1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati
necha turlarga ajratib ko`rsatadi: iqtisodiy, sotsial, siyosiy, harbiy, tabiiy –
Download 303.51 Kb. Pdf ko'rish
|
seminar 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni
necha turlarga ajratib ko`rsatadi: iqtisodiy, sotsial, siyosiy, harbiy, tabiiy –
iqlimiy. Uning fikricha, “tahdid” deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi hamda aniq tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo`naltirilgan ijtimoiy strukturani, to`g`rirog`i, davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, emirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va nihoyat, umumsayyoraviy salbiy omillarning “ kirib kelishi “ tufayli yuz beruvchi makon va zamonda muayyan salbiy siyosiy, ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin. G`oyalar to`g`risidagi bilimlarga insoniyat tarixining eng qadimiy davrlaridan boshlab katta e’tibor berilgan. Bu atamaning mazmun-mohiyati G`arb mamlakatlarida “ideya” tushunchasi orqali ifodalanadi. “Ideya” grek tilidagi “idea” so`zidan olingan bo`lib, qadmigi u “obraz”, “tashqi ko`rinish” degan ma’nolarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyatlarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyati taraqqiyot davomida o`zgarib borgan va falsafa tarixida xilma-xil ma’nolarda ishlatilgan. Masalan, qadimgi yunonistonlik faylasuf Platon “G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to`g`risidagi ta’limotini asolar ekan, g`oyalarni dunyoning yaratuvchisi, asosi deb atagan va ularni ob’ektiv reallik sifatida talqin qilgan. Yana bir yunon allomasi Demokrit esa olam tarkibidagi eng amyda va bo`linmas zarra – atomlarni ideyalar deb atagan. Mashhur nemis faylasufi Gegelning fikricha, ideya – barcha narsalarning ijodkori, dunyoga keltiruvchisi va asosiy mohiyatidir. G’oyalarning «hayoti» ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi, boshqa g’oyalar bilan o’zaro munosabati, kurashi va nihoyat, eskirgan g’oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa, ilmiy g’oyalar misolida yaqqol namoyon bo’ladi. Qadimgi yunon faylasuflari tabiiy jismlarning eng kichik, bo’linmaydigan zarrasi, deb «atom» tushunchasini kiritgan edilar. Ptolemey-Aristoteldan tortib, o’rta asr Ulug’bek astronomiyasigacha dunyoning markazi yer deb hisoblab kelganlar; yevklid geometriyasi, Nyuton mexanikasi, Darvin ta’limoti ham o’z davrining eng ilg’or ilmiy g’oyalariga asoslangan edi. Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo’linishini, koinot markazi yer emasligini ham ishonchli dalillar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, irsiyat nazariyasi va boshqa ko’plab kashfiyotlar qilindi. Dunyoga A.Eynshteyn, N.Bor, F.Rezerford, M.S.Kyuri va boshqalarning nomlarini mashhur qilgan yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy g’oyalar asosiga qurilgan. XX asrda insoniyat nihoyatda ko’p ilmiy g’oyalarni amaliyotga aylantirdi. Kosmik raketalar, kompyuter va uyali telefonlar, televideniye va boshqa sohalardagi yutuqlar bunga yorqin misol bo’ladi. Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda amaliyot tasdiq-lanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g’oyalar bilan o’rin almashaveradi. Buzg’unchilik g’oyalari esa xalqlar boshiga so’ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko’plab misollar keltirish mumkin. O’rta asrlardagi salib yurishlari, diniy fanatizm va ateizm, fashizm va bolshevizmga asos bo’lgan g’ayriinsoniy g’oyalar shular jumlasidandir. Yovuz g’oya va mafkuralarning eng ko’p tarqalgan shakli: aqidaparastlikdir. Bunday mafkuralar muayyan davrlarda G`arbda ham, Sharqda ham hukmronlik qilgan. Bu ijtimoiy illat insoniyat XXI asrga qadam qo’ygan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda. Milliy g’oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o’z oldiga qo’ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g’oyadir. Hozirgi globallashuv sharoitida dunyoda insoniyatni tashvishga solayotgan salbiy oqibatlardan biri diniy mutaassiblik asosida kelib chiquvchi ziddiyatlar sifatida namoyon bo’lmoqda. Bunday vaziyatda yosh avlodning qiziqish doiraci, faoliyati, dunyoqarashini diniy ma’rifat bilangina bartaraf etish mumkin. Yoshlar ongida diniy ma’rifatni jamiyatdagi mavjud axloq va odob an’analariga mos va xos qilib tarbiyalash globallashgan dunyoda eng muhim vazifa hisoblanadi. Jahonning qator mamlakatlarida yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, xususan, jismonan hamda ma’nan yetuk bo’lishida taraqqiyotning eng muhim omili barkamol avlodni tarbiyalash, zamonaviy bilim va kasb egasi bo’lishi ekanligini ko’rsatmoqda. Diniy ma’rifat sohasiga oid tadqiqotlarda hodisalarni tarixiy, diniy, falsafiy, sotsiologik va psixologik jihatlarini o’rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy siyosiy jarayonlarda o’ziga xos fenomenal holat kasb etayotgan vaziyat din omilining geostrategik tarixini tizimli tahlil qilish orqali yangicha yondashuv, zamonaviy metodologik asos hamda milliy, umuminsoniy, ijtimoiy taraqqiyot qiziqishlarini o’z ichiga olgan pragmatik rivoj va darajada o’rganish borasidagi tadqiqotlarni kun tartibiga dolzarb ilmiy vazifa sifatida qo’ymoqda. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng yoshlarga e’tibor va g’amxo’rik ko’rsatish, ularning jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotidagi faolligini oshirish borasida muhim shart-sharoitlar yaratildi. «Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash masalasi bundan buyon ham eng asosiy vazifalarimizdan biri bo’lib qoladi». Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy hayotida diniy ma’rifatning o’rnini ilmiy-falsafiy jihatdan tadqiq etish hamda ilmiy-nazariy ahamiyatga ega bo’lgan xulosalar ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- son «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi, 2017 yil 19 maydagi PF-5046-sonli «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonlari, 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-sonli «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni, BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil 12 dekabrdagi yalpi sessiyasida qabul qilingan «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» to’g’risidagi maxsus rezolyutsiyasi, 2019 yil 8 apreldagi «O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g’oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi F-5465- sonli Farmoyishi va mavzuga oid boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Ilmiy adabiyotlarda “jamiyat ijtimoiy-madaniy hayoti” va “diniy ma’rifat” tushunchalariga ta’riflar mavjud, ammo ularda mazkur tushunchalarni anglashda yakdillik yo’q. Ularning o’zagini “ijtimoiymadaniy bilim” va “diniy bilim” tushunchalari tashkil etadi va belgilari amaliyotda ko’zga tashlanadi. Ammo aynan bu tushunchalarning diniyfalsafiy mohiyati yetarli darajada tadqiq etilmagan. Hatto “jamiyat ijtimoiy-madaniy hayoti” va “diniy ma’rifat” tushunchalari aksariyat lug’atlarda mavjud emas. Ayniqsa, “diniy ma’rifat” tushunchasi insonning ma’rifatparvarlik faoliyatini yetarli darajada o’rganilmaganligi, bu borada atamalarning bir ma’noli talqini mavjud emasligi unga aniqlik kiritish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Har qanday jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti, ayniqsa, diniy ma’rifat darajasi o’zining fundamental va eksperimental asoslarini metodologik jihatdan ta’minlagan holdagina ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Shu nuqtai nazardan jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotida diniy ma’rifatni yuksaltirishning nazariy, praksiologik yo’nalishlarini, metodologik asoslarini konkretlashtirish zaruriyati dolzarb ilmiyfalsafiy muammo hisoblanadi. Har qanday jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti, diniy ma’rifat darajasini tizimli- tuzilmali, majmuaviy-falsafiy tahlil qilish diniy dunyoqarash bilan bog’liq. Tadqiq qilinayotgan ob’ekt va predmetning kategorial apparatini, tushunchalari mazmunini konkretlashtirish nazariy metodologik vazifa bo’lib, muammoning ilmiy-amaliy yechimini topishning zaruriy sharti. Darhaqiqat, hozircha, jamiyat hayotida diniy ma’rifatning ijtimoiy-madaniy muammolarini tadqiq qilishda qo’llanilayotgan tushunchalarga nisbatan yakdil, qat’iy munosabat shakllanmagan. Bu esa ilmiy- nazariy xulosalarning, amaliy tavsiyalarning turli-tumanligini, xatto, ularning qarama- qarshiligini keltirib chiqarmoqda. Ma’rifat haqida fikr yuritganda, avval, uning lug’aviy ma’nosiga to’xtalib o’tamiz. Ma’rifat so’zi “bilim berish”, “xabardor qilish”, “o’rgatish” ma’nolarini anglatadi. Ma’rifatning ikkinchi ma’nosi “inson ongi, qalbi, hayot tarzini ijobiy tomonga o’zgartirib, yaxshilik qilish, savob ishlarini amalga oshirishga undaydigan kuch sifatida namoyon bo’ladi” deb ta’riflangan. Ongning o’ziga xos shakli sifatida din e’tiqod, ishonch va bilish mexanizmlari (hayot tajribasi)ga tayanadi. Diniy e’tiqod refleksiya bilan qo’llab- quvvatlanadi, shaxsning fojeaviy tajribasi (o’lim xavfi yoki yaqinlarini yo’qotishi)ni anglab yetish orqali yuzaga keladi yoki mustahkamlanadi, bu tajriba shaxsni o’z hayoti va tafakkur tarzini tubdan o’zgartirishga da’vat etadi. Diniy ma’rifat –dinning haqiqiy qadriyatlarini odamlarga oddiy, sodda tilda tushuntirish. Diniy ma’rifat, mohiyatiga ko’ra, tinchlik, hamkorlik va bag’rikenglik tamoyillarini o’zida ifoda etish, din uchun inson dilini ranjitish, johillik, ayirmachilik va vayronagarchilik yot ekanini aholiga, xususan, yosh avlod vakillariga anglatish, ularni ekstremizm va aqidaparastlik g’oyalaridan muhofaza qilishni nazarda tutadi. Islom dini nafaqat bizning mintaqada, balki butun dunyoda millionlab insonlarni ma’naviy va oilaviy- maishiy, turli ijtimoiy doiralariga katta ta’sir ko’rsatadi. Axloqiy-ruhiy islom ustunlarini anglash avloddan-avlodga o’tib, nafaqat mintaqa xalqlarining tarixiymadaniy o’ziga xosligini mustahkamlashga imkon yaratadi, balki ruhiyaxloqiy ijtimoiy shartlar xalqlar o’rtasida o’zaro qo’llab-quvvatlash xissini kuchaytirish, barqarorlik va tinchlikni saqlashga yo’naltirilgan. Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekiston hududi qadim zamonlardan boshlab turli madaniyat, til, urf- odat, xilma-xil turmush tarzi va dinlarga amal qilgan etnoslar, xalqlar va millatlar yashab kelgan o’lka hisoblanadi. O’zbekistonda madaniy, diniy va milliy xilma- xillikning tabiiy holat va insoniy boylik ekanligi ijtimoiy ongda ustuvor mavqe kasb etadi. Shuning uchun ham milliy va diniy mansubligidan qat’i nazar, har bir inson o’zini O’zbekiston fuqarosi deb bilib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida bir xil teng imkoniyatlarga egadir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu holat aniq va ifodali qilib bitib qo’yilgan. Unga ko’ra, «O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar». BMT Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq 1997 yil 16 noyabrdan boshlab butun dunyoda «Xalqaro bag’rikenglik» kuni nishonlanadi. Bag’rikenglik prinsiplari deklaratsiyasida: «Bag’rikenglik – bu bizning dunyomizni, bizning o’zimizni ifodalash shakllarimizni va inson individualligi namoyon bo’lish usullarini hurmat qilish, qabul qilish», – deyiladi. Ayni paytda, Respublikamizda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, uzluksiz ta’lim tizimida etnik, gender va diniy bag’rikenglik haqida ma’lumot beruvchi darslarning kiritilishi, fuqarolarda bag’rikenglik madaniyatini kamol toptirish sohasidagi ustuvor vazifalar tadqiq qilib borildi. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlaridan biri etib, «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat» belgilangan. Demokratik islohotlar davrida mamlakatimizning ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini tahdid tug’diradigan salbiy g’oyalar ta’siridan himoyalash uchun «ma’rifat» tushunchasining mazmun- mohiyati, namoyon bo’lish shakllari, jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi o’rni, fan va ta’lim tizimi bilan munosabatlarini o’rganish hamda tahlil qilish zaruriyati kuchaymoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni Download 303.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling