48. Savol: Deaerator vazifasi va uning turlari, tuzilishi?
Javob: Dearatorning tuzilishi.
U dearatsion kolonna va dearatsiyalangan suvning bak akkumlyatoridan iborat, dearatsiya qilinadigan
suv kolonnaning yuqori qismiga va qizdiruvchi bug‘ pastki qismiga beriladi.
Suv sachratuvchi
tarelkalarga oqib tushadi, qarshi yo‘nalishga xarakatlanayotgan bug‘ esa suv
tomchilarini qizdiradi va degazatsiyalaydi. Ajralib chiqayotgan gazlar kolonnaning
yuqori qismidagi kalta
quvur orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Agressiv gazlardan tozalangan suv dearator bakida to‘planadi,
yuqori va o‘ta yuqori bosimli ta’minot suvi nasoslari orqali bug‘ qozoni va piroliz pechlariga uzatiladi.
Dearatorlarning vakuumli, atmosferali va yuqori bosimli (0,05÷0,7 MRa li) turlari bor.
49. Kolloid eritmalar haqida ma’lumot bering.
Javob: Kolloid eritmalar – bular dispersion muhit bilan dispers fazadan tarkib topgan ikki fazali
sistemalardir; ularda dispers faza zarrachalarining chiziqli o‘lchamlari 0,001 dan 0,1 mkm gacha bo‘ladi.
Kolloid eritmalar zollar deb ataladi.
Kolloid va chin eritma zarrachalarining kattaligi turlicha
ekanligidan foydalanib, ularning aralashmasini
tarkibiy kismlarga ajratish oson. Buning uchun mayda g‘ovaklaridan kolloid zarrachalar o‘ta olmaydigan va
faqat molekula hamda ionlar o‘tadigan g‘ovak membrana (pergament kogoz, maxsus plyonkalar va boshqalar)
tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: