1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

21 
8-variant 
1. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning 
ma’nosi metafora usulida ko‘chmagan? 
A) Och nazarim tushar suratga... Surat, surat! Nega 
sen tilsiz?.. 
B) O‘zi ancha yumshoq fe’lli yigit, - dedi Ikromjon. 
C) Temur tig‘i yetmagan joyni, Qalam bilan oldi 
Alisher. 
D) Bu ishni pishiq o‘ylab, keyin bajar. 
2. Keltirilgan atamalardan tilshunoslikning sintaksis 
bo‘limiga tegishli boiganini aniqlang. 
A) ajratilgan bo‘lak, nomustaqil kesim, erkin birikma 
B) teng bog‘lanish, erkin birikma, munosabat 
shakllari 
C) turg‘un birikma, bog'lama, vergul 
D) undalma, modal so‘z, kiritma 
3. Odamning har qanday sharoitdagi kuchli quroli 
uning aql-u zakovatidir. 
Ushbu gapda kesim necha marta boshqa bo‘laklarga 
nisbatan bevosita hokim bo‘lak vazifasini bajargan? 
A) 2 B) 4 С) 1 D) 3 
4. Qaysi javobda keltirilgan gapda tarkibi o'zaro 
qarama- qarshi ma’noli juft so‘z bo‘lgan qaralmish 
ishtirok etgan?
A) Insonning fe’l-atvoriga qarab, unga baho beriladi. 
B) Kishining husni-jamoli bo‘lmasa ham, so'zlari 
shirin bo‘lsa, unday odam elni o‘ziga qaratib oladi. 
C) Har nechuk, shu narsaga iqrormanki, muhabbat 
savdosining katta-kichigi bo‘lmas. 
D) Bu dunyoning ishlari qiziq: goh quvonib, goh 
bo‘lasan ziq. 
5. Maqola chiqdi. Ushbu gapning kesimi orttirma 
nisbatdagi fe’lga aylantirilganda qanday grammatik 
o‘zgarish sodir bo‘lmaydi?
A) ushbu gap egasi yashiringan gapga aylanadi 
B) ushbu gapning egasi to'ldiruvchiga aylanadi 
C) fe’lda ifodalangan zamon ma’nosi o‘zgaradi 
D) o‘timli-o‘timsizlik ma’nosi o‘zgaradi 
6. Vohada islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotini 
mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan 
keng ko'lamli tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. 
Ushbu gapda jarangli va jarangsiz til undoshlaridan 
iborat sodda yasama so'zlar soni nechta? 
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 1 ta 
7. Qaysi qatorda zid ma’noli so‘zlar birgalikda yangi 
so‘z hosil qilgan? 
A) uzun-qisqa, kecha-kunduz, ozg‘in-semiz 
B) katta-kichik, urush-tinchlik, baland-past 
C) yaxshi-yomon, yangi-eski, oq-qora 
D) yosh-u qari, achchiq-chuchuk, uzoq-yaqindan 
8. Qaysi gapda qo'shma sifat qo‘llanmagan? 
A) Ona yerning xushbo'y tafti mast qiladi kishini. 
B) O’zbek xalqi mehmondo‘st xalq. 
C) Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning 
ko‘rki, ishyoqmaslar esa ularning og'riq joyidir. 
D) Baland-past devorlar orqasidagi mevalarning oq, 
pushti, qizil, gullariga tabassum bilan qaraysan.
9. Qaysi qatorda kesimlari qo'shma fel bilan 
ifodalangan murakkab fe’l kesimli bog'lovchisiz 
qo‘shma gap berilgan?
A) Adolat va haqqoniyatni o‘zingga rahbar qilib ol, 
hech kimga zarar yetkazma. 
B) Har vaqt mo‘tadil holda ish yurit, haddan 
ortiqchalikdan saqlan. 
C) Odami ersang, demagil odami, Oni kim yo‘q xalq 
g‘amidin g‘ami. 
D) Men o‘zimdan oldin o'tganlarning xizmatlarini 
mamnuniyat bilan uqib oldim va ularning 
ifuqsonlarini tuzatishga tirishdim.
10. Ish-harakatning tez va kutilmaganda ro‘y 
berishini ifodalovchi fe’l shakli qanday ataladi? 
A) tub fe’llar
B) yasama fe’llar 
C) juft fe’llar
D) qo‘shma fe’llar 
11. 1) Qo‘shnimizning o‘g‘li dadasi bilan 
tortishayotganining ustidan chiqib qoldim; 2) 
Olimpiadada birinchilikni bu gal Buxoro olib ketdi; 
3) Sekinroq gapiring, aylanay, devorning ham qulog‘i 
bor; 4) Hozirgi yoshlarimizga ko‘z tegmasin, ular 
bizdan ko‘ra aqlliroq bo‘lib o'sishyapti; 5) Muallif 
dutor haqida yozadi va bu bilan o‘zbek cholg‘u 
asbobini birinchi bo‘lib tilga oladi; 6) Navoiy ko‘hna 
Sharqning ulug‘ mutafakkiri sifatida o‘z asarlari bilan 
o‘sha davr ijtimoiy masalalarini ham ko‘tarib chiqdi; 
7) Ichak-chavog‘im tugadi, endi kalla sotaman; 8) 
Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho‘zib 
yuborilmoqda.
Yuqorida keltirilgan gaplarning ma’no ko‘chish turini 
aniqlang. 
A) 1, 2, 6, 8 - metafora, 7 - metonimiya, 3, 4 - 
vazifadoshlik
B) 1, 5, 6, 8 - metafora, 7 - metonimiya, 4 - 
vazifadoshlik 
C) 1, 3, 4, 6 - metafora, 2, 7 - metonimiya, 8 - 
vazifadoshlik
D) 2, 3, 6, 8 - metafora, 1, 7 - metonimiya, 4 - 
vazifadoshlik 
12. Qaysi so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida u yoziladi?
1) kul...shmoq; 2) yug...rmoq; 3) bur...lmoq; 4) 
ulg...rmoq.
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 
C) 2, 4
D) 1, 2, 3 
13. Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima bildim,
Shu-da bir yashash! She’riy parchadagi fe’llar 
haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang. 
A) Uchta fe’l sodda yasama fe’l hisoblanadi. 


22 
B) Ikkita fe’lning yetakchi morfemasi fonetik hodisai 
asosida yozilgan. 
C) Uchta fe’l tarkibida nisbat qo‘shimchasi 
qo'llangan. 
D) Faqat o‘timli fe’llar ishtirok etgan. 
14. Oliy Majlis yig'inlari va anjumanlar tili qay 
uslubda? 
A) publitsistik
B) rasmiy va publitsistik 
C) rasmiy 
D) ilmiy 
15. Qaysi gapda ajratib ko'rsatilgan so‘zning ma’nosi 
metafora usulida ko‘chgan? 
A) Bu o‘yinda «Bunyodkor» g'alaba qozondi. 
B) Och nazarim tushar suratga... Surat, surat! Nega 
sen tilsiz?.. 
C) Temur tig‘i yetmagan joyni Qalam bilan oldi 
Alisher. 
D) Oyog‘ini vechib ichkariga kirdi. 
16. Tinchlik, ozodlik, ayollar huquqi, ma’rifat haqida 
so‘zlaydi, tushuntiradi, tinchlik uchun imzo to'playdi. 
Gapning markaziga bevosita bog‘lanmagan bo‘lak 
tarkibidagi so‘z ma’nosiga ta’sir qilmaydigan 
qo'shimcha ayrim hollarda qaysi qo‘shimcha (-lar) 
bilan shakldoshlik hosil qila oladi?
A) kelishik, nisbat 
B) egalik, shaxs-son 
C) kesimlik, mayl 
D) zamon 
17. Qanoat qorin to‘ydiradi, beqanoat o‘zin o‘ldiradi. 
Eshik ochiq bo'lsa ham beruxsat kirma. Badavlat va 
baquvvat dushmandan emas, ochko'z va badnafs, ichi 
qora odamga sherik bo'lib qolishdan qo‘rq. Nomard 
do‘st seni chohga yetaklar. Berilgan gaplar 
tarkibidagi sifatlar sonini aniqlang.
A) 6 ta
B) 7 ta
C) 8 ta
D) 9 ta 
18. Malika Mumtozmahal shohning ma’yusligini 
sezgach, uni xushnud etish uchun g'azallar o‘qib 
xayollarini ezgu ishlarga undashga harakat qilardi.
Ushbu gapdagi fe’llarning vazifa shakllari qaysi 
qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) 1 ta payt, 1 ta holat ravishdoshi, 2 ta harakat nomi, 
1 ta sof fe’l 
B) 1 ta payt, 1 ta maqsad ravishdoshi, 2 ta harakat 
nomi, 1 ta sof fe’l 
C) 2 ta payt ravishdoshi, 2 ta harakat nomi, 1 ta sof 
fe’l
D) 2 ta holat ravishdoshi, 2 ta harakat nomi, 1 ta sof 
fe’l 
19. Kirishlar mohiyatan subyektiv ma’no ifodalashga 
xoslangani uchun qaysi uslubda deyarli 
qo‘llanmaydi?
A) ilmiy
B) rasmiy C) badiiy D) publitsistik
20. Qaysi gapda sifat turkumiga oid so'zlar aniqlovchi 
hamda hoi vazifasida kelgan? 
A) O‘ziyam juda g‘alati odam, sergapmi, kamgapmi, 
bilib bo'lmaydi. 
B) Daraxtlarning sariq barglari ko‘zga shunday 
jozibali ko‘rinadiki, bahri diling ochiladi. 
C) Chodir eshigiga osilgan kimxob parda 
Humoyunning qo‘liga mayin va salqin tegdi. 
D) Oyning kumushsimon tumanli nuriga cho‘mgan 
osmonda yulduzlar siyrak edi. 
21. O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari // 
Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi 
milliy iftixorimiz, sharaf-shonimiz sanaladi.
Ushbu gapda // belgisi o'rnida qanday tinish belgisi 
ishlatilishi kerak?
A) ikki nuqta B) tire C) vergul
D) nuqtali vergul 
22. Quyida berilgan ko‘chirma gapli qo'shma 
gaplarning qaysi birida tinish belgilarining qo‘llanish 
qoidasiga rioya qilinmagan?
A) «Endi hamisha xonadon sohibining gapiga quloq 
solgaysiz, - dedi Bibixonim keliniga, - aytganlarini 
so'zsiz bajargaysiz». 
B) Ertoyevning gapini eshitmagan Inobat birinchi 
unga yuzlanib: «Umarov uka, - dedi sekin, unisiyam 
kerak, bunisiyam kerak». 
C) Qaynonasi Bibixonim: «Bu in’omning teran 
ma’nosi bor», - dedi sirg‘alarni kelinining qulog'iga 
taqib qo'yar ekan. 
D) Guli dedi: «G'azaldan bahr topmag'an kim?» 
23. Boshlab keldi bu yoqlarga oyoqlarim,
Qaytib ona tuprog'imga ketolmadim.
Farg‘onada qolmish do‘st-u o‘rtoqlarim,
Qaytib ular visoliga yetolmadim,
Amudaryo, suvlaringdan o‘tolmadim. 
She’riy parchada necha o‘rinda qarashlilik ma’nosini 
bildirgan egalik qo‘shimchalari qo'llangan?
A) 3 B) 4 
C) 5 
D) 6
24. Shoshmaslik kerak yerda shoshilmadim, 
shoshilarli ishlarni kechiktirmadim. Qaysi ishni 
chorayi tadbir bilan bitirishning iloji bo‘lsa, unda 
qilich ishlatmadim.
Ushbu gapdagi fe’llarning nisbatini aniqlang?
A) 2 ta aniq nisbat, 1 ta o‘zlik nisbat, 3 ta orttirma 
nisbat.
B) 1 ta aniq nisbat, 1 ta o‘zlik nisbat, 2 ta orttirma 
nisbat. 
C) 1 ta aniq nisbat, 2 ta o‘zlik nisbat, 3 ta orttirma 
nisbat. 
D) 2 ta aniq nisbat, 2 ta o‘zlik nisbat, 3 ta orttirma 
nisbat.
25. Mashhur fransiiz adibi Alfons Dodening birinchi 
kitobining nomi? 
A) «Tegirmonimdan xatlar» 
B) «Tarasonlik Tartaranning sarguzashtlari» 
C) «Kichik Fromon va katta Risler» 
D) «Roza va Ninetta» 
26. Qaysi xalq dostonida otaning o‘g‘ilga «Oldingdan 
kim chiqsa, besalom o‘tma,
Bir g‘aribni ko‘rsang, zinhor og'ritma», «Bir qiz 


23 
uchun unutmagin bizlarni, Unutma otang ham onang 
qarzini» tarzida nasihatlari keltirilgan? 
A) «Kuntug'mish» dostonida 
B) «Ravshan» dostonida 
C) «Rustamxon» dostonida 
D) «Alpomish» dostonida 
27. Bu faqirg'a xudoyi taolo inoyat qilib ko‘b 
nimarsa bergan turur. Xususan, uch hunar bergan 
turur. Avval, sipohiylikning qonuni va yo'sini 
Ikkinchi, masnaviyyot va qasoyid va g‘azaliyot va 
muqattaot va ruboiyot va barcha ash’orni 
fahmlamaklik, arabiy va forsiy va turkiy 
lug‘atlarning ma’nosini bilmaklik. Uchinchi, Odam 
ahdindin to bu damgacha Arabistonda, Eron va 
Turonda va Mo‘g‘ulistonda o'tgan podshohlarning 
otlari va uinurlarning va saltanatlarining kam va 
ziyodin bilmaklik. Mazkur parcha qaysi ijodkorga 
tegishli? 
A) Zahiriddin Muhammad Bobur 
B) Abulg'ozi Bahodirxon 
C) Alisher Navoiy 
D) Husayn Boyqaro
28. Jonatan Svift «Gulliverning sayohatlari» 
asarining ... haqiqiy olimlar ustidan emas,soxta fan 
kishilari ustidan kuladi. 
A) 4-qismida
B) 3-qismida 
C) 2-qismida
D) 1-qismida 
29. «Mehrobdan chayon» romanining «Ikki xil 
sadoqat» bobida kimlarning Anvarga sadoqati haqida 
so‘z boradi?
A) Qobil va Safar bo‘zchi B) Safar bo‘zchi va 
Sultonali 
C) Sultonali va Ra’no 
D) Qobil va 
Sultonali 
30. «Shu topda ularning orasi ikki yuz metrcha ham 
kelmaydi. Chaqirsa eshitadi. Yugursa yetadi. Ammo 
chaqirishning ham, yugurib yetishning ham iloji 
yo‘q. ularning orasi millionlarcha kilomaetr, unga na 
yurib yetib bo‘ladi, na uchib. Balki bir umr yetib 
bo‘lmas». Yuqoridagi parchada Tursunboy bilan 
kimning o‘rtasidagi masofa haqida gap ketmoqda? 
A) Jannat xola 
B) Ikromjon C) Zebi 
D) 
Nizomjon 
31. Meditativ nazm bu...?
A) hissiyot jilvalari aks etgan she’riyat 
B) eng ichki ehtiroslar aks etgan nazm 
C) qarama-qarshiliklar aks etgan nazm 
D) voqeaga asoslangan nazm 
32. Sergey Yeseninning «Fors taronalari» turkumiga 
kiruvchi she’rlarini belgilang. 
A) «Xurosonda bir darboza bor», «Singlimga xat», 
«Ona ibodati» 
B) «Dog'lar ketmish majruh ko'ngildan», «Endi 
qaytmam uyimga», «Bobomga xat» 
C) «Shahinam, о mening Shahinam», «Ayolga xat», 
«Onamdan xat» 
D) «Xurosonda bir darboza bor», «Dog'lar ketmish 
majruh ko'ngildan», «Shahinam, о mening 
Shahinam»
33. Abdurauf Fitratning «Abulfayzxon» fojiasida xon 
butun janjalni nima bitiradi deydi? 
A) sulh 
B) jang 
C) o‘lim 
D) g‘alaba 
34. Yigirma yil maktab ochdim qizlara,
Hirsim baland bo‘ldi doyim ash’ora.
O’zum bitdim mingdin ortuq g‘azalni,
Zikr etib o‘tdim oxir azalni.
Ushbu misralar qaysi ijodkorning tarjimayi holini aks 
ettirgan? 
A) Uvaysiy B) Anbar Otin 
C) Nodira 
D) Dilshodi Barno
35. Biron narsa so'rasang lom- mim demasdan, faqat 
«ha» yoki «yo‘q» javobini beradigan asar 
qahramoni? 
A) «Advokatlik osonmi» 
B) «Sovg‘a» 
C) «Mehrobdan chayon» 
D) «Asrga tatigulik 
kun»
36. O’sib tuprog‘im uzra nayzalar, men evdin 
ayrildim,
Vatandin benishon o‘ldim-da, o‘zga yurtda evrildim, 
- deb o‘z qismatiga ishora qilgan ijodkor kim? 
A) Sayfi Saroyi 
B) Furqat 
C) Nosir Xusrav 
D) Bobur



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling