Elektrolitlar – Tuzlar, kislota va ishkorlar suvda eritilganda ularning molekulalari musbat va manfiy ishorali
ionlarga ajraladi. Ana shu ionlarning tartibli xarakati elektr tokining o‘tishini ta’minlaydi. Elektrolitlarning
ionlarga ajralishi dissotsialanish jarayoni deyiladi. Qand, efir, spirt va boshqa
moddalarning molekulalari
suvda eritilganda ionlarga dissotsialanmaydi.
11. Savol: Neft va gazning davlat energetika tizimidagi o‘rni xaqida nimalar bilasiz?
Javob: Neft va gazning davlat energetika tizimida rivojlanishning strategik ahamiyatga ega sohadir. Neftdan
yoqilg‘i moylash materiallari, gazdan sanoat va halq xo‘jaligi uchun xom-ashyo va yoqilg‘i
sifatida
foydalaniladi.
Tabiiy gaz.
Tabiiy gaz mikdori jixatdan juda katta hajmda va mikdorda Zarafshon vodiysi va Kashkadaryo voxalarida
mavjud. O‘zbekistonda tabiiy gaz yoqilgi sifatida ishlatiladi, lekin tabiiy gaz juda sifatli xomashyodir. Navoiy
kimyo
birlashmasida, Toshkent viloyatidagi Oxangaron va Chirchik kombinatlarida ishlatiladi. Tabiiy
gazning tarkibida ancha mikdorda xar xil aralashmalar mavjud. O‘zbekistonda tabiiy
gazning asosiy tarkibi
metandan iborat, lekin tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurt birikmalari kimyoviy kayta ishlashda ancha xalakit
beradi. shu uchun tabiiy gaz ishlab chikarish konlarining yonida gaz tozalash zavodi qurilgan.
Bunday gaz tozalash kurilmalari Korovulbozor va Muborakda mavjud.
Neft. O‘zbekistonda neft Farg‘ona vodiyisida va Kashkadaryo, Surxondaryoda mavjud.
Neft plastlaridan
olinadi. Plastlarning chuqurligi oldin 100 m dan 6000 gacha edi. Xozirgi paytda neftni ancha chuqur
plastlardan qazib olinadi. Kashkadaryo voxasida neft konlarining chuqurligi 12 ming metrgacha bo‘lib bosimi
ancha yaxshidir.
Neftdan asosan xar xil maxsulotlar olinadi.
Neftni quruq xaydaganda gaz, benzin, kerosin, solyarka,
solyar
moylari va yuqori molekulali uglevodorodlar,
xar xil moylar, mazut, parafin va gudron olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: