1-savol Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlarini aytib bering O’zbekiston Respublikasi bank tizmi nechta pog’onadan iborat?
Download 45.62 Kb.
|
savoll Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlarini aytib ber
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi bank tizmi nechta pog’onadan iborat Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi pog’onalari
Javoblar
1-savol Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlarini aytib bering O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon tala-biga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo‘lish, xo‘jaliklar va aholining bo‘sh turgan mablag‘larini jalb qilish va uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni taminlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaru-riy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorli-gini ta’minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit, va investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirishga erishish va banklar o‘rtasida raqobat bo‘lishini ta’minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali taminlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bank tizimini qayta tashkil qilishni amalga oshirish quyidagi tamoyillarga acoclangan holda olib borilishi mumkin: – xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish; – Bank tizimidagi islohotlar umumiqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi bilan mos kelishi; –bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo‘li bilan jahon bank tizimiga yaqinlashtirish; – pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyoj-lari va iqtisodiyotning xususiyatini hisobga olish; – banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun qo‘yish va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi bank tizmi nechta pog’onadan iborat? Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi pog’onalari Respublikamizda ikki pog‘onali bank tizimini jahon tajribasida qabul qilingan tamoyillarga muvofiq shakllantirish ko‘zda tutilgan. Ixtisoslashish va kredit-investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlash Respublikamizdagi bank muassasalarining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Ularning faoliyati asosan ustuvor tarmoqlar qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, uy-joy qurilishi, avtomobilsozlik savdo va boshqa sohalarni rivojlantirishga qaratilgan. Hozirgi banklar aksiyador-tijorat banklari sifatida tashkil qilinib, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslashgan va ular ixtisos-lashgan banklar bo‘lsa-da, boshqa tarmoqlardagi mijozlarga ham kre-dit va hisob-kitoblar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishlari mumkin. Banklar faoliyatining universallashuvi ular o‘rtasida raqobatning yuzaga kelishiga, bu esa ularning bozor iqtisodiyotiga barqaror kirib borishini ta’minlaydi. Mustaqil bank tizimini vujudga keltirishning ikkinchi bos-qichining xususiyatlaridan biri shundaki, 1995 yildan boshlab O‘zbekistonda maxsus nobank kredit tashkilotlari tashkil qilina bosh-landi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtirish, korxona va tash-kilotlar faoliyatini rivojlatirish maqsadida maxsus moliya-kredit institutlari – «Madad» sug‘urta kompaniyasi, «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi, xususiylashtirish investitsion fondlari va boshqalar tashkil qilinishi respublika bank-moliya tizimining ri-vojlanishini tezlashtirmoqda. Hozirda respublikadagi keng tarmoqli banklar zamonaviy talab-larga javob beradigan shaklda xo‘jaliklar, tashkilotlar va aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Download 45.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling