zlik, 1 ta majhul 
D) 4 ta aniq, 1 ta o'zlik
9. Navoiy asarlari lug'atidan keltirilgan «bosh 
uchurmak» fe’liga ma’nodosh bo‘la oladigan javobni 
belgilang. 
A) bosh olib chiqmoq 
B) bosh tortmoq 
C) bosh ura kirishmoq 
D) bosh tushirmoq
10. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro bir umumiy 
ma’noga ega emas? 
A) gavdali, barvasta, norg'ul 
B) adolat, haqqoniylik, to‘g‘rilik 
C) tanti, erka, bema’ni 
D) gangimoq, kalovlanmoq, talmovsiramoq 
11. Bir qo‘li bilan yo'lbarsning hiqildog‘idan 
ushladi-yu, o‘ziga yetkazmasdan zarb bilan 
shamshirini sanchdi. Tarkibida uchta ko‘makchi 
morfemasi bor boigan so‘z (-lar) ning gapdagi 
vazifasini aniqlang. 
A) to'ldiruvchi 
B) to‘ldiruvchi, hol
C) kesim, hol
D) hol
12. Qaysi gapda so‘zlar tarkibidagi kelishik 
qo'shimchalarini almashtirib yozib bo'lmaydi? 
A) Quyosh erir yurak taftim (-ga, -da, -dan) 
B) Shaxsiy hayotingiz (-ga, -da) muvaffaqiyat 
tilayman 
C) Kamon otish (-ni, -ga) o'rgandim 
D) Berilgan barcha misollarda kelishik 
qo'shimchalarini almashtirib yozish mumkin
13. Istiqlol yillari... o'zbek tili... qo'llanish doirasi 
kengaygani, u... ilmiy asos... rivojlantirish... 
qaratilgan tadqiqotlar, tilimiz... xususiyatlari... 
bag‘ishlangan kitoblar... chop etilayotgani jamiyat 
tafakkuri... yuksaltirmoqda. Ushbu gapda nuqtalar 
o'rnida qaratqich kelishigi qo‘shimchasi necha marta 
qo‘llangan?
A) 4 В) 3 C) 5 D) 2
14. Qaysi qatorda kesimlari qo'shma fel bilan 
ifodrdangan murakkab fe’l kesimli bog‘lovchisiz 
qo‘shma gap berilgan?
A) Adolat va haqqoniyatni o‘zingga rahbar qilib ol, 
hech kimga zarar yetkazma. 
B) Har vaqt mo‘tadil holda ish yurit, haddan 
ortiqchalikdan saqlan. 
C) Odami ersang, demagil odami, Oni kim yo‘q xalq 
g‘amidin g‘ami. 
D) Men o'zimdan oldin o‘tganlarning xizmatlarini 
mamnuniyat bilan uqib oldim va ularning 
nuqsonlarini tuzatishga tirishdim.
15. Fe’lning kelasi zamon shaklini hosil qiluvchi 
quyidagi qo'shimchalar haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri? 
1) -ar; 2) -jak; 3) -gay; 4) –ur
A) 1, 2, 3 - uslubiy betaraf, 4 - uslubiy xoslangan 
B) 1, 2 - uslubiy betaraf, 3,4 - uslubiy xoslangan 
C) 1 - uslubiy betaraf, 2, 3, 4- uslubiy xoslangan 
D) 1, 4 - uslubiy betaraf, 2-3 - uslubiy xoslangan 
16. To’liqsiz gap berilgan qatorni toping. 
A) Bugun biz bilan qolasiz-a? - Ha. 
B) Novvoyga non aziz, tegirmonchiga – un. 
C) Marhamat, kiring.
D) Go‘zallik ilm-u ma’rifatda. 
17. Bitta tirnog‘i ortiq itlarni shunaqa atashadi. 
Necha o'rinda tovush o‘z jarishi hodisasi yuzaga 
kel/janini aniqlang. 
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 
18. Qo'shma fe’llar ismlarga quyidagi qaysi fe’lni 
qo'shishdan hosil bo’lmaydi? 
A) bo‘l 
B) kel C) qil D) et 
19. Qaysi gapdagi barcha yasama so‘zlarning 
yasalish asoslari bir xil so‘z turkumiga oid? 
A) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda ko‘kargan 
archalar yo‘g‘on va bo'ydor bo‘ladi.
B) Yunonistonlik ovchilarning gaplariga qaraganda, 
hozirgi qushla r o‘z ajdodlaridan ko‘ra ancha iqlli va 
sezgirroq ekan. 
C) Bolaligimni uchqur xayollar, osmoniy orzular, 
sirdosh dugonalar bilan o'tkazganman. 
D) Inson g‘alabalardan shodlansa, omadsizlik va 
qiyinchiliklardan tushkunlikka beriladi.
20. Hoy o‘g‘lim, bu yoqqa kel, tezroq!
Berilgan gapda ega qaysi so‘z turkumi bilan 
ifodalangan?
A) undov so‘z
B) ega ifodalanmagan 
C) olmosh 
D) ot
21. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan yasama so‘z 
qatnashgan qaysi gap tarkibida kelishik qo‘shimchasi 
bilan almashadigan sof ko'makchi qatnashgan?
A) Qo‘pol tabiatli odam safarga chiqib ketganidan 
keyin olim odam kun bo‘yi toqatsizlanib yig'ladi.
B) O’zligini anglamagan, manqurtlik tomon 
ketayotgan odamlar ishtirokida yangi jamiyat qurib 
bo‘lmaydi. 


75 
C) Mehnatsevarligi uchun el-u yurtda obro‘-e’tibor 
topdi. 
D) Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab 
chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat fizik hamda 
ximiklarga, balki vrachlar, adabiyotshunoslar va 
tinchlikparvarlarga ham berilishini vasiyat qilib 
ketdi.
22. Yasama holat ravishdoshli birikma... 
A) yaqinlashgach aynimoq 
B) egallagani qaytmoq 
C) qarsillab urilmoq 
D) yiqilgancha ho'ngramoq
23. Yasama so‘z qatnashmagan gapni aniqlang. 
A) Yaxshi o'qigani uchun mukofotlandi. 
B) U uyalganidan qizarib ketdi. 
C) Bolalar o'ynab kelgani ko'chaga chiqib ketishdi.
D) O’tirganlar otning dupur- dupurini baralla 
eshitishdi.
24. Chiziqcha bilan yozish haqidagi quyidagi 
qoidalardan qaysi biri xato? 
A) So‘zning-ta, ba-yordamida birlashgan qismlari 
chiziqcha bilan yoziladi. 
B) Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlaridan keyin 
chiziqcha qo‘yilmaydi. 
C) Yetakchi va ko'makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, 
chiziqcha bilan yoziladi. 
D) Juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan 
so‘zlar chiziqchasiz yoziladi. 
25. «Ko‘nglingdagi ko'rkam o‘y og‘zingdan 
chiqqach xiralanadi» so‘zlari qaysi asardan olingan?
A) Alisher Navoiy, «Mahbub ul-qulub». 
B) Abay, “Nasihatlar”. 
C) Ahmad Yugnakiy, «Hibatul-haqoyiq». 
D) Saolibiy, «Yatimat ad-dahr». 
26. Yaxshilikka yomonlik qilgan kishining xudoning 
qahriga yo‘liqishi Ezopning qaysi masalida 
uchraydi? 
A) «Eshak bilan baqalar» 
B) «Ustiga tuz yuklangan eshak» 
C) «Kiyik bilan tokzor» 
D) «Bo‘ri bilan laylak» 
27. Quyida berilganlardan Asqad Muxtorning 
qissalarini aniqlang.
1) “Po‘lat quyuvchi”; 2) «Daryolar tutashgan joyda»; 
3) «Samandar»; 4) «Buxoroning jin ko‘chalari»; 5) 
«Davr mening taqdirimda». 
A) 2, 3, 5
В) 1, 4, 5 
С) 1, 3, 4
D) 2, 4
28. ... Bu ko'zlar unga hayot va istiqlol va’da qilardi, 
bu ko'zlar umid va ishonch baxsh etardi. Bu 
ko'zlarda odamiylik va haqiqat yonardi. Bu kimning 
ko'zlari? 
A) Salimxon
B) Maryamxon 
C) Pushkaryov 
D) Oysuluv
29. «Inson o‘lmas o‘ldirmasa g‘am,
Makon qil mas qaro turbatni.
Ko'rsa agar tirigida ham
O’lganida topgan hurmatni ...» Yuqoridagi misralar 
qaysi shoir qalamiga mansub? 
A) Omon Matjon 
B) Erkin Vohidov 
C) Muhammad Yusuf 
D) Xurshid Davron
30. «Kuntug'mish» dostonining qaysi xalq 
baxshilaridan yozib olingan variantlari mavjud? 
A) Saidmurod Panoh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul 
o‘g‘li, Umir baxshi shoir, Berdi baxshi 
B) Bekmurod Jo‘raboy o
!
g‘li, Po‘lkan shoir, Ergash 
Jumanbulbul o‘g‘li, Bo‘ron shoir 
C) Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Islom Shoir, Nurmon 
Abduvoy o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li D) Egamberdi 
OUamurod o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, 
Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
31. Tushlarida akasi jasadini topib, otasining yonida 
qabr qazigan lirik qahramonni yaratgan ijodkorni 
belgilang.
A) Usmon Azim 
B) Zulfiya 
C) Shuhrat 
D) Oydin Hojiyeva 
32. «Baxt tongotari» nomli to'plam muallifini 
aniqlang. 
A) Hamid Olimjon B) Turob To‘la
C) Asqad Muxtor
D) Zulfiya
33. Ezopning «Burgut, zag‘cha va cho‘pon>> 
masaliga tegishli xulosa qaysi qatorda to‘g‘ri 
berilgan?
A) «Behuda chiranish belni chiqaradi». 
B) «Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil». 
C) «Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma». 
D) «Yangi do‘stni ko‘rganda eskisini unutma».
34. Navoiyning qaysi g‘azalida qofiyaga olingan 
so‘zlardan faqat bittasi o‘zbekcha, qolganlari arabiy, 
forsiy so‘zlar sanaladi? 
A) «Bo‘ldum sanga» radifli g‘azalida 
B) «Qilg‘il» radifli g‘azalida 
C) «Во’l» radifli g‘azalida 
D) «Kelmadi» radifli g'azalida
35. Avaz O’tar devoni qanday ataladi? 
A) «Saodatul-iqbol». 
B) «Ta’viz ul-oshiqin». 
C) «Munis ul-ushshoq».
D) «Fidoyi xalqim».
36. 1) soqiy; 2) raqib; 3) ag‘yor; 4) rind.
Ushbu berilgan lirik timsollardan qaysi biri lirik 
qahramon darajasiga ko‘tarila olmaydi? 
A) 3, 4
B) 4 
С) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling