1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»
Savol: Ion almashinuv (FSD) filtrini ishlash prinsipi va xarakteristikasi. FSD ni regeneratsiya qilish
Download 207.66 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Savol Javob «arala.cleaned
- Bu sahifa navigatsiya:
- 44. Savol: Quvuruzatgichlar va ularning tasnifi
43. Savol: Ion almashinuv (FSD) filtrini ishlash prinsipi va xarakteristikasi. FSD ni regeneratsiya qilish
ketma-ketligini tushintirib bering? Javob. Aralash ionitli filtr (FSD) filtrlarida suvni tozalash jarayoni ion almashinish prinsipiga asoslangan. Filtr smolalari juda ko‘plab musbat va manfiy zaryadlangan qismlardan iborat. Toza filtrda anion smolasini deyarli to‘liq gidratlar (ON-), kation smolasini esa vodorod (N+) ionlari egallagan bo‘ladi. Suvdagi tuzlarning anioni esa anionitdan o‘ta turib, ON- anioniga; kationi esa kationitdan o‘ta turib, N+ kationiga almashinadi. Bunday xolatda FSD smolalaridan o‘tgan suvning anionlari (SO-4, CO-3) anionitga, kationlari (Ca+,Mg+) kationitga birikib qoladi. CaSO4 + 2ROH = Ca(OH)2 + R2SO4 MgCO3 + 2ROH = Mg(OH)2 + R2CO3 ( 1 ) Ca(OH)2 + 2RH = 2H2O + R2Ca Mg(OH)2 + 2RH = 2H2O + R2Mg ( 2 ) FSD dan tozalanib chiqayotgan suvning elektr o‘tkazuvchanligi 0.25mkS/sm bo‘lgandan so‘ng filtr ishdan to‘xtatilib, regeneratsiya qilinadi. Anionit regeneratsiyasi ishqor (NaOH) bilan amalga oshiriladi: R2SO4+ 2NaOH = NA2SO4 + 2ROH R2CO3 + 2NaOH = NA2CO3 + 2ROH (3) R2SiO2 + 2NaOH = NA2SiO2 + 2ROH Kationit regeneratsiyasi sulfat kislota (H2SO4) bilan amalga oshiriladi: R2Ca + H2SO4 = CaSO4 + 2RH R2Mg + H2SO4 = MgSO4 + 2RH (4) 44. Savol: Quvuruzatgichlar va ularning tasnifi? Javob: 10 MRa (100 kg/sm2) gacha bo‘lgan bosimdagi barcha quvuruzatgichlar, uzatilayotgan moddaning xavflilik (portlash-yong‘indan xavfli moddalarning zararli xususiyatlari) sinfiga kura uchta (A,B,V) guruxlarga, xamda muxitning ishchi parametrlari (bosim va xarorat)ga kura 5 toifa (I. II. III.IV.V)ga bo‘linadi. Tarkibida xajmi buyicha 0,1 % va undan ko‘p mikdorda vodorod sulfidi bo‘lgan neft maxsulotlari A (b) guruxiga kiritiladi, kamrok mikdorda bulganda muxit guruxini asosiy komponent buyicha aniklanadi. Uzatilayotgan muayyan muxitning guruxini belgilashda, uning kaysi umumiy gurux (A, B, V) ga, kaysi kichik gurux (a, b, v) ga mansubligi va xavflilik sinfi xisobga olinadi. Quvuruzatgichlar guruxini belgilashda uzatilayotgan muxitning guruxi inobatga olinadi. Masalan «A (b) guruxdagi quvuruzatgich» deganda A (b) guruxdagi muxit uzatilayotgan quvuruzatgich tushuniladi. Turli komponentdagi muxitni uzatayotgan quvuruzatgich guruxini, mas’uliyati yukorirok xisoblangan komponentga qarab belgilanadi. Masalan, umumiy aralashmada 1,2,va 3 sinfga mansub xavfli moddalar mavjud bulganda va ulardan birortasi inson xalokatiga olib kelsa, quvuruzatgich guruxini aynan usha moda buyicha belgilanadi. Agar o‘zining fizik-kimyoviy xossasi bo‘yicha xavfli xisoblangan komponent, juda oz mikdorda aralashma tarkibiga kirgan bo‘lsa, quvuruzatgichni qo‘yi mas’uliyatli gurux yoki toifaga kiritish masalasini loyixalovchi tashkilot (loyixa muallifi) belgilaydi. Xar bir kurilma buyicha, quvuruzatgichlarni xavfsiz ishlatish bo‘yicha javobgar shaxs tomonidan quvuruzatgichlarning ro‘yxatini tuzish kerak. Ro‘yxat ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi javobgar shaxsda, boshkasi TNX xodimida saklanadi. 10 mPa (100 kgf/sm2) gacha bulgan past bosimli I, II, III –toifalarga mansub, zanglash tezligi yiliga 0,5 mm va undan kup bulgandagi moddalarni xaydovchi barcha quvuruzatgichlar uchun korxona ma’muriyati belgilangan nusxadagi pasport tuzish kerak. Quvuruzatgichlarning pasporti uni xavfsiz ishlatishiga javobgar bo‘lgan shaxsda saqlanadi. Pasport tuzilmagan quvuruzatgichlarga aloxida ishlatish jurnali joriy etiladi. Unga taftish o‘tkazilgan sana, xamda quvuruzatgichlarni ta’mirlashga doir ma’lumotlar yozib boriladi. Quvuruzatgichlar ishlashini kuzatib borish, tekshiriuv o‘lchovlarini o‘tkazish, boshqa quvur va detallarni kesib o‘rnatish, quvuruzatgich egasi tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnoma asosida bajariladi. Quvuruzatgichlarni ishlatish davrida xizmat ko‘rsatuvchi ishchi xodimlarning asosiy vazifalari muntazam va sinchkovlik bilan truboprovodlarning tashqi sirtini va ularning detallarini (pafyvandlangan choklari, flanetsli tutashmalar, birikmalar, armaturalar), zanglashga qarshi ximoya va izolyatsiya, drenaj moslamalari, kompensatorlar, tayanch konstruksiyalar va xokozolar xolatini kuzatib borishdan iborat. Ko‘zdan kechirish natijalari smena mobaynida kamida bir marta vaxta jurnalda kayd etilishi kerak. Quvuruzatgichlar ishlatilishining xar kundagi nazoratini quvuruzatgichlarni xavfsiz ishlatish bo‘yicha mas’ul shaxs olib boradi, davriy nazoratni esa yiliga kamida bir marta TNX, sex raxbariyati va quvuruzatgichlarni xavfsiz ishlatish bo‘yicha javobgar shaxs bilan birgalikda amalga oshiradi. Davriy nazoratda qo‘yidagilarni tekshirish shart: quvuruzatgichlarning texnik xolatini tashqi ko‘zdan kechirish, zarurat bo‘lsa, quvuruzatgich va ular detallarining zanglashdan va erroziyadan ko‘p yemirilgan joylarni buzmasdan nazorat qilinishini; oldingi tekshiruv kamchiliklarini bartaraf etish va «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi organlari xamda korxona texnik nazorati xizmati amrnomalarida ko‘zda tutilgan, texnik kengash protokollari, buyruq va farmoyishlar, avriyalarni taftish dalolatnomalarida bayon etilgan quvuruzatgichni xavfsiz ishlatish tadbirlarini bajarilishini; quvuruzatgichlarni ishlatish va ta’mirlash buyicha texnik xujjatlar to‘laligi va yuritilish tartibi. Quvuruzatgichlarning davriy nazorati natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, uning bir nusxasi sex boshlig‘i- quvuruzatgich egasiga beriladi. Tashqi nazoratda qo‘yidagilarning xolati tekshirish shart: Izolyatsiya va qoplamalarning; Payvand choklarining; Flanets va muftali birikmalarning, qotirmalar va nazorat-ulchov asboblarini o‘rnatish uchun qurilmalarning; Tayanchlar; Kompesatsiyalovchi qurilmalar; Drenaj qurilmalari; Armatura va uning zichlagichlari; Qoldik deformatsiyani o‘lchash uchun reperlar; Payvandlangan uchliklar (troynik), egilgan joylar (otvod), chetlagichlar (perexodnik). Shuning bilan bir vaqtda quvuruzatgichning tebranishi tekshiriladi. Download 207.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling