1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
12-variant
1. Shaxs otlari ega vazifasida kelmagan gapni belgilang. A) Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. B) Aravakash mo'mingina, muloyim, kamgap kishi. C) Shavkat eng oldin enasi bilan quchoqlashib, xayr- xo‘shlashdi. D) Hoji buvi qo‘lidan kelgancha dori-darmon qildi, keyin oyim tuzaldi. 2. So‘roq gaplar haqidagi barcha to‘g‘ri fikrlar ko'rsatilgan javobni belgilang. 1) so‘roq gap orqali darak gap ma’nosini ifodalash mumkin; 2) so‘roq yuklamalari orqali yasalgan so'roq gaplar o‘ziga muvofiq aniq javobni talab qiladi; 3) so‘roq gap orqali buyruq ma’nosini ifodalash mumkin; 4) so'roq gapga his-hayajon ma’nosi qo‘shilib, uni undov gapga aylantirishi mumkin; 5) so‘roq olmoshlari orqali yasalgan so‘roq gaplar «ha» yoki «yo‘q» javobini talab qiladi; 6) so‘roq gaplar so‘roq olmoshlari, so‘roq yuklamalari, so'roq ohangi yordamida hosil qilinadi. A) 1, 2, 3, 4 В) 1, 2, 3, 6 С) 1, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 6 3. Berilgan til birliklaridan nechtasi asos morfema holatida ham, so‘z va shakl yasash holatida ham kela oladi? 1) (-) don; 2) (-) xon; 3) (-) soz; 4) (-) xona; 5) (-) in; 6) (-) lab; 7) (-) ov. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5ta 4. Zidlov munosabati ifodalangan bog‘langan qo‘shma gapni toping. A) Uydagilar xursand edi, ammo bu xursandchilik unga tatimadi. B) Burgut yalqovgina, lekin viqor bilan qanotlarini yoyib uchib ketdi. C) Na hamdard kishisi bor, na ovuntiradigan mashg‘uloti. D) Kuz tushdi, tog’ cho‘qqilarini qor bosdi. 5. Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada, Olti oykim, o‘zgalarga tilayman omad. Olti oykim, do‘stlarim ham pana-panada Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat. Berilgan she’riy parchada chiqish kelishigi qo'shimchasi qaysi vositalar bilan ma’nodoshlik hosil qilishi mumkin? 1) tushum kelishigi qo'shimchasi; 2) haqida ko'makchisi; 3) o‘rin- payt kelishigi qo‘shimchasi; 4) kabi ko'makchisi. A) 2, 3 B) 3, 4 С) 1, 4 D) 1, 2 6. Istiqlol tufayli chekka qishloqlarda arzigulik korxonalar yaratildi. Berilgan gapda nechtsf tobe bog‘lanish mavjud? A) 5 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 8 ta 7. Undov qatnashgan qaysi gapda undalma ham 33 qatnashgan? (Xo‘sh, ishlar yaxshimi? - so‘radi Mirsidiq aravacha yonida bitta-bitta odim bosib borishar ekan.) A) Faryodim, fig'onim butun bir jahon, B) Ey muhtaram shoir, izladim, keldim. C) Dastlab ular Umidjonni ko'rganda pisandsiz: «Е, bu mishiqi bola-ku», - deyishar, biroq uning ertaklarini eshitgach: «Yo‘q, bu bola emas, dunyo ko‘rgan chol ekan», - deya tan berib ketisharkan. D) Voy, shoshmang, diydorginasiga bir to‘yvolay. 8. Berilgan gapda teng munosabatdagi bo‘laklar qaysi bo‘lak vazifasida kelgan va qaysi bo‘lakka bevosita tobelangan? Navoiy, Bedil, Fuzuliy baytlarini tahlil qilish kerak. A) ega; kesimga B) ega; aniqlovchiga C) aniqlovchi; to‘ldiruvchiga D) to‘ldiruvchi; kesimga 9. Qani, oldimga tushib ko‘rchi! Ushbu jumla mazmuniga ko‘ra qanday gap? A) darak gap B) buyruq gap C) so'roq gap D) ritorik so'roq gap 10. Quyidagi qaysi gaplarda yordamchi so‘z orqali ma’nosi kuchaytirilib, ta’kidlangan ega qatnashgan? 1) Sen ham men kabi rohatda yashasang bo'lmaydimi? 2) Menda na bol tayyorlamoq mashaqqati va na uya solmoq kulfati bor. 3) Faqat daraxtlar, ariqlar, ko'priklargina tanish. 4) Vatan himoyasi yo'lida jon fido etgan o‘g‘lonlarimizning onalari ham mardonalik bilan istiqlolga erishish uchun ko'ksini qalqon qilgan farzandlari haqida faxrlanib gapirdi. A) 1, 3 В) 1, 2, 4 С) 1, 2, 3, 4 D) 1, 4 11. Quyidagi qaysi gapda yuklama bog'lovchi vazifasida kelgan? A) otada na rnehr, na sehr qolmadi. B) o'rtada bo'lsin deb qadr ham izzat... C) hatto it urishsa zirqirar qalbim. D) buyuk bir aqlni bergan-ku, ammo... 12. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma’nosini ifodalovchi tilimizda yangi paydo bo‘lgan so‘zni toping. A) strategiya B) diversifikatsiya C) investitsiya D) modernizatsiya 13. Bilim mehnat bilan, tilak g‘ayrat bilan go‘zal. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar tarkibidagi unlilar haqida noto‘g‘ri hukmni aniqlang. A) yuqori tor lablanmagan unlilar soni 2 ta B) 1 ta lablanmagan unli ko‘makchi morfemada qo‘llangan C) ikki xil lablanmagan unli qatnashgan D) yuqori tor lablanmagan unlilar soni 3 ta 14. Otning o'zgaruvchan belgisini bildiruvchi otlashgan so‘z... A) o‘ylamog‘ining B) kulmog‘ining C) kulishlaringni D) gapirganlarga 15. Chaqimchining tilidan ilon zahar oladi. Ushbu gapda qanday munosabatli so‘z birikmalari qo’llangan? A) 1 ta moslashuv, 2 ta boshqaruv, 1 ta bitishuv B) 1 ta moslashuv, 1 ta boshqaruv, 1 ta bitishuv C) 1 ta moslashuv, 1 ta boshqaruv D) 1 ta moslashuv, 2 ta boshqaruv 16. «xususiyat sifati+nutq fe’li»qolipidagi birikma ... A) qattiq qichqirmoq B) egri kesmoq C) jo'rttaga eslamoq D) kuchli fikrlamoq 17. Matn tarkibidagi gaplarni bog'lovchi vositalarni belgilang: 1) bog'lovchilar; 2) bog‘lovchi vazifasidagi ayrim so‘zlar; 3) takroriy bo‘laklar; 4) olmoshlar; 5) sinonimlar; 6) ohang; 7) tartib. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 3, 6, 7 18. Quyida berilgan ish yuritish hujjatlaridan qaysilari qoilanish doirasi, maqsadi va vazifalariga ko‘ra farmoyish hujjatlari sanaladi? 1) buyruq; 2) yo'riqnoma; 3) ko'rsatma; 4) nizom; 5) shartnoma. A) 1, 3 B) 2, 3, 5 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 4 19. Gap bo‘laklarining joylashuvi - me’yoriy. Ushbu tahlil sodda gap tahlilining qaysi turiga mansub? A) Gapda so'zlarning bog‘lanishi bo‘yicha tahlil B) Gap qurilishi bo‘yicha tahlil C) Gap bo‘laklarini aniqlash bo‘yicha tahlil D) Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi bo'yicha tahlil 20. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo‘yilgan? A) Kampir bolalarga bir qismdan mayiz ulashdi. B) Lahm go‘shtlarni ajratib oldi va rastaga terib sota boshladi. C) Bola ikki yoshligidan ravon gapira boshladi. D) Mashina dovon tepasiga ko'tarildi. 21. Qaysi qatordagi gapda buyruq-istak mayli qo‘shimchasi faqat qo'shma fe’llarga ^ qo‘shilgan? A) Kun bo‘yi g'aflat bosib uxlama, sergak bo‘l B) Do'stlar, ishonch bilan kutingiz bizni, hech qachon bizlardan umid uzmangiz C) Qo‘lingni ochiq tutgin, boshingni g‘oz tut D) Uyga javob beraylik, o'n besh- yigirma kunga borib kelsin 22. Ilm ikki xil bo‘ladi biri qalbdagi ilm ikkinchisi tildagi ilm. Ushbu gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang. A) 2 o‘rinda vergul B) 2 o‘rinda vergul, 2 o‘rinda tire C) 1 o'rinda ikki nuqta, 2 o'rinda vergul D) 1 o'rinda ikki nuqta, 1 o'rinda vergul, 2 o'rinda tire 23. Qaysi qatordagi takroriy sifat tarkibi sifatdan iborat emas? A) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko'kni savalay ketdi. B) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi. 34 C) Ko'chani sho'x-sho'x bolalar to'ldirib o'tishdi. D) Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlar bilan qirga ko'tarila boshlashdi. 24. Tarkibida tor va keng unlilar yonma-yon kelgan so'zlarni belgilang. 1) muallim; 2) maorif; 3) xushmuomala; 4) qanoat; 5) saodat; 6) sharoit. A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 6 С) 1, 3, 5 D) 1, 3, 6 25. 1) «Orzu va qasos»; 2) «Mehrol»; 3) «Shinelli yillar daftari»; 4) «Farzand»; 5) «So'lmas chechaklar»; 6) «Ona va farzand»; 7) «Jamila»; 8) «Raymonda»; 9) «Uch qiz afsonasi»; 10) «Guldursun»; 11) «Qora va oq aravacha haqida ertak»; 12) «Mardlik afsonasi». Yuqoridagi asarlardan Shuhratning balladalarini aniqlang. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5, 7, 9, 11 C) 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12 D) 8, 9, 10, 11, 12 26. Aktyor sifatida ko'proq qirollarning rollarini o'ynagan mashhur dramaturg kim? A) Haynrix Hayne B) Vilyam Shekspir C) Robindranat Thokur D) Aleksandr Pushkin 27. Oy yorning oldida bir habashiy qul ekanligi, agar tonsa oyning yuzidagi dog'i bunga nishon ekanligi Sakkokiyning qaysi g'azalida keltirilgan? A) «Ey gul... » B) «Kim ermas ul oy mubtalosi» C) «Sentek jahonda...» D) «Unutma» 28. «Во’l», «Muncha ko‘p», «Ajab zamona» kabi satirik she’rlar muallifi kim? A) So‘fizoda B) Turdi Farog'iy C) Zavqiy D) Muqimiy 29. Yaxshilikka yomonlik qilgan kishining xudoning qahriga yo'liqishi Ezopning qaysi masalida uchraydi? A) «Eshak bilan baqalar» B) «Ustiga tuz yuklangan eshak» C) «Kiyik bilan tokzor» D) «Bo‘ri bilan laylak» 30. Tafsilotlarni bayon qilishga asoslangan bo'lib, unda epik va lirik xususiyatlar aralashib ketadi. Tasvirga muallif bemalol aralashadi, o‘z tuyg‘ularini erkin ifoda etadi. Gap qaysi janr haqida ketmoqda? A) kitobiy doston B) nasriy she’r C) she’riy roman D) doston 31. Usmon Nosirning: «Sen ey, sen - o'ynoqi dilbar, Zafardan izla yoringni» misralarida kimga yoki nimaga murojaat qilinadi? A) Ko'zga B) Sevimli yorga C) Yurakka D) Tengdoshlariga 32. Qaysi ijodkor masnaviy shaklida yozilgan «Doshhovli» tasviri» asari muallifidir? A) Ogahiy B) Munis C) Komil Xorazmiy D) Muhammad Rahimxon Feruz 33. Qaysi javobda Xayriddin Salohning she’riy to'plamlari berilgan? A) «Sarvinoz», «Ishqim va rashkim», «Izlar va hislar» B) «Oltin yaproqlar», «Toshkent bilan suhbat», «Laylo» C) «Chashma», «Izlar va hislar», «Ikkinchi imtihon» D) «Farg‘ona», «Yangroq hayot», «Sizni izlayman» 34. «Siyovush qissasi» (Firdavsiy »Shohnoma») va «Ona tilim» (R. Hamzatov) asarlarini bog‘lab turuvchi badiiy tasvir usuli qaysi qatorda to‘g‘ri ko'rsatilgan? A) bu asarlarni bog‘lab turuvchi xususiyat mavjud emas B) bir xil she’riy vaznda yozilgan C) tasvirlashda tushdan badiiy unsur sifatida foydalanilgan D) bir xil adabiy janrga mansub 35. «Qorning to‘q esa, arpa noni yaxshi ko‘rinmas, Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘p erur va sof. A’rof behisht o‘lg‘usidur do‘zax eliga, Jannat eliga bo‘lg‘usi do‘zax vale a’rof». Ushbu qit’a Sa’diyning qaysi hikoyatiga xulosa sifatida keltiriladi? A) Daryo ko‘rmagan qul haqidagi hikoyatiga B) Asirlikdan qutulib, yomon xotin qo‘liga tushgan kishi haqidagi hikoyatiga C) Hayit kuni adashib qolgan bola haqidagi hikoyatiga D) Bo'zdan libos kiyib yuruvchi podsho haqidagi hikoyatiga 36. Adabiy manbalarda keltirilgan «Xara tog‘i ustida, Xarati cho‘qqisida» yashovchi obraz kim? A) Ko‘k tangri («Shajarayi turk») B) Suqroti hakim («Farhod va Shirin») C) Axura Mazda («Avesto») D) Mitra («Avesto») |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling