1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati


Download 303.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana31.03.2023
Hajmi303.51 Kb.
#1312821
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
seminar 1

taraqqiyotga yetaklaydi». Shu nuqtai nazardan yondashganda ma’rifatning 
ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rni, uning mohiyatini belgilovchi omillarni aniqlash
ijtimoiy ma’naviy yuksalishda o’zaro uyg’unlikni ta’minlash jarayonlari bilan 
bog’liq muammolarning optimal yechimini topishga oid ilmiy-amaliy xulosalarni 
ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Axloq hech qachon diniy ma’rifatni inkor 
etmagan yoki dinni go’zal axloq ekanligini unutmagan. Shu boisdan ham axloq va 
din inson tafakkuri va hayot tarzining bir butun ijtimoiy-madaniy ifodasi sifatida 
qaror topgan. Shuning uchun ham bu ikki ijtimoiy-madaniy qadriyatlar uyg’unligi 
shaxs, millat va jamiyat hayotida o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ma’naviy 
uyg’unlik barkamol avlod tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Ma’naviyatga 
bo`layotgan tahdidlarning xavfli tamoni shundaki, buzg`unchi kuchlar o`zlariga 
nishon qilib, avvalombor, barchamizning eng aziz, eng katta boyligimiz, ko`zimiz 
qorasi bo`lmish yoshlarimizni tanlashmoqda, turli niqoblar, birinchi galda so`z va 
fikr erkinligi, inson va jamiyat erkinligi deb atalgan niqoblar bilan ularning fikrini 
chalg`itishga, zamonaviy usul va vositalar orqali ularning hali murg`ak qalblarini 
egallashga intilmoqdalar. Dunyoviy davlat va din munosabatlarini belgilab 
beruvchi boshqa bir tamoyilning mazmuni din sohasida kuchayayotgan 
o’zgarishlarni xolis va ilmiy o’rganish, shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar 
rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda 
namoyon bo’ladi. Davlatning dinga bo’lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir 
tamoyil shundan iboratki, dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. 
Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat 
qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, global tarmoqning chegara bilmasligi foydali 
axborotlar bilan bir qatorda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga 
ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan nosog‘lom mazmundagi axborotlarning ham 
tarqalishining oldini olish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Axborot 
xavfsizligini ta’minlash markazi tashabbusi bilan Internet tarmog‘ida axborot 
xavfsizligi muammolari tadqiqotlari asosida tayyorlangan ushbu qo‘llanmaning 
mazmuni aynan ushbu masalani hal etish masalalariga yo‘naltirilgan bo‘lib, 
tavsiyaviy mazmunga ega hamda voyaga etmaganlar va ularning ota-onalariga 
mo‘ljallangan. 

Download 303.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling