1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»
Savol: Xom ashyo gazining olinish tartibi
Download 207.66 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Savol Javob «arala.cleaned
8. Savol: Xom ashyo gazining olinish tartibi.
Javob: Quduqlardan olinayotgan tabiiy gaz tarkibida qattiq zarrachalar (qum, korroziya mahsuloti) suyuq uglevodorod (kondensatlar), suv bug‘i, vodorod sulfidi (N2S), uglerod nordon gazi (SO)2 va inert gazlar bo‘ladi. Gaz tarkibida qattiq zarrachalarning bo‘lishi, gaz bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan kompressor metall qismlari va quvurlarning errozik yemirilishini sodir etadi. Bundan tashqari, qattiq zarrachalar quvurlarga o‘rnatilgan armaturalarni, o‘lchash asboblarini ifloslantirib ishdan chiqaradi hamda quvurning past bo‘limlarida yig‘ilib, uning ko‘ndalang kesim yuzasini kamaytiradi. Bu o‘z navbatida quvurning gaz o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kamaytiradi. Gaz tarkibidagi suyuq uglevodorodlar (gaz kondensatlari) ham quvurning past joylarida yig‘ilib, qirqim yuzasini kamaytiradi hamda quvur detallarining korroziyalanishiga yordam beradi. Gaz tarkibida bulgan namliklar ma’lum sharoitda gaz komponentlari bilan qorsimon ko‘rinishdagi qattiq gidrat birikmalarini hosil qiladi. Masalan, SN46N2O; S2N6-8N20; S3N8-17N20; S4N10-17N20. Bu birikmalar quvur ichida gidrat to‘siqlarini hosil qilib, uning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Gaz tarkibida N2S zararli qo‘shimcha bo‘lib, uning havodagi miqdori 0,01 mg/l dan ortiq bo‘lishi ish joylari uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Quvur va boshqa metall qurilmalarning korroziyalanish tezligini oshiradi va avariya holatlarini ko‘paytiradi. Nordon uglerod gazi (SO2) esa gazning yonish issiqligini kamaytiradi. Gazni quvurga xaydashdan oldin qo‘shimchalarning salbiy ta’sirlarini hisobga olgan holda uni quritish va boshqa qo‘shimchalardan tozalash lozim bo‘ladi. Bundan tashqari gazning xidini sezish uchun uning tarkibiga hid beruvchi kimyoviy birikma odorant qushish kerak. Bu ishlarning barchasi gazni kompleks tayyorlash qurilmalarida amalga oshiriladi(AGRS). Jo‘natishga tayyorlangan gazning tarkibi quyidagi tarmoq andozasiga javob berishi kerak (Gost.5140-83.) ya’ni - 1m3 gazdagi mexanik qo‘shimchalarning massasi 0,003g. dan oshmasligi; - 1m3 gazdagi vodorod sulfidining miqdori 0,02 gr. dan ortiq bo‘lmasligi; - hajm bo‘yicha, kislorodning hajm ulushi 1 foizdan ortiq bo‘lmasligi; - namlik bo‘yicha, gazni shudring nuqtasi («tochka rosi») yozda 0o S; Qishda 5o S dan katta bo‘lmasligi kerak (o‘rtacha iqlim joylarida). Sovuq joylarda: yozda 10oS, qishda 20oS dan katta bo‘lmasligi lozim. Xom ashyo gazi majmua xududiga kirgandan keyin separatorlar yordamida tarkibidagi suv va gaz kondensati ajratiladi. Tarkibidagi H2S, CO2 gazlari Etilen sexidagi 1700 xududda DEA orqali ajratiladi, namligi tozalanadi va sovutilib fazalarga ajratiladi. Download 207.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling